Маъруза матнлари «¤збек хал³ ижоди» предметидан тузилган б´либ, унда хал³ о²заки ижодининг мазмун ва моµияти, тара³³иёт бос³ич
Download 275.5 Kb.
|
xalq ogzaki ijodining fani maqsad va vazifalari
XALQ MAQOLLARI.
Fol’korning ommaviy janrlaridan biri maqoldir. Maqollar uzoq asrlar mobaynida og`izdan - og`izga o`tib, silliqlanib, xalqning dunyoqarashi, jamoatga munosabtini, uning tarixi va psixologiyasi qisqa formada aks ettiriladi. Maqollar insoniyatning turmush tajribalari zaminida tug`ilgan va xalq donoligini ifodalaydigan qisqa, ko`pincha she’riy formadagi hikmatli so`zlar, chuqur ma’noli iboralardir. Maqollar o`zining ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og`zaki ijodidagi boshqa janrlardan farq qiladi. Maqollarda mehnatkash xalqning orzu umidlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, qisqasi barcha ijobiy fazilatlar aks etgan bo`ladi. A.M.Gor’kiy xalq maqollarining roliga yuksak baho bergan edi. «Eng ulug` donolik so`zining soddaligidir»-deb yozadi u. Maqollar va qo`shiqlar xar vaqt qisqa bo`ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo`ladi.4 Xaqiqatidan ham maqollar, matallar kishilarning ongini o`stirishda, odamlarda eng yaxshi insoniy fazilatlarni tarbiyalashda muhim rol’ o`ynaydi. O`zbek xalq maqollari eng qadim zamonlardan beri xalq orasida aytilib, puxtalanib, avloddan-avlodga eng yaxshi ma’naviy meros bo`lib kelmoqda. Xalq maqollarni birinchi marta to`plagan olim M.Qoshg`ariydir. U o`zining «Devonu lug`otit turk» asarida qadimiy qabila va urug`lar orasida keng tarqalgan maqollardan ko`plab namunalar keltiradiki, bu maqollar bizning davrimizda ham o`z qimmatini yo`qotgani yo`q. Aksincha xalq orasida turli variantlarida ishlatib kelinmoqda. Masalan, «Devonu lug`atit turk»dagi «Kishi olasi ichtin Yilqi olasi toshtin». «Osh totug`i tuz» «Er so`zi bir»-kabi maqollar hozirgi kunda: «Odam olasi ichida Mol olasi tashida» «Oshning ta’mi tuz bilan» «Yigit so`zi bir bo`lar» kabi formalarda keng qo`llanib kelmoqda. Klassik adabiyot namoyandalari o`z asarlarida xalq maqollaridan, hikmatli so`zlardan samarali foydalanganlar. Ulug` A.Navoiy o`zining «Xamsa», «Mahbub-ul qulub», «Xazoyinul maoniy», «Lison ut-tayr» asarlarida ko`plab maqollar va hikmatli so`zlarni ishlatgan, ularni ijodiy qayta ishlab g`oyaviy-badiiy jihatdan yuksak darajaga ko`targan. Gulxaniy o`z asarlari hajviy kuchini oshirish, xalq xayoti bilan bog`liq va badiiy jixatdan puxtalash maqsadida «Zarbulmasal»da 400 dan ortiq xalq maqollari, xikmatli so`zlarni keltirgan. O`zbek maqollarining tematikasi boy va xilma - xildir. Maqollarni g`oyaviy-tematik jihatdan juda ko`p turlarga ajratish mumkin. Jumladan: Vatan va vatanparvarlik, botirlik va qo`rqoqlik va mardlik, oila va tarbiya va x.k. Umuman inson hayotining, insoniy munosabatlarining biron sohasi yo`qki, maqollarda ifodalanmagan bo`lsa.5. Maqol o`git, nasihat xarakterida bo`lib, ikki qismdan tashkil topadi. Birinchi qismi voqea hodisaning obrazli ifodasi va ikkinchi qismda hikmatli yakun beriladi. Masalan: Hunari yo`q kishining, - birinchi qism, Mazasi yo`q ishining, - hikmatli xulosa. Xalq og`zaki ijodida maqol bilan bir qatorda matallar ham qo`laniladi. Bu ikki terminning farqini bilish kerak. Matal maqollardan farq qiladi. Matal ko`chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turidir. Matal o`z ma’nosini boshqa ma’noga ko`chirilgan so`z birikmalridan iborat bo`ladi. Masalan: Temirni qizig`ida bos. Bu matal bo`lib, ko`chma ma’noda, ya’ni ishni o`z vaqtida bajarish zarur ma’nosida kelayapti. Download 275.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling