O‘QUV
MATERIALLARI
9
Bunday tasniflashning afzalligi va uning boshqa tasniflashlardan farqi shundaki, unda
korxona o‘z investitsiyalarini qanday maqsadlar uchun safarbar etishi to‘g‘risida
real holat aks
ettirilgan. Mohiyat jihatdan, ushbu tasniflash korxonaning investitsiya portfelini xarakterlaydi.
Bunda korxona uchun ushbu portfel bo‘yicha riskni minimallashtirish va iqtisodiy foydani oshirish
eng muhim muammolardan biri sanaladi. Yuqoridagi rasmda tasvirlangan real investitsiyalar –
bevosita investitsiyalar bo‘lib, investorning investitsiya jarayonida
bevosita ishtirok etishini
anglatadi, ya‘ni investor investitsiyalash obyektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish
va moliyalashtirish manbalarini bevosita o‘zi aniqlaydi. Portfel investitsiyalar – bilvosita
investitsiyalarni anlatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: