Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja
Investitsiyalarni venchurli moliyalashtirishning xorij tajribasi
Download 0.89 Mb.
|
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm
18.2. Investitsiyalarni venchurli moliyalashtirishning xorij tajribasi
Venchur kapital xususiy biznesni moliyalashni muqobil usuli sifatida XX asr 50 yillari o’rtalarida AQShda vujudga keldi, 70 yillarning oxirlarida esa Evropada paydo bo’ldi. Venchurli moliyalashtirish kelib chiqishiga qadar, jahonda kichik va o’rta biznesni moliyalashtirishning quyidagi manbalari ma’lum edi: bank kapitali, yirik korporatsiyalar, kompaniyalar, badavlat shaxslar. Amerikaliklar va inglizlar ularni “biznes angellari” deb atashar edi. O’z ishini boshlovchi tadbirkor “gard kam” tamoyiliga tayangan holda faoliyatini yo’lga qo’yar edi. Biznesni boshlab yuborish uchun mablag’ni o’z qarindosh urug’laridan, do’stlaridan, tanish bilishlaridan qarzga olib, yoki mulk va uy joyini garovga qo’yib, faqat yutuqqa tayangan holda, o’z kuchiga ishonch hosil qilib faoliyatga qo’l uradi. Venchur kapitali paydo bo’lishiga qadar Yevropada xususiy tadbirkorlar aktsioner kapitalining moliyalashtirish manbalariga ega bo’lmaganlar. Faqat 80 yillarning o’rtalariga kelib evropalik mablag’ tikuvchilar ularga an’anaviy bo’lib qolgan, oldindan miqdori aniq bo’lgan aktivlarga mablag’ safarbar etmasdan, aktsiyalarga investitsiyalash imkoniyatlari bilan qiziqa boshlashgan. Venchurli investitsiyalarni moliyalashtirishni ko’pgina tushunchalari ma’lum, lekin ularning barchasini ma’nosi shunga borib taqaladiki, qanday qilib u o’z funktsional vazifasini bajaradi. Ustav kapitali hammasini qo’lga kiritish yoki aktsiyalar paketinining bir qismini xarid qilish yo’li bilan aniq biznesni o’sishiga pul mablag’larini tikishi venchurli investitsiyalarni moliyalashtirish mohiyatidan dalolat beradi. Bunda kapital tikuvchining ma’lumoti cheklanadi va kapital kirituvchi faqat investitsiya manbasini ta’minlovchisi hisoblanadi. Venchurlik investitsiyalarni moliyalashtirish tushunchasi “venchur kapitali”, “venchur biznesi” tushunchalari bilan bevosita aloqadordir. Odatda ishlab chiqarish, texnologik, axborot va tashkiliy xarakterga ega bo’lgan yangi ishlanmalarni joriy etish bilan bog’liq bo’lgan mualliflar faoliyati venchurli investitsiya munosabatlarini tashkil etadi. Venchurli moliyalashtirish mexanizmini kelib chiqishi kelajagi bor g’oyalar, yangi fan sig’imi yuqori bo’lgan ishlanmalarni tadbiq etish loyihalari bilan bog’lanadi. Tadbirkor o’z faoliyatini yo’lga qo’yish uchun g’oyaga, ya’ni kelajagi bor loyihaga, moliyaviy mablag’ga ega bo’lishi kerak. Moliyaviy mablag’ga ega bo’lgan taqdirda ham, tadbirkor o’z g’oyasining naqadar amalga oshishini tasavvur qila olishi kerak, uning oqibatlari qanday bo’lishini, ishonchliligini bilishi zarur. Fan va texnika yutuqlari natijalari yangi texnika-texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishi bilan bog’liq g’oyalar va loyihalar yuqori darajali risklar bilan bog’liq bo’ladi. Bunday risklar jumlasiga texnologik risklar, yangi texnologiya va yangi mahsulotlarni ishlatish oqibatlari bilan bog’liq iqtisodiy risklar, tadbirkorlikni takroriy risklari kiradi. Venchur biznesida qanchalik risklar darajasi yuqori bo’lsa, shunchalik “venchur kapitali” qiymati yuqori bo’ladi. Fan-texnika taraqqiyotining intensivligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning oqibatlarini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan voz kechilsa, shunchalik iqtisodiyot va jamiyat moliyaviy jihatdan zarar ko’radi. Buning sababi raqobatbardoshlik yo’qotiladi, ishlab chiqarish qisqaradi, fuqarolar byudjet daromadlari kamayadi, ishsizlik o’sadi va boshqa salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar kelib chiqadi. Shuning uchun ham mantiqan tashkiliy-boshqaruv qarorlar shunga qaratiladiki, yuqori riskli loyihalarni amalga oshirish orqali ko’zlangan maqsadlarga erishishi uchun venchurli moliyalashtirish mexanizmlarini ishga solish. “Venchur kapitali” venchur strukturalarida ya’ni venchur fondlari, korporatsiyalari orqali tashkil etiladi. Venchurli moliyalashtirish mexanizmli tadbirkorlik, innovatsion tuzulmalarini moliyalashtirishda qo’l keladi. O’zbekiston iqtisodiyotida ilmiy-izlanish ishlanmalari “nou-xau”larni, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish “venchur kapitali” “venchur tuzilmalari”, ya’ni venchur foydalari, korporatsiyalari, assotsiatsiyalarining venchurli moliyalashtirish mexanizmi orqali amalga oshirilishi iqtisodiyotimizni texnik, texnologik jihatdan muntazam yangilanib borishini ta’minlab turadi. Investorlar uchun daromad olishning an'anaviy usullari: Dividendlar. Moliyalashtirishni olgandan keyin ma'lum vaqt ichida kompaniya investorlarga dividendlar to'laydi. Dividendlar odatda investorlar o'rtasida investitsiya qilingan kapitalga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Dividendlar miqdori odatda kompaniyaning Direktorlar Kengashi tomonidan belgilanadi, ammo uning miqdori cheklangan holda. Oldindan tasdiqlangan jadvalga muvofiq investorning loyihadan chiqishi. Korxona moliyalashtirishni olganidan keyin ma'lum bir vaqt ichida sarmoyadorlar investitsiya qilingan mablag'larni o'z ulushlarini dastlabki egalariga sotish orqali qaytarib berish huquqiga egadirlar, ammo korxonaning kerakli miqdordagi naqd puli bor. Agar bir nechta investor loyihadan darhol chiqib ketmoqchi bo'lsa, bu investitsiya qilingan kapitalga mutanosib ravishda va oldindan tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Korxonadagi nazorat ulushini oldindan tasdiqlangan jadvalga muvofiq investorlardan sotib olish. Investitsiyani olganidan keyin ma'lum vaqt ichida kompaniya investorga tegishli bo'lgan kompaniyaning aktsiyalarini oldindan belgilangan narxda sotib olish huquqiga ega. Sotib olish oldindan tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Birlashish, sotib olish, birjada aktsiyalarni birlamchi joylashtirish. Birlashish, sotib olish yoki IPO amalga oshirilsa, investorning daromadi qanday bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi. Ushbu harakatlarning har qanday qismi aktsiyadorlar manfaatlariga muvofiq amalga oshirilishi tushuniladi. Konvertatsiya qilinadigan kredit. To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarga alternativa investordan olingan kreditdir. Bunday holda, kredit bo'yicha foizlar kreditning butun muddati davomida belgilangan vaqt ichida muntazam to'lovlar bilan belgilanadi. Investor qarzni oldindan belgilangan vaqt ichida foiz stavkasiga almashtirishi mumkin (odatda kredit muddatidan sezilarli darajada kamroq). Korxonani tashkiliy moliyalashtirish ikkita alternativ sxema bo'yicha amalga oshiriladi, ularning asosiylari fond bozorining vositalari va mexanizmlariga asoslangan. Ushbu sxema bo'yicha rejalashtirilgan innovatsion loyihani amalga oshirish uchun yopiq aktsiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etilgan kompaniyaning hammuassisi sifatida venchur investor taklif etiladi. U ushbu kompaniyaning ustav kapitaliga naqd pul qo'yish uchun o'z ulushini olishga taklif qilinadi. To'g'ridan-to'g'ri ustav kapitaliga kiritilgan pul mablag'lari loyihani venchur moliyalashtirishni anglatadi, keyinchalik loyiha biznes-rejasida ko'zda tutilgan kapital harajatlari uchun to'lanadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling