Маъруза матнлари «¤збек хал³ ижоди» предметидан тузилган б´либ, унда хал³ о²заки ижодининг мазмун ва моµияти, тара³³иёт бос³ич
Download 275.5 Kb.
|
xalq ogzaki ijodining fani maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbek qo`shiqlari deyarli to`rtlikdan iborat bo`lib, yaratuvchi xalqning urf-odati, psixologiyasi, milliy xususiyatlarini ifodalaydi.
XALQ QO`SHIQLARI
Ko`shiqlar og`zaki ijodining eng qadimgi janrlaridir. Ularning dastlabki yozma adabiyotdagi namunasi Qoshg`ariyning «Devonu lug`atit turk» kitobida uchraydi. Eng qadimgi davrlarda ham odamlar tabiat kuchlaridan hayratga tushishi, mehnat og`irliklari, turmush shodliklari muhabbat lazzatini qo`shiqlar bilan ifoda qilganlar. Shuning uchun xalqda «bir suygan shoir, bir kuygan» degan naql tarqalgan. Bu erda shoir kuylovchi ma’nosida kelgan. O`zbek xalqi juda qadim zamonlardan beri o`z fikrini she’riy formada ifodalab kelgan. Filolog olimamiz Muzayyana Alaviya haqli ravishda aytgandek: «Qo`shiq termini bir zamonlar she’r ma’nosini ifoda etgan va o`zbeklarda xalq poeziyasi shu termin bilan atalgan va umumlashma termin sifatida ishlatilgan. Qo`shiqlarning bunday keng ma’nosi xalq o`rtasida hozirgacha saqlanib qolgan»13. Qo`shiq termini juda qadimdan ma’lum bo`lib qaysi vaqtda boshlab qo`llanilgani aniq emas. A.Navoiyning «Mezonul-avzon» kitobida aytishicha XU asrgacha qo`shiq termini poeziyani ifodalab kelgan. Ba’zi bir manbalarda esa qo`shiq-satrlarni qo`shib tuzishdan olingan ham deyiladi. Qo`shiqlarning eng xarakterli xususiyati uning xalqchilligidir. O`zbek qo`shiqlari deyarli to`rtlikdan iborat bo`lib, yaratuvchi xalqning urf-odati, psixologiyasi, milliy xususiyatlarini ifodalaydi. Qo`shiqlar uzoq payt saqlanib qolishlari uchun «gul ko`rpa», «zarpech», «palos», palak, belbog`, dasturxonlarning xoshiyasiga yoki gullar orasiga ipak bilan yoziladi. Masalan: Bo`kalik Qamaroy ismli ayol tashlab ketgan yoriga yuborgan qora sariq belboqqa sariq ip bilan quyidagi satrlarni yozgan: Subhi damning shamoli So`ldirdi gullar bargini Kimga aytib, kimga yig`lay Bevafo yor dardini qo`shiqlar inson hayotining hamma etaplarda hamrohdir. Rus yozuvchisi Gogol’ shunday deydi: «Qo`shiq bilan g`ishtlar qo`ldan-qo`lgan o`tadi va imoratlar qo`ziqorin singari paydo bo`ladi. Xotinlarning qo`shiqlari bilan rus kishisi yo`rgaklanadi, uylanadi va dafn etiladi». Qo`shiqlar o`zbekning ona vazni (G`.G`ulom) barmoq vaznida yoziladi. O`zbeklarda mashhur bo`lgan yor-yor radifli qo`shiq turi ham borligini A.Navoiy «Mezonul avzon» kitobida keltiradi. Bu tur aruz vaznida to`qiladi. Qaysi chamandan esib keldi sabo yor-yor, Kim damidan tushdi o`t jonim aro yor-yor. Alisher Navoiy boy merosiga nazar tashlasak bu tur ijodida xalq og`zaki ijodidan unumli foydalanganligini ko`rish mumkin. Hatto Alisher Navoiy orginal asarlari xalq chuqur ma’noligi va yuksak badiiylik jihatdan xalq ijodi bilan hamohang bo`lib ketadi. O`zbek klassik janrlarini hammasi uchun mushtarak xususiyat bu xalq ijodiga yaqinlikdir. Jumladan HAmza Hakimzoda Niyoziyning revolyutsiyagacha bo`lgan ijodi bilan bog`langandir. Unga to`plab nashr ettirgan gul to`plamlakri xalq tomonidan yaratilgan va Hamza qayta ishlagan turli mavzudagi qo`shiqlar edi. Hamzaning poeziyasi ham vazn e’tibori bir xalq poeziyasiga juda yaqin turadi. Shuni ham ishonch bilan aytish mumkinki, o`zbek adabiyotida birorta iste’dodli shoir yo`qki xalq ijodida bahramand bo`lmagan bo`lsin. Qo`shiqlar taxminan quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Download 275.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling