Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


-rasm. Korxona pul oqimining xarakteristikasi79


Download 0.89 Mb.
bet71/125
Sana03.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1155223
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Bog'liq
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm

11.2.-rasm. Korxona pul oqimining xarakteristikasi79.

Investitsiya loyihalarining samaradorligini diskontlash asosida baholash usullari har qanday investitsiya loyihasining daromadliligini, samaradorliligini, foydaliligini hamda ularning jalb etuvchanligini aniqlab bera oladi. Lekin ayrim hollarda investitsiya loyihalarini baholashda barcha usullarni qo’llash zaruriyati bo’lmasligi ham mumkin. Bu usullarning qo’llanilishi tahlil qilinayotgan har bir loyihaning o’ziga xos jihati va xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.


Loyihaning jalb etuvchanligini baholash usullari uning barcha xususiyatlarini ochib bera olmasa ham, loyihaning haqiqiy samaradorligini aniqlashda asosiy xizmat vazifasini o’taydi.
Sof joriy qiymat (NPV) - investitsiyalash obyektidan foydalanish davrida oldindan qat’iy belgilangan va o’zgarmas foiz stavkasida olinadigan daromadlar va qilinadigan harajatlarning alohida muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarning diskotlashtirilishi yo’li bilan olingan va ular o’rtasidagi farqni ifodalovchi qiymat. Uning mohiyati shundaki, yillik sof pul oqimi miqdori har bir davr uchun loyihani amalga oshirishning boshlang’ich yiliga keltiriladi va u oqibatda o’zini pul miqdorida sof joriy qiymat yoki sof diskontlashtirilgan daromad sifatida namoyon etadi.
Uni hisoblash formulasi quyidagicha:

bu yerda, NPV- sof joriy qiymat; d - diskontlash stavkasi; I0 -boshlang’ich investitsiya; CFt - t davr oxirida kelib tushgan pul oqimi.
Misol-3. Biron – bir investitsiya loyihasi uchun 140 million so’m investitsiya qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo’yicha 18, 40, 75 va 80 mln. so’mni tashkil etdi.
O’zgarmas sharoitda doimiy diskont stavkasi – 11%.
U holda,

Agar investitsiya loyihasi yillar davomida moliyaviy resurslarning ketma-ket investitsiyalanishi talab etsa, u holda NPV ni hisoblash quyidagicha bo’ladi:

Bu yerda, It - t davridagi investitsiyalar sarfi. NPV ni hisoblashda, odatda, doimiy stavka (d) qo’llaniladi. Ammo ba’zi bir vaziyatlarda, masalan, hisob (foiz) stavkasining o’zgarishi kutilayotgan paytda yillar bo’yicha individual diskontlash stavkasidan foydalanish mumkin. Bu esa o’z navbatida hisob-kitob ishlarini murakkablashtiradi.
Diskont stavkasi me’yori kapital bozoridagi uzoq muddatli ssudalar bo’yicha foiz stavkasiga yoki ssuda oluvchi tomonidan to’lanadigan foiz stavkasiga, haqiqatda, teng bo’lishi kerak. Boshqacha so’z bilan aytganda, diskont me’yori investorning o’zi uchun undan pasti samarasiz deb hisoblangan minimal foyda me’yori bo’lishi kerak.
Investitsiya loyihalarini sof joriy qiymat usuli asosida baholashdan olingan natija, ya’ni sof joriy qiymat ijobiy miqdorga ega bo’lsa (NPV>0), u holda investitsiyalarning rentabelligi diskont miqdoridan yuqori bo’ladi, NPV=0 holatda loyiha rentabelligi diskont stavkasiga (minimal qoplash me’yoriga) teng bo’ladi, agar NPV<0 bo’lsa, loyiha rentabelligi minimal miqdordan past bo’ladi.
Birinchi ikki holatda investitsiya loyihasini amalga oshirish mumkin. Bunda birinchisi investor kapitalining o’sishi ta’minlanishini ko’rsatsa, ikkinchisi ko’paymasligini ham, kamaymasligini ham bildiradi. Uchinchi holatda esa loyihadan kutiladigan daromadni olish imkonini bermaydi.
Sof joriy qiymat usuli boshlang’ich investitsiya miqdorining, ya’ni investor boyligining qanchalik o’sishini miqdoriy jihatdangina ko’rsata oladi, holos.
Lekin, investitsiyalashning naqadar samaradorligini aniqlashda miqdoriy o’zgarishlar va natijalarning o’zi etarli bo’lmaydi.
Shuning uchun investitsiyalarning qanday nisbiy o’sishga ega ekanligi va uning o’sish darajasini aniqlash uchun iqtisodiy baholashning boshqa usullaridan foydalanishga to’g’ri keladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling