Ma’ruza materiallari 1-mavzu: Leksikologiyaning obyekti, maqsadi va vazifalari. So’zning leksik birlik sifatidagi mohiyati


-MAVZU: Giponimiya. Graduonimiya. Partonimiya


Download 156.57 Kb.
bet11/21
Sana22.11.2023
Hajmi156.57 Kb.
#1793869
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Ma’ruza materiallari 1-mavzu Leksikologiyaning obyekti, maqsadi-fayllar.org

5-MAVZU: Giponimiya. Graduonimiya. Partonimiya


Giponimiya Giponimiya - lug'at boyligidagi leksemalarning pog'onali (ierarxik) aloqasidan kelib chiqadigan ma'no munosabatlari. Bunday munosabatlarning mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar kengroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar bilan tur (giponim) va jins (giperonim) aloqasida boladi, bunday aloqa birlashtiruvchi (integral) semalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, lola leksemasining ma’nosi gul leksemasining ma’no tarkibiga, mushuk leksemasining ma’nosi hayvon leksemasining ma’no tarkibiga kiradi. Bunday po'gonali (bosqichmabosqich) munosabat, ayniqsa, u yoki bu fanning terminologik tizimida keng tarqalgan. Chunonchi, botanikada turtushunchasi turkum tushunchasi tarkibiga, turkum tushunchasi oila tushunchasi tarkibiga, oila tushunchasi qabila tushunchasi tarkibiga, qabila tushunchasi л/я/tushunchasi tarkibiga, л/я/tushunchasi esa eng katta taksonomik kategoriya bolgan tip tushunchasi tarkibiga kiradi. Leksemalar ma’nosidagi ana shunday bog'lanish gipogiperonimik (tur-jins), partonimik (butun-bo'lak) munosabati deb qaraladi. Bunday munosabatlar lug'at boyligining yoxud undagi ayrim terminologik tizimlarning qurilishini belgilaydigan muhim omillardan sanaladi. Shu yo'l bilan tildagi leksemalarning paradigmalari (leksemalarning ma’no* to'dalari yoki ma’no guruhlari) aniqlanadi. Masalan, «kiyim» mazmunli guruh a’zolari: telpak, ko'ylak, kastum, shim, tujli va h.k.lar; «o'simlik» mazmunli guruh a’zolari: daraxt, buta, o't, suvo'tvn b.lar; «daraxt» mazmunli guruh a’zolari: terak, tol, qayrag'och, archa, qarag'ay va b.lar kabi. Tilning lug'at boyligini tizim (sistema) sifatida o'rganishda leksemalarning gipo-giperonimik munosabatlariga tayanish muhim ahamiyatga ega: u tabiat va jamiyatdagi narsa-prcdmetlarning, voqea-hodisalarning tildagi nomlari bo'lgan leksemalarning ma’nolarini va shu ma’nolar orqali borliqdagi narsa-hodisalarning o'zlari haqidagi tushuncha-tasavvurlarni umumlashtirish va farqlash imkonini beradi

Download 156.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling