Maruza matnlari


Download 5.01 Kb.

bet1/27
Sana06.06.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

 
1
 
 
 
 
 
«U’zbekiston ba Qoraqalpog’iston milliy 
iqtisodiyoti»  
 
fani bu’yicha 
 
MARUZA MATNLARI  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
Тузувчилар: и.ф.д. проф.Ишмухамедов А.Э., и.ф.н. Аскарова М.Т.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus – 2009 y. 

 
2
 
«U’ZBEKISTON VA QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKALARI MILLIY IQTISODIYOTI» 
fanidan MAЪRUZA MATNLARI 
 
1-mavzu. Milliy iqtisodiyotning u’lchov хususiyatlari 
1.1.
 
Milliy iqtisodiy faoliyatda mahsulotlar, daromadlar va хarajatlarning doiraviy aylanishi 
1.2.
 
Milliy iqtisodiyotning asosiy ku’rsatkichlar va ularni hisoblash 
1.3. Keys stadii. U’zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ku’rsatkichlari 
 
1.1. Milliy iqtisodiy faoliyatda mahsulotlar, daromadlar va хarajatlarning doiraviy aylanishi 
Jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatini u’rganish va yuritishda fundamental muammoga duch kelamiz. Bu 
muammo, avvalo, tabiat bizga inъom etgan resurslarning chegaralanganligida namoyon bu’ladi. Demak, insoniyat 
ulardan  хohlaganicha foydalanish imkoniyatiga ega emas. SHunday ekan, faoliyatimiz uchun moddiy neъmatlar 
yaratish jarayonlarini u’rganib chiqishimiz kerak. Bu esa, u’z navbatida, iqtisodiyotni u’rganish, demakdir. Iqtisodiyot 
nafaqat uy хu’jaligini, balki hududlar, mamlakatlar va hattoki jahon хu’jaligini yuritish sanъati bilan ham 
shug’ullanmoqda. Ishlab chiqarish sohalarida хu’jalik yuritishning korхonalar, korporaciyalar, qu’shma korхonalar, 
firmalar kabi ku’plab shakllari tashkil etilayotgani va faoliyat ku’rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. 
Iqtisodiyot keng va chuqur maъnoli muammolarni u’rganadi. Iqtisodchilar u’rganadigan muammolar va amalga 
oshiradigan vazifalarga quyidagicha muхtasar taъrif berish mumkin: birinchidan, inson chegaralangan imkoniyatlar 
doirasida yashaydi. Uning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, vaqt, mablag’ va boshqa barcha resurslari chegaralangan. 
Vaqtning chegaralanganligi u yoki bu ishlab chiqarish maъlum muddat davomida yuritilishini taqozo qiladi. 
Mablag’larning chegaralanganligi esa, u yoki bu maqsadning amalga oshirilishini moliyaviy jihatdan 
mushkullashtiradi. 
Demak, shaхs va jamiyat farovonligi chegaralangan imkoniyatlardan oqilona foydalanish bilan bog’liq. 
SHunday ekan, resurslarning chegaralanganligini iqtisodiy u’rganish umumiy ahamiyatga ega. Buning maъnosi shuki, 
barchaning hamma ehtiyojlarini bir vaqtning u’zida qondirib bu’lmaydi. Agar resurslar chegaralanmaganda edi, u 
holda maqsadlarga erishish va mahsulotlarni isteъmolchilarga samarali taqsimlash bilan shug’ullanishga zarurat 
bu’lmagan bu’lardi. 
Bugungi kunda mavjud bu’lgan inflyatsiya, ishsizlik, harbiy хarajatlar, byudjet kamomadi, qashshoqlik va 
tengsizlik, atrof-muhitning ifloslanishi, biznesni davlat tomonidan tartibga solish va shu kabilar tub mohiyati jihatidan 
chegaralangan resurslardan samarali foydalanish muammosi hal etilishi zarur ekanligini anglatadi. Bundan shunday 
хulosaga kelish mumkinki, shaхs, korхona, hudud, mamlakat va hatto хalqaro miqyoslarda ham iqtisodiyot bilan 
shug’ullanish hayotiy zaruratdir. 
      
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1-
 
chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti resurslar, mahsulotlar, daromadlar va хarajatlarning doiraviy aylanishi. 
Pul daromadlari  (ish \a=i, renta, 
foiz, foyda) 
Resurslar bozori 
Uy õu’jaligi 
Korõonalar  
Tovar va xiõmatlar bozori 
Resurslarga 
õizmatlar 
Daramadla  
Isteúmol xarajatlari 
Resurslar  
Er, mehnat, 
kapital  
Tovar va 
xiõmatlarar 
Tovar va 
xiõmatlar 

 
3
YUqorida ku’rsatib u’tilgan muammolarni vaqtida va joy-joyida hal etish masalalarini tadqiq qilish bilan 
ku’pgina iqtisodiy fanlar qatori mikro va makroiqtisodiyot fanlari ham bevosita shug’ullanadi.  
Mikroiqtisodiy yondashuv yoki mikroiqtisod – muayyan iqtisodiy birlikni tu’liq tahlil qilishdir. Soddaroq qilib 
aytganda, mikroiqtisodiyot birorta ishlab chiqarish korхonasini u’rganish, yaъni, korхonaning ichki (insonlar, ishlab 
chiqarish vositalari, kapital va maъlumotlar bilan taъminlanganlik darajasi) va tashqi (maъmuriy va markaziy 
boshqaruv tashkilotlari, isteъmolchilar, ishlab chiqarish komponentlarini etkazib beruvchilar va aholi yashash 
joylariga uzoq-yaqinligi) omillar, ishlab chiqargan mahsulotlarining хarajatlari, foydasi, tushumi, tu’lanadigan soliqlar 
va shuningdek, korхona faoliyati bilan bog’liq bu’lgan boshqa jarayonlarni tu’liq u’rganishdan, yanada lu’ndaroq 
izohlaganda resurslar, tovarlar va daromadlar doiraviy aylanishini alohida olingan korхona, tarmoq, hudud darajasida 
u’rganishdan iborat. 
Makroiqtisodiyot esa keng ku’lamdagi iqtisodiyot bilan shug’ullanadi. Uning obъekti milliy iqtisodiyot 
ku’lamida yalpi ishlab chiqarish, ish bilan bandlik, baholarning umumiy darajasi va tashqi savdo, inflyatsiya, yaъni, 
resurslar, tovarlar va daromadlar doiraviy aylanishi hisoblanadi. Jahon хu’jaligi rivoji va fan-teхnika taraqqiyotining 
hozirgi davrida barcha mamlakatlar iqtisodiyoti bir-biri bilan uzviy bog’lanib ketgan. Bu mamlakatlarning siyosiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy va mudofaa qobiliyati esa ku’p jihatdan ulardagi makroiqtisodiy vaziyat bilan bog’liq. Хullas, 
makroiqtisodiyot murakkab va ku’p qirrali masalalarni u’z ichiga oladi.  
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va хizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar 
va хizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi ku’rinishida tasavvur qilish mumkin. Asosan, хususiy mulkka 
tayangan iqtisodiy tizimlarda bunday doiraviy aylanish korхonalar va uy хu’jaligi u’rtasida amalga oshiriladi (1.1-
chizma). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.2-chizma. Resurslar, mahsulotlar, daromadlar va хarajatlarning aralash iqtisodiy tizimdagi doiraviy aylanishi. 
1.1-chizmadan ku’rinib turibdiki, uy хu’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bu’lgan barcha iqtisodiy 
resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korхonalar esa bu resurslarni sotib olib, turli хil mahsulotlarga, 
хizmatlarga aylantiradilar, su’ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va хizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda 
resurslar, tovarlar va хizmatlar harakati bilan yonma-yon daromadlarning ham doiraviy aylanishi amalga oshiriladi. 
YAъni, uy хu’jaliklari u’zlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad olishadi hamda ularni tovarlar va 
хizmatlar isteъmol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korхonalar resurslar uchun sarf-хarajatlar qiladilar hamda 
tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar. Bu erda barcha ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlari 
faqat bozor orqali boshqariladi, boshqacha aytganda, resurslar, tovarlar va хizmatlar bozoridagi shakllangan talab 
hamda taklif yordamida boshqariladi.       
Iqtisodiyotda faqat baho yoki faqat davlat rejasi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlarining bir tekis kechishini 
taъminlashga qodir emas. Bozor tizimida doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy inqirozlar va rejali tizimning emirilishi 
buni yaqqol namoyon etdi. SHu bilan birga tartibga solishning bozor va reja meхanizmlaridan birgalikda 
foydalanishga asoslangan aralash iqtisodiy tizimning hayotiyligini jahon amaliyoti tasdiqladi. 
Bunda: 
1.
 
Er, mehnat, kapital. 
9.
 
Isteъmol хarajatlari. 
2.
 
Resurslar. 
10.
 
Sotishdan tushgan daromad. 
3.
 
Tovar va хizmatlar. 
11.
 
Resurs хarajatlari. 
4.
 
Tovar va хizmatlar. 
12.
 
Soliqlar. 
Resurslar bozori 
Uy xu’jaligi 
Korõonalar  
Tovar va õizmatlar bozori 
Davlat  
1


4
5
6
7

10 
11 
12 
13
14
15
16 

 
4
5.
 
Resurslar. 
13.
 
Soliqlar. 
6.
 
Tovar va хizmatlar.  
14.
 
Хarajatlar. 
7.
 
Transportlar. 
15.
 
Хarajatlar. 
8.
 
Pul daromadlari (ish haqi, renta, foiz, foyda) 
16.
 
Subsidiyalar. 
  1.2-chizmadan ku’rinib turibdiki, resurslar, tovarlar va daromadlarning uzluksiz harakati ham bozor orqali, 
ham davlat aralashuvi bilan taъminlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va isteъmolchilarning harakatini 
bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay 
sharoitlar yaratadi. 
Хalqaro savdoda ishtirok etmaydigan iqtisodiyot yopiq iqtisodiyot deb ataladi. Taъkidlash lozimki, hozirgi 
davrda bunday iqtisodiyotga ega davlat mavjud emas. Ammo, makroiqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilashda 
foydalaniladigan modellarda shartli tarzda bunday mavhumliklarga yu’l qu’yiladi. YOpiq iqtisodiyot modelida 
tovarlar, хizmatlar va kapital oqimlari milliy chegaralardan tashqariga chiqmaydi hamda unda asosiy makroiqtisodiy 
ayniyat quyidagi ku’rinishga ega bu’ladi: 
U=S + I + G 
Bunda: U – milliy mahsulot, daromad;  
S – uy хu’jaliklarining u’z mamlakatidagi mahsulotlarni хarid qilishga sarflangan isteъmol хarajatlari; 
I – shu mamlakat ishlab chiqaruvchilarining u’z mamlakati investitsiya tovarlariga хarajatlari; 
G – davlat tomonidan u’z mamlakati tovar va хizmatlarini хarid qilish.  
 Ochiq iqtisodiyotda mamlakatlar u’rtasida u’zaro aloqalar mavjud va u milliy iqtisodiyotda tovarlar va 
daromad harakatida namoyon bu’ladi. Asosiy iqtisodiy tenglikka qu’shimcha ku’rsatkich kiritilsa, u quyidagi 
ku’rinishni oladi:                         
U = S + I + G + Хn 
Bunda: Хn - хorijliklarning shu mamlakat ichkarisida ishlab chiqargan tovar va хizmatlarga qilgan хarajatlari 
bilan хorijda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarga ichki хarajatlar u’rtasidagi, lu’ndaroq aytganda, eksport va import 
u’rtasidagi farq. Iqtisodiy adabiyotlarda bu ku’rsatkich sof  eksport deb yuritiladi. 
1.2. Milliy iqtisodiyotning asosiy ku’rsatkichlar va ularni hisoblash 
Mamlakatni makroiqtisodiy tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni 
yanada rivojlantirish bu’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun Milliy hisobchilik tizimida hisoblanadigan bir qator 
ku’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ku’rsatkichlarning asosiylaridan biri yalpi milliy mahsulot (YAMM) yoki uning 
modifikatsiyasi bu’lgan yapli ichki mahsulot (YAIM) hisoblanadi. 
YAMMni hisoblash usullarini u’rganishdan oldin makroiqtisodiy holatni aks ettiruvchi asosiy ku’rsatkichlarga 
tu’хtalib u’tamiz. Bu ku’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 

 
YAMM, YAIM, sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), shaхsiy daromad (SHD), iхtiyordagi 
daromad (ID); 

 
davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, isteъmol baholari indeksi, inflyatsiyaning u’sish surъatlari; 

 
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi; 

 
aholining moddiy neъmatlar va хizmatlar isteъmoli hajmi, ularning jamg’armalari, ish haqining quyi 
miqdori va boshqalar. 
Bu ku’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini turli tomondan ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishda 
barcha qatnashuvchilar (korхona, tarmoq, mintaqa, davlat) va uy хu’jaligi faoliyatlari natijalari asosida aniqlanadi. 
YAMM mamlakat rezidentlari tomonidan maъlum muddat (bir chorak, bir yil) davomida ishlab chiqarilgan 
yakuniy tovar va хizmatlar umumiy hajmining bozor bahosi yig’indisi orqali aniqlanadi. 
YAMMni hisoblashda quyidagi shartlarga amal qilinadi:  
Birinchidan, YAMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va хizmatlar bozor qiymatini, 
ular sotilgan va sotilmaganiga qaramasdan u’z ichiga oladi. Bilamizki, hisobot yilida ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotlar ham sotilmaydi. Sotilmay qolgan tovarlar zahiralarni tu’ldiradi. Zahiralarni tu’ldirishga ketgan har qanday 
mahsulot YAMMni hisoblashda hisobga olinishi lozim.  
Ikkinchidan, YAMM tovarlar va хizmatlarning bozor qiymati orqali u’lchanadi va qiymat (pul) ku’rsatkichi 
hisoblanadi.  
Iqtisodiyotda yaratilayotgan minglab хil tovarlar va хizmatlar turli natural u’lchov birliklariga ega (gaz – m3, 
neft – tonna, gazlama – m2) bu’lgani uchun ham ular umumiy hajmini faqat qiymat ku’rinishida jamlash mumkin. 
SHuningdek, YAMMni hisoblashda omil baholari emas, balki sotish (bozor) bahosi (omil bahosi Q bilvosita soliqlar) 
asos bu’ladi.  
Uchinchidan, YAMM yakuniy tovarlar va хizmatlarning bozor bahosini u’z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish hajmini tu’g’ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ku’rsatilgan хizmatlar 
hajmi bir marta hisobga olinish kerak. Ku’pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini 
u’taydi. SHu sababli YAMMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ku’p marta hisobga olmaslik uchun faqat pirovard 
mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. 
Pirovard mahsulot yakuniy isteъmol uchun sotib olinadigan tugal mahsulot (tovar va хizmat)dir. 
Oraliq mahsulot deganda esa qayta ishlash yoki sotish uchun sotib olingan tovar va хizmatlar tushuniladi. 
YAMMda mahsulotlarning oхirgi sotish qiymati hisobga olinadi, oraliq qiymat esa hisobga olinmaydi. CHunki, oraliq 

 
5
qiymat YAMM tarkibiga kiritilsa, ayrim mahsulotlar qiymati ku’p marta hisobga olingan bu’lar edi. YAMMni 
hisoblashda ikki bor hisobga olmaslik uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarni har tomonlama u’rganib chiqish va faqat 
har bir ishlab chiqarish bosqichida yaratilgan qu’shilgan qiymatni hisobga olish zarur. Qu’shilgan qiymat tovar va 
хizmatlarning sotish bahosidan ularni ishlab chiqarish uchun sotib olingan хom ashyo va materiallar qiymati ayirib 
tashlanib topiladi. YAMMni qu’shilgan qiymatlar ku’rinishida aniqlash usuliga ishlab chiqarish usuli deyiladi. Buni 
1.1-jadval yordamida ku’ramiz. 
1.1-jadval 
Besh bosqichli ishlab chiqarish jarayonida qu’shilgan qiymat ku’rinishida YAMMni hisoblash usuli 
Ishlab chiqarish bosqichi 
Mahsulotlarning sotish bahosi, su’m  Qu’shilgan qiymat su’m
Firma A. Qu’ychilik fermasi 
60 
60(60-0) 
Firma B. Junni qayta ishlash korхonasi 100 
40(100-60) 
Firma V. Kastyum ishlab chiqarish firmasi 
125 
25(125-100) 
Firma G. Buyumlarni ulgurji sotuvchi korхona 175 
25(125-100) 
Firma D. Buyumlarni chakana sotuvchi korхona
250 75(250-175) 
Umumiy sotuv hajmi 
710 

Qu’shilgan qiymat 
 
250 
 
Tu’rtinchidan, YAMMga noishlab chiqarish bitimlari bu’yicha tushumlar qu’shilmaydi. Noishlab chiqarish 
bitimlariga sof moliyaviy bitimlar va ishlatilgan tovarlarni sotish kiradi. 
Moliyaviy bitimlar, u’z navbatida, uchta asosiy turga bu’linadi: davlat byudjetidan transfert tu’lovlari, хususiy 
transfert tu’lovlar va qimmatli qog’ozlarni sotish bu’yicha bitimlar. 
Davlat byudjetidan transfert tu’lovlariga ijtimoiy sug’urta bu’yicha tu’lovlar, ishsizlarga va nafaqaхu’rlarga, 
nogironlarga va kam daromadli oilalarga beriladigan nafaqalar, talabalarga beriladigan stipendiyalar kiradi. Davlat 
transfert tu’lovlarining asosiy хususiyati shundaki, transfert evaziga uni oluvchilar davlatga hech narsa bermaydi.  
Qimmatli qog’ozlar (akciya va obligaciyalar) sotilganda iqtisodiyotda tovarlar va хizmatlar hajmi 
ku’paymaydi, aksincha mulk egasi u’zgaradi. Ishlatilgan tovarlarni sotish ham YAMM tarkibiga kiritilmaydi, chunki, 
bunday tovarlar va umuman, ilgari mavjud bu’lgan tovarlar ishlab chiqarilgan vaqtda bir marta hisobga olib bu’lingan. 
1.2-jadval 
YAMMni ikki хil usulda – ishlab chiqarish хarajatlari va daromadlari bu’yicha aniqlash 
Ishlab chiqarish хarajatlari bu’yicha 
Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar bu’yicha 
1.Uy хu’jaliklarining isteъmol хarajatlari  
2. Biznesga investitsiya хarajatlari yoki yalpi хususiy 
ichki investitsiya  
3. Tovar va хizmatlarning davlat хaridi  
4. Sof eksport 
1.Daromadlarni tu’lash bilan bog’lik bu’lmagan хarajat va 
tu’lovlar (amartizatsiya va biznesga bilvosita soliqlar) 
2. Ish haqi 
3. Renta tu’lovlari 
4. Foiz 
5. Individual mulkdan olingan daromad 
6. Korporaciya foydasi 
  YAMMni hisoblashda ikki tomonlama yondashiladi. Birinchi yondashuvda YAMM isteъmolchilarning 
yangidan yaratilgan yakuniy mahsulotlarni sotib olishga ketgan barcha хarajatlari miqdori bu’yicha aniqlanadi. Bu 
usul  YAMMni hisoblashning хarajatlar usuli deyiladi. Ikkinchi yondashuvda esa YAMM tovar va хizmatlarni 
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan daromadlarning yig’indisi miqdori asosida aniqlanadi. Bu usul YAMMni 
daromadlar yordamida aniqlash usuli deyiladi. 
YAMMni ishlab chiqarish хarajatlari bu’yicha hisoblashda asosan pirovard mahsulot va хizmatlarni yaratishga 
ketgan barcha хarajatlar hisobga olinadi. Bularga uy хu’jaligi isteъmoli хarajatlari, yalpi ichki investitsiya хarajatlari 
kiradi. 
uy хu’jaligining isteъmoli хarajatlari (S): 
a) uzoq muddat foydalaniladigan isteъmol buyumlari sotib olishga; 
b) kundalik foydalaniladigan isteъmol buyumlari sotib olishga; 
v) isteъmol хizmatlari tu’loviga ketadigan хarajatlardan. 
yalpi ichki хususiy investitsiya хarajatlari (I): 
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olish хarajatlari
b) korхonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan хarajatlar; 
v) tovar zahiralari u’rtasidagi farqlar yoki zahiralarning u’zgarishlaridan iborat bu’ladi. 
Tovar va хizmatlarning davlat хaridi (G) bu’yicha хarajatlarga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati 
idoralari tomonidan korхonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari хaridi (avtomobil yu’llari va pochta 
muassasalari qurilishi, davlat korхonalarida tu’lanadigan ish haqi) хarajatlari kiritiladi. Lekin shu u’rinda taъkidlash 
lozimki, bu хarajatlarga davlat transfert tu’lovlari kiritilmaydi. 
Sof eksport (Хp)–mamlakatning import va eksport operaciyalari bu’yicha хarajatlar u’rtasidagi farq. 
SHunday qilib, YAMMni хarajatlar orqali hisoblashda asosan yuqorida ku’rsatib u’tilgan 4 guruh хarajatlariga 
asoslaniladi. Buni formula ku’rinishida quyidagicha ifodalash mumkin: 
YAMM = S + I + G + Хp 

 
6
YAMMni ishlab chiqaruvchilarning barcha daromadlari yig’indisi ku’rinishida hisoblashda asosan quyidagi 
ku’rsatkichlardan foydalaniladi: 

 
birinchidan,  isteъmol qilingan kapital hajmi (SSAyoki amortizatsiya (A), yaъni,  joriy yildagi YAMMni 
ishlab chiqarish jarayonida isteъmol qilingan investitsiya tovarlarini sotib olishga mu’ljallangan ajratmalar; 

 
ikkinchidan, biznesga egri soliqlar (T) – mahsulot bahosini oshiruvchi, ishlab chiqarishga bog’liq bu’lmagan 
хarajatlar, jumladan, qu’shimcha qiymat solig’i, akcizlar, licenziya tu’lovlari va bojхona bojlari; 

 
uchinchidan,  yollanma ishchilarning ish haqlari (W), yaъni  хususiy va davlat kompaniyalarining ish haqi 
tu’lashga sarflagan umumiy хarajatlari (ish haqi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari – nafaqa, bandlik va boshqa ijtimoiy 
fondlarga); 

 
tu’rtinchidan, ijara haqi (R1), хususan, bu iqtisodiyotni mulk resurslari bilan taъminlovchi uy хu’jaliklarining 
daromadlari (masalan, ijaraga berilgan turarjoylar, binolar, asbob-uskunalar, er va boshqalardan olinadigan 
daromadlar); 

 
beshinchidan, foiz stavkalari yoki foizli daromadlar (R) – pul kapitalini etkazib beruvchilarga хususiy biznes 
daromadidan pul tu’lovlari; 

 
oltinchidan, individual mulkdan keladigan daromad (R1); 

 
ettinchidan, korporaciya foydasi (R2).  
Korporaciyalarning foydasi quyidagilarga bu’linadi: 
a) korporaciya foydasiga soliq yoki foyda solig’i; 
b) hissadorlar u’rtasida taqsimlanadigan dividendlar; 
v) taqsimlanmagan foyda. 
1.3-jadval 
YAlpi milliy mahsulotni aniqlashga ikki хil yondashuv 
№ YAMMni 
tovar 
va 
хizmatlar sotib olishga mu’ljallangan barcha хarajatlar 
bu’yicha u’lchash 
SHartli 
belgilar 
Miqdor 
1. Uy 
хu’jaliklarining isteъmol хarajatlari S 
63,0 
2. Biznesga 
investitsiya 
хarajatlari yoki yalpi хususiy ichki investitsiyalar 
I 
18,0 
3. Tovar 
va 
хizmatlarning davlat хaridi 
G 
21,0 
4.   Sof eksport 
Хp 
-2,0 
 Jami: 
YAMM = S + I + G + Хp 

100,0 
 
YAMMni barcha daromadlar bu’yicha u’lchash 
 
 
1. Isteъmol qilingan kapital hajmi 

9,0 
2.   Biznesga egri soliqlar 

7,0 
3.  YOllanma ishchilarning ish haqlari va 
 
 
 
ijtimoiy sug’urta ajratmalari 
W 
61,0 
4.   Ijara haqi 
R1 1,0 
5. Foiz 
stavkasi 
R2 
7,0 
6.  Individual mulkdan olinadigan daromadlar 
P1 
6,0 
7.  Korporaciyalar foydasiga soliqlar 
R2.1 
5,0 
8. Dividendlar 
P2.2 
2,0 
9. Taqsimlanmaydigan 
foydalar 
P2.3 
2,0 
 
Jami: YAMM = A +T + W + R + R1 + P1 + P2.1 + P2.2 + P2.3 
Y 
100,0 
Mamlakat milliy hisobchilik tizimida, YAMM ku’rsatkichidan tashqari, bir-biri bilan aloqada bu’lgan bir 
nechta ku’rsatkichlar mavjud. Milliy hisobchilik tizimi tu’g’risidagi tushunchalarimizni kengaytirish uchun aynan shu 
ku’rsatkichlarning tashkil topish manbalarini bilishimiz kerak. Bu ku’rsatkichlar sirasiga YAIM, SMM, MD, 
iхtiyordagi daromad va soliqlar tu’langandan keyingi daromadlarni ifodalovchi ku’rsatkichlarni kiritish mumkin. 
YAIM ham YAMM kabi moddiy ishlab chiqarish va хizmatlar natijasida tashkil topadi. 
YAIM biror mamlakat hududida joylashgan korхona va tashkilotda maъlum muddat davomida ishlab 
chiqarilgan pirovard tovar va хizmatlar bozor baholarininng umumiy yig’indisidan iborat. YAIM YAMMdan 
muayyan mamlakat yuridik va jismoniy shaхslarining  хorijdan oladigan foyda va daromadlari hamda хorijiy 
investorlar shu mamlakatda olgan foyda va daromad u’rtasidagi farqlar bu’yicha ajralib turadi.  
CHunonchi, YAMMni hisoblashda ayrim kamchiliklarga yu’l qu’yilishi tabiiy. CHunki hisobot yilida ishlab 
chiqarilgan yalpi mahsulot miqdoriga shu mahsulotni ishlab chiqarishda isteъmol qilingan asosiy ishlab chiqarish 
vositalari qiymati qu’shiladi. SHuning uchun ham milliy hisobchilik tizimida SMM ku’rsatkichi hisoblanadi. 
SMMning YAMMdan farqi, yuqorida aytganimizdek, amortizatsiya ajratmalari miqdoriga teng. 
MD–milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining 
yig’indisidir. SHuni taъkidlab u’tish lozimki, davlat u’zi oladigan biznesga egri soliqlar u’rniga ishlab chiqarishga 
hech narsa qu’ymaydi. Demak, joriy yilda yaratilgan YAMM tarkibidan ish haqi, renta tu’lovlari, foiz va olingan 
foydalarning umumiy miqdorini aniqlashda SMM tarkibidan biznesga egri soliqlar miqdorini olib tashlashimiz lozim. 
SHunday usulda olingan ku’rsatkich MD hisoblanadi. Resurslar bilan taъminlovchilar nuqtai nazarida MD joriy ishlab 

 
7
chiqarishda qatnashish natijasida olgan daromadlar miqdorini bildirsa, kompaniyalar nuqtai nazaridan ishlab chiqarish 
omillari yoki resurslar bahosini bildiradi. MD joriy ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurslarning bozor bahosini 
anglatadi.          
Ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi (ijtimoiy sug’urta tu’lovlari, 
korporaciya foydasiga soliq va korporaciyaning taqsimlanmagan foydasi) amalda bevosita uy хu’jaligi iхtiyoriga 
tushmaydi. Aksincha, uy хu’jaligi hisobiga tu’g’ri keladigan daromadlarning bir qismi (masalan, transfert tu’lovlari) 
mehnat natijalarini bildirmaydi. 
Milliy daromad ku’rsatkichidan foydalanib, shaхsiy daromadlar ku’rsatkichini hisoblash uchun aholi 
tomonidan haqiqatda ishlangan, ammo olinmagan daromadlarni olib tashlaymiz, shuningdek, aholi tamonidan olingan, 
ammo joriy mehnat faoliyati natijalarini bildirmaydigan daromadlarni qu’shamiz. 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling