Маъруза матнлари «¤збек хал³ ижоди» предметидан тузилган б´либ, унда хал³ о²заки ижодининг мазмун ва моµияти, тара³³иёт бос³ич
Download 275.5 Kb.
|
xalq ogzaki ijodining fani maqsad va vazifalari
O`ZBEK XALQ OG`ZAKI IJODINING
JANRLARI Ma’lumki, adabiyot va sa’nat asarlari jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga kelib, mazkur jamiyat hayotini ifoda etib, aks ettirib, shu jamiyat bilan birga taraqqiy etadi o`z davrini yashab keyingi avlodlar uchun ham ma’naviy boylik sifatida xizmat qiladi. Muayyan ijtimoiy jamiyat yo`q bo`lib ketib, o`rniga yangi bir ijtimoiy tuzum kelishi mumkin. Lekin adabiyot va sa’nat asarlari yo`qolib ketmaydi, balki umuminsoniy ideallarni aks ettirib, muayayan davrga, xalqqa mansub bo`lgani uchun u tarixiy va abadiydir. Bu fikrlarni yozma adabiyotdan birmuncha avvalrroq paydo bo`lgan xalq og`zaki ijodiga ham tadbiq etishi mumkin. Fol’klor va uning janrlari uzoq va murakkab tarixiy yo`lni bosib o`tdi. Ming yillar davomida ijodkor xalq fol’klorning xilma-xil janrlarida boy adabiy meros yaratdi. Xalq og`zaki ijodi tarixiy kategoriya sifatida rivojlanib, boyib keldi. Fol’klorning janr formalari juda qadimiy bo`lsa-da, u xamisha o`zgarishda, rivojlanishdadir. Chunki, har bir adabiy forma, poetik janr muayyan tarixiy sharoitda turli o`zgarishlarga uchrashi, formal poetik jixatdan isloh qilinishi mumkin. Yozma adabiyotdagi adabiy turlar va janr formalari kabi fol’klordagi janr formalari ham bir-biriga ta’sir, etib bir-birini to`ldirib boradi. Aniqrog`i fol’klorda ham janrlar sintezi uzluksiz davom etadi. Xalq og`zaki ijodining janrlari bir tekisda taraqqiy etmaydi. Balki adabiyot jarayonda davr va jamiyat talabidan kelib chiqib, notekis taraqqiy etishi mumkin. Xalq og`zaki ijodining eng qadimgi janr formasi hisoblangan maqol hamma davrlar va jamiyatlarda uzluksiz taraqqiy etib keldi. Ammo bu fikrni fol’klorning yirik janri hisoblangan dostonlarga nisbatan taraqqiy etib bo`lmaydi. Chunki, Oktyabr’ revolyutsiyasigacha bo`lgan davrda va revolyutsiyaning dastlabki yillarida dostonchilik ancha taraqqiy etgan bo`lsa, hozirgi vaqtda esa yirik dostonlar umuman yaratilmayapti yoki bu janr imkoniyatlari yozma adabiyotning boshqa formalarida uchramoqda. Shunday bo`lsa-da, xalq og`zaki badiiy ijodida ming yillar davomida turli xil poetik formalar, janrlar yaratildiki, fol’klorda ma’lum adabiy traditsiya vujudga keldi. Shuning uchun xalq og`zaki ijodidagi janrlar problemasini ilmiy jihatdan o`rganish, fol’klor janrlarini klasifikatsiya qilib, ularnining janr xususiyatlarini aniqlash mumkin. Xalq og`zaki ijodining formal poetik xususiyatlarini hisobga olib ularni quyidagi janrlarga ajartish mumkin: Xalq dostonlari. Xalq ertaklari. Xalq dramasi. Askiya. Afandi latifalari. Xalq qo`shiqlari. Xalq maqollari. Topishmoqlar. Download 275.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling