Ma’ruza№ Mavzu: Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish Reja


Download 16.24 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi16.24 Kb.
#1468197
Bog'liq
9-M


MA’RUZA№ 9.
Mavzu: Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish
Reja:

  1. Dreamweaver dasturining asosiy oynasi elementlari.

  2. Dreamweaver dasturining imkoniyatlari.

  3. Dizayn, kod va aralash rejimlarda ishlash.

Macromedia Dreamweaver MX ning imkoniyatlari


Macromedia Dreamweaver MX programma vositasi Macromedia kompaniyasining programma mahsulotlaridan biridir. Uning grafik interfeysi Windows operatsion sistemasi interfeysi bilan deyarli bir xil tuzilgan. Shuning uchun Windows operatsion sistemasi foydalanuvchilari uchun Macromedia Dreamweaver MX ni o’zlashtirishda qiyinchilik tug’dirmaydi. Macromedia Dreamweaver MX programma vositasining asosiy vazifasi veb-sahifalar yaratish, oldin yaratilgan veb-sahifalarni tahrirlash va qayta ishlashdan iborat. Dreamweaver MX juda ko’p veb-tahrirlagichlarda yaratilgan veb-xujjatlarni o’zida qayta ishlash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda Macromedia Dreamweaver MX vositasiga Macromedia Flash MX va MS Front Page programmalarining umumlashgani deb qarash mumkin. U deyarli MS Front Page bilan bir hil tuzilmaga ega va shu bilan birga xujjat oynasida Macromedia Flash MX vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Lekin ushbu programma vositalarining hammasining ham o’ziga yarasha ustun tomonlari mavjud.


2. Macromedia Dreamweaver MX ni ishga tushirish

Macromedia Dreamweaver MX ni ishga tushirish ham standart holda bajariladi, ya’ni: Pusk→ Programmы→ Macromedia→ Macromedia Dreamweaver MX tanlanadi.



1-rasm. Macromedia Dreamweaver MX ishga tushirish jarayoni.


3. Macromedia Dreamweaver MX oynasining tashkil etuvchilari



  • Bosh qismi (sarlavha) satri:



  • Menyu satri:



  • Amallarni tez bajarish uchun o’ziga xos 12 ta menyu bo’limdan iborat asboblar paneli:



  • Hujjat oynasi bilan ishlash uchun uskunalar paneli:



  • Tahrir oynasi:Uning pastida joriy satrning vazifasiga qarab HTML kodi ko’rinib turadi.


2-rasm. Macromedia Dreamweaver MX tahrir oynasi.

  • Joriy ob’ekt xususiyatlarini o’zgartirish maydoni:

Xuddi Macromedia Flash MX dagi kabi muloqotli ko’rinishdagi ushbu maydon (Property Inspector) odatda oyna pastida joylashgan bo’lib, u yordamida joriy ob’ekt xususiyatlarini o’zgartirish va qayta ishlash, gipermurojaat o’rnatish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Joriy (tanlangan) ob’ektning xususiyatlariga qarab vazifalari o’zgarib turadi.

3-rasm. Joriy ob’ekt xususiyatlarini o’zgartirish maydoni.


Tahrir oynasining ishchi holatlari:

  • Tahrir oynasida HTML tili teglari asosida ishlash uchun uskunalar panelidan tugma tanlanadi;

  • Oddiy holda sahifada tahrirlash uchun tugma tanlanadi;

  • Bir vaqtning o’zida HTML tili teglari asosida va Oddiy tahrirlash oynasida ishalsh uchun esa tugma tanlanadi.

  • Natijani brouzerda ko’rish uchun tugma tanlanadi.

4. Dreamweaver MX da shablon asosida veb-hujjat yaratish
Buning uchun Dreamweaver MX ni ishga tushirgandan so’ng Fayl → Noviy (CTRL+N) buyrug’i tanlanib, mos muloqat oynasiga o’tiladi.

4-rasm. Shablon asosida veb-hujjat yaratish muloqat oynasi.
Mos mavzularga kirib, kerakli shablon tanlanib, Sozdat tugmasi bosiladi. Shundan keyin tahrir oynasiga o’tilib hujjat qayta ishlanadi va biror nom bilan saqlab qo’yiladi.
5. Umumiy holda veb-hujjat bilan ishlash
Joriy hujjat sahifasi asosiy parametrlarini ko’rsatish
Buning uchun Dreamweaver MX ni ishga tushirgandan keyin bo’sh tahrir oynaga o’tiladi va menyuning Izmenit bo’limidan (yoki oynaning bo’sh joyida sichqonchaning o’ng tugmasi bosilib ) Parametro’ stranitso’ (CTRL+J) buyrug’i tanlanadi va mos muloqat oynasiga o’tiladi.

5-rasm. Sahifasi asosiy parametrlarini ko’rsatish
Oynada kerakli parametrlar ko’rsatilib OK tugmasi bosiladi.
Matnlar bilan ishlash
Matn oddiy holda kursor turgan joydan kiritiladi. Matnni qayta ishlash uchun oyna pastidagi xususiyatlar maydonidan foydalanish mumkin. Shuningdek instrumentlar panelining maxsus Tekst bo’limidagi instrumentlardan yoki Tekst menyusidan ham foydalanish mumkin.
Freymlar bilan ishlash
Freymlar bilan ishlash xuddi MS Front Page dagi kabi bajariladi. Shuningdek instrumentlar panelining maxsus Freymo’ bo’limidagi mos instrumentlardan foydalanish mumkin.
Sahifada shakllar yaratish
Saҳifada turli shakllar yaratish uchun Vstavka menyusidan Ob’ekto’ formo’ қism menyusidagi buyruқlardan keraklisi tanlanadi yoki insturmentlar panelidagi Formo’ bo’limidagi instrumentlardan keraklisi tanlanib, ish maydonida yaratiladi.

6-rasm. Saҳifada shakllar yaratish uchun asboblar paneli.
Ularning parametrlarini ҳususiyatlar maydonida (oyna pastidagi) o’zgartirish, taҳrirlash mumkin.
Download 16.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling