Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja
Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi
Download 0.89 Mb.
|
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm
1.2.Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi. Birinchidan, qo’yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi. Real investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o’z mablag’lari bilan birga qarzga olingan mablag’lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag’ olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag’lari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou – xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalarni ko’pgina iqtisodchi – olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar. Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aktsiyalarning firma ustidan nazorat va ta’sir doirasi belgilariga ko’ra tasniflanadi. Investitsiyalarning bir muncha ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflangan: qo’yilma obyektlariga ko’ra; investitsiyalashda ishtirok etishiga qarab; investitsiyalash davri bo’yicha; mulkchilik shakllari bo’yicha; hududiy belgisi bo’yicha (1.1-rasm). Rus iqtisodiy adabiyotlarida18 portfel (aktsiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog’ozlarga, shuningdek, boshqa korxonalarning aktivlariga yo’naltirilgan investitsiyalar) va real (faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirish, kengaytirish, yangi korxonalar barpo etishga yo’naltirilgan investitsiyalar) investitsiyalar farqlanadi. Bunday sharoitda investor-korxona mablag’ kirita turib, o’zining ishlab chiqarish kapitalini, ya’ni asosiy ishlab chiqarish fondlari va uning faoliyati uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larni ko’paytiradi (oshiradi). Portfel investitsiyalar amalga oshirilganda investor o’zining moliyaviy kapitalini, ya’ni qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromad-dividendini ko’paytiradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling