Маъруза матнлари «¤збек хал³ ижоди» предметидан тузилган б´либ, унда хал³ о²заки ижодининг мазмун ва моµияти, тара³³иёт бос³ич
Download 275.5 Kb.
|
xalq ogzaki ijodining fani maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lirik qo`shiqlar.
Tarixiy qo`shiqlar. Ya’ni ma’lum bir tarixiy davrda yaratilgan yoki biror tarixiy shaxslarga atab yaratilgan. (Botirxon zulmi», Jallod, Ming la’nat).
Said Ahmad toleing baland Toleigdan noming baland Yigitlarga qo`l quygan Padaringga ming la’nat. Lirik qo`shiqlar. Bu tipdagi qo`shiqlar odamlarning ichki kechinmalari, og`ir turmushi, muhabbat azoblari kabi motivlar kuylanadi. («Ro`molim») tengsiz nigoh asosida qurilgan oila fojialari ifodalangan) Baxshilar ijodidagi terminlar. (nima aytay, ot ta’rifi, kunlarim). Mavsum va marosim qo`shiqlari. Mavsum qo`shiqlari biror munosabat yoki marosim tufayli yaratiladi va ular ham birnecha turlarga bo`linadi. A) allalar B) to`y ashulasi V) yor-yorlar G) o`lanlar D) marsiyalar E) mavsum qo`shiqlari (Chittigul, oftob chiqdi, Boychechak, Laylak keldi) Mashhur avar shoiri Rasul Xamzatov barcha qo`shiqlarni uchga bo`ladi. Allalar Marsiyalar Qolgan barcha qo`shiqlar Ellarda qadimdan uch xil qo`shiq bor. Ularda g`am ila shodiyonalar Birinchi quvnoq ko`p jozibador Buni alla aytib to`qir onalar. Onalar qo`shig`i ikkinchisi ham, Buni faryod solib aytadi ular- Farzand tobutini quchoqlagan dam... Uchinchisi, jami qolgan qo`shiqlar. Alla bolaning jismoniy ulg`ayishi muzikaga bo`lgan qobiliyatini o`sishiga xarakterining mayin, osoyishta bo`lib shakllanishiga zamin yaratadi. Allaning bola hayoti uchun ahamiyati haqida Ibn Sino shunday yozadi: «Bolaning mijozini qondirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak, biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo`lib qolgan muzika-allalashdir. Shu ikkinchini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bidan badantarbiyaga va ruhi bilan muzikaga bo`lgan iste’dodi hosil qilinadi. («Tib.qonunlari» P tom). O`lanlar tarafma-taraf bo`lib aytiladi. O`rik-o`rik ko`zingdan o`rik-o`rik O`rtanaman, kuyaman seni ko`rib O`rtanguncha kuyguncha seni ko`rib Yonboshimda o`tirgin soching o`rib. Yor-yorlar «Kelin tushdi», «Sunnat» to`ylarida kelin-kuyov tomon yigit-qizlar orasida xuddi laparlar singari bahslashuv tarzida. Ba’zan mehmondorchilik o`tirishlari: bazmlar, qiz-juvonlar, qudalar, kuyoano`karlar (kuyovning yor-do`stlari umuman to`y ishtirokchilarining o`z istak-xohishlari bo`yicha ijro etiladi. Farg`ona vodiysida o`lan (yor-yor) bilmaydigan o`zbek bo`lmasa kerak. Yor-yor umumxalq qo`shig`i bo`lishidan tashqari alohida malakali mutaxassislar, so`zga chechan yor-yorchilar tomonidan kelin-kuyov taraflashlari, tortishuv tariqasida ham aytiladi. Bu tarafkashlardan asosan kuyov-kelinga madhiyalar o`qilib, ularning yaxshi fazilatlari, xulqi, fe’l-atvori, xarakteri hamda ikki yoshning bir-biriga munosibligi mubolag`ali ravishda maqtaladi va ularga baxt-saodat tilanadi. Ba’zan qiz tomonidagi yor-yorchilar kuyov tomoni, kuyov tomonidagilar esa kelin tomonning ba’zi kamchiliklarini hajv qiladilar. Yor-yorning «kelin salom qiladi» (Kelinni arava, mashinadan tushirib olib qirib ketayotgan payt) qismida esa, yangalar kuyovning hamma qarindoshlariga yurtu elning boshliq-rahbarlariga kelin salom qildirayotganda, yor-yorning hazil kayfiyati kuchayadi. Yor-yor orasida bu engil, beg`araz hazil (yumor)ning aralashuvi tug`ilib o`sgan joyi, ota, ona, dugonalaridan ajralib, yangi – notanish xonadon sharoitiga kelayotganini o`ylab, yig`layotgan kelinchakni yupatish, kuldirib ko`nglini ko`tarish maqsadlari ko`zda tutiladi. Revolyutsiyagacha yaratilgan yor-yorlar kelin-kuyov madhiga aytiladigan qo`shiqlardan ko`ra, ko`proq jafokash mazluma kelinchakning orginali qismatiga o`qiladigan marsiyalarga o`xshab ketadi. Bu yor-yorlarning hazil qismi zo`ravonlikka asoslangan notekis nikoh va uning oqibatida ro`y beradigan g`am-kulfatlarni fosh etuvchi o`tkir zaharli kulgiga aylanadi.(149-bet) Download 275.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling