Ma’ruza Mavzu: Elektrodinamika. Elektrostatika


Download 0.66 Mb.
bet11/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1626016
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4-modul-1

MILTILLAMA RAZRYAD -miltillama razryad past bosimlarda kuzatiladi. Uni kuzatish uchun yassi elektrodlar kavsharlangan, ichida havosi bor 30-50 sm uzunlikdagi nay olamiz. Uning elektrodlariga bir necha yuz volt o‘zgarmas kuchlanish qo‘yib havoni nasos yordamida so‘rib ola boshlaymiz.
Bosim 5-7 kPa gacha kamaytirilganda nayda qizg‘ish ingichka ilon iziga uxshash ipsimon razryad hosil bo‘ladi. Bosim yanada kamayib 13 Pa ga etganda razryad asta sekin yo‘g‘onlashib 4,a- rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishni oladi. K va A orasidagi potensial taqsimoti ham rasmda ko‘rsatilgan (4,b-rasm). Razryad sohasi asosan 6 qismdan iborat .
1- soha -atom qorong‘iligi deyiladi. U katodga juda yopishgan bo‘ladi. Qalinligi millimetrning ulushlariga teng. Bu sohada elektronlar gaz molekulalarini qo‘zg‘atishga etarli energiyaga ega bo‘lmaydi. 2 yupqa yorug‘ soha - katod (qatlami) chaqnashi deyiladi. Bu sohaga etib borgan elektronlar energiyasi gaz molekulalarini qo‘zg‘atishga etarli lekin ionlay olmaydi. Uyg‘ongan ionlar nur chiqarib o‘zlarining asosiy holatlariga qaytadilar. 3 katod qorong‘iligi sohasiga etib kelgan elektronlar molekulalarni ionlashtirish uchun etarli energiyaga ega bo‘ladilar. Natijada molekulalarning ionlashishi tufayli elektron quyuni hosil bo‘ladi, molekulalarning qo‘zg‘algan holatga o‘tish ehtimolligini kamaygani uchun gazning yorug‘lik chiqarishi susayib ketadi. Nayda mustaqil razryad hosil bo‘lishi uchun 3- qorong‘i soha hal qiluvchi ahamiyatiga ega, chunki shu sohada paydo bo‘lgan musbat ionlar katodga etib kelib urilganlarida undan etarlicha miqdorda elektronlarni urib chiqarilishini taminlaydilar.
Katod qorong‘iligi sohasi keskin 4- manfiy miltillama razryad sohasiga o‘tadi. Bu nurlanish sohasi katod tomonda qatiy chegaralangan. U asosan elektron va musbat ionlarning rekombinatsiyalanishi oqibatida gazga keladi. Anod tomonga borgan sari miltillama nurlanish ravshanligi susayib boradi va elektron qorong‘ining eng tez elektronlari ham etib kela olmaydigan, 5- Faradey qorong‘iligi sohasiga tutashib ketadi.
Yuqorida tavsiflangan razryad sohasida mustaqil razryadni ushlab turish uchun kerak bo‘lgan barcha jarayonlar sodir bo‘ladi, shuning uchun 1-5 sohani razryadning katod qismi deyiladi.
Faradey qorong‘iligidan keyin musbat nurlanish deb atalgan 6 soha boshlanib anodgacha bo‘lgan oraliqni to‘la egallaydi. Bu sohada elektron va musbat ionlarning konsentratsiyasi va umuman ionlashish yuqori bo‘ladi. Soha katta elektr o‘tkazuvchanligiga ega. Musbat soha asosan elektron va musbat ionlarning rekombinatsiyalanishi tufayli hosil bo‘ladi.
Naydagi gazning turiga qarab turli rangdagi razryad xosil bo‘ladi. Masalan neon gazi ravshan qizil, argon-ko‘k yorug‘lik chiqaradi va boshqalar. SHuning uchun miltillama razryad kunduzgi yorug‘lik lampalarida qo‘llaniladi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling