Маъруза матнлари «¤збек хал³ ижоди» предметидан тузилган б´либ, унда хал³ о²заки ижодининг мазмун ва моµияти, тара³³иёт бос³ич
Download 275.5 Kb.
|
xalq ogzaki ijodining fani maqsad va vazifalari
MAVZU: ASKIYA
REJA:
Askiya so`z o`yini Improvizatsiya Payrovlar haqida ma’lumot Lof va lofchilik ADABIYOTLAR: Muhammadiy R. Askiya 1962 Razzoqov X. O`zbek xalq og`zaki ijodida satira va yumor. T., 1965 Askiya o`zbek xalq og`zaki badiiy ijodining xushchaqchaq va kulgili janrlaridan biridir6. Askiya arabcha zakot so`zidan kelib chiqqan bo`lib, sof fikrli, o`tkir zehnli degan ma’nolarni anglatadi. Askiya ommaviy janr, u odatda xalq sayllarida to`ylarda va boshqa marosimlarda aytiladi. Askiya aytuvchilarda hozirjavoblik, va donishmandlik talab qilinadi. Askiyada ikki yoki undan ko`p kishi ma’lum mavzu ustida tarafma-taraf bo`lib bahslashadi. Fikrlar kurashidan iborat, qochirish, o`xshatish, mubolag`a va boshqa ta’sir vositalari ustalik bilan ishlatiladi. Askiyachi o`z «raqibining» fikriga nisbatan chuqur ma’noli chiston, original fikrlarini tezda aytish bilan ustun chiqishga urinadi. Ya’ni fikrlashda improvizatsiya yuz beradi. Askiya janrining o`ziga xos xususiyatlari hozirjavoblik, go`yolik lutfdir. Askiyaning muhim sharti bahslashayotgan taraflar o`z vaqtida chuqur ma’noli, kuchli javob qaytarish, ko`p ma’noni anglatuvchi, so`zlarni ishlatish, so`z o`yinlari qilishdir. Askiyaning muhim xususiyat so`z vositasida tinglovchilarda kulgi chiqarishdir. Buning uchun so`zlarning ko`chma ma’nolarida, turli laqablardan, frozeologik chatishmalardan jarg`on so`zlardan o`z o`rnida qo`llaniladi. Askiyani ijro etish protsessida uning mavzui borgan sari kengayib boradi. Bunday qaysi askiyachining tushunchasi keng bilimi boy bo`lsa o`sha engadi. Askiya xalqimiz orasida qadim-qadimdan buyon sevilib, aytilib kelinayotgan janrdir. Tarixiy faktlar, memuar asarlar shuni ko`rsatadiki, askiya Navoiy davrida keng rivojlangan. Alisher Navoiy askiyachi Muhammad Badaxshiyni «askiyaning piri» deb atagan. XVIII asrdan boshlab Qo`qon, Xiva va Buxoro xonliklarida xalq teatrlari tashkil topa boshladi. XIX asr o`ratalarida Sa’diy Maxsum, Shodmon qiziq, Normat qiziq, Zokir eshon, Mo`min qishloqi, Xolmat qiziq kabi qiziqchilar Bedieshum (Qo`qon xonligida qiziqchilarning piri) shogirdlari bo`lgan ekan. O`zbek xalqining sevimli qiziqchisi va askiyachisi Yusufjon Shakarjonov Sa’diy Maxsumning tarbiyasini olgan deb yozadi R.Muhammadiev o`z monografiyasida. Askiya janri o`tmishda boy amaldorlardan, mushtumzo`rlarni fosh qilish vazifasini fosh qilish vazifasini bajargan. Askiyaning «Payrov», «Bo`lasizmi?», «O`xshatdim», «Qofiya», «Radif», kabi turlari mavjud. Bulardan tashqari ba’zi manbalarda askiyaning safsata, afsona va tutal usullari xam borligi xaqida ma’lumotlar keltiriladi. Askiyaning eng yuksak formasi «payrov»dir. Payrov Farg`ona, Toshkent va Jizzaxda keng rivojlangan. Namangan va uning chekka atroflarida askiyaning chandish shakli ayniqsa rivojlangan. Payrov askiyaning mukammal ususli bo`lib, izchil fikrlar oqimi hisoblanadi. Payrov usulida ma’lum bir temaning ma’nosi boshdan oxirigacha echib boriladi. Askiyachilar payrovda tanlab olingan mavzuning doirasidan chiqmaydilar. Askiyaning ham o`ziga xos syujeti va kompozitsiyasi bo`ladi. Askiyaning kul’minatsion nuqtasi mazkur temaning eng chuqur mazmunini ifodalash momenti, ya’ni fikr g`alabasidir. Askiyaning «Bo`lasizmi?», «O`xshatdim», «Gulmisiz? Rayxonmisiz? Jambilmisiz?» kabi formalarida askiyachi o`z raqibini biror shaxsga shaxsning xatti –xarakatiga biror voqea hodisaga nisbat beriladi. Keyingi yillarda askiya usullari birmuncha boyidi. Yangi-yangi payrovlar yaratildi. «Ashula payrovi», «Kino asarlar payrovi» shular jumlasidandir. Umuman askiya hayotda uchraydigan nuqsonlarni, eskilik sarqitlarini, tanqid qilish bilan cheklanmaydi. U ijobiy hodisalarni ham targ`ib qiladi. TEKSHIRISH SAVOLLARI: Latifa janrining Sharq xalqlari og`zaki ijodining sermahsul, keng tarqalgan ommaviy janri ekanligini tushuntiring. Latifalarning tematik rang-barangiligini, xalq tarixiy badiiy ifodasi ekanligini qanday tushunasiz. Eng ulug` donolik so`zning soddaligidir (M.Gor’kiy) tushunchasining mohiyatini xalq maqollari misollarida tushuntiring. Maqol va matal janrining o`ziga xosligi va farqlari asoslang. TYAANCH TUSHUNCHALAR. Latifa-yoqimli, nozik did bilan aytilgan kichik hikoya sifatida. Latifaning fosh qiluvchilik qudrati xaqida. Maqol va matallarning farqli jihatlari. Download 275.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling