Marsiyalar marhum yoki marhumaning eng yaqin kishilari: ko`proq ona, egachi-singil, oilasi, farzandlari tomonidan boshlanib taziyaga yig`ilgan ayollarning ko`pchiligi unga jo`r bo`ladi. Shunisi ham borki, maqollarning birida aytilganidek, mma’rakaga kelgan xotin o`z dardini aytib yig`laydi. Marsiyalarda marhum yoki marhumalarning shaxsiy fazilatlari, ro`zg`or va jamiyat orasida tutgan mavqei, tiriklikda qilgan ish faoliyati eslatilib, unga nisbatan achinish hissi qo`zg`otiladi. Marsiyalarning o`ziga xos mungli ohang-kuyi bor. (221-bet)
Qo`shiqlarning ijodkorlari asosan xotin qizlar bo`lgani uchun ham ularda insonni kamolatga etkazuvchi mehribon, mushafiq jafokash onalar qalbining zabardast. Saxiy, olijanob, aks sadosi jaranglab turadi. Bu holatni ayniqsa ona kuylagan allada yaqqol ko`rish mumkin.
Allalar onalarning jigarband farzandlariga qilgan hasratlaridir. Qadimda allalar inson mehr-muhabbati bilan siynasi to`la onalarning orzu-umid sadolari, vafosiz, zolim erlarga jafokor zamonga, toshmehr ota-onaga bildirilgan g`azab va noroziliklaridan iborat (139-bet)
Laparlar Xalq qo`shiqlarining bu turi asosan yigit-qiz o`rtasida ijro qilinadi. Bu jihatdan laparlar o`lanlarga o`xshab ketsalarda, tematika, g`oyaviy mazmuni, vazni va engil musiqiyligi, o`zidagi yumor-satira elementlarining o`tkirligi bilan ulardan farq qiladilar. (180-bet) Laparlar savol-javob tarzida yaratilgan. Bu munozara ishq-muhabbat, ro`zg`oridagi totuvsizlik, ota-onalarning farzandlari bilan bo`lgan munosabatlari kabi hodisalar ba’zan engil, ba’zan achchiq kulgi asosida aks ettiriladi. Xalq qo`shiqlarining laparlar turi ham juda ko`p bo`lib, ulardagi vazn, kuy-ohang, musiqiylik xususiyati ham har xildir.
OTA
Bozorga boraymi, qizim,
Xonatlas olaymi, qizim!
QIZ
Yo`q-yo`q, jon dadajon,
Asti ochilmaydi gulim!
Yoki
KUYOV
Qiyo-qiyo deganda, qiyalab turgan kelinchak
Qo`ltig`ining taglaridan mo`ralab turgan kelinchak.
Do'stlaringiz bilan baham: |