Ma'ruza Mavzu: Tibbiy axborot resurslardan tegishli axborotlarni qidirish. Olingan axborotlar natijalarini baholash
Download 408.02 Kb.
|
maruza 3 mavzu Аholi orasida demografik jarayonlarni urganish usullari (1)
MA'RUZA 3 Mavzu: Аholi orasida demografik jarayonlarni urganish usullari.Kafedra mudiri: PhD Zafar Zayirovich AminovTayyorladi: Mamasoliyeva Shohista AbdugapparovnaSAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI IJTIMOIY SALOMATLIK, UMUMIY GIGIYENA VA EKOLOGIYA KAFEDRASI Davolash fakulteti 4 kurs talabalari uchun “Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkil etish” fanidan Demografiya – (yunoncha demos – aholi, grafiya – oʼrganaman) aholi va uning rivojlanishi haqidagi fan. Demografik statistika aholining soni, tarkibi, tugʼilishi, oʼlimi, koʼpayishi, harakati haqidagi asosiy qonuniyatlarni oʼrganadi. Demografik maʼlumotlar aholining tibbiy yordamga boʼlgan ehtiyojini qondirish uchun, uni rejalashtirishda katta ahamiyatga ega (muqim shifoxonadagi oʼrinlar soni, poliklinikadagi lavozimlar, shtatlar, yasli, sanatoriyalardagi oʼrinlar soni, vrachlar va oʼrta tibbiyot xodimlarining, dorixonalarning soni va boshqalar). Аholi, sogʼliqni saqlash muassasalar uchun bevosita sogʼlomlashtirish ishlari olib boriladigan obʼekt hisoblanadi.
Аholi statikasi haqidagi maʼlumotlarni olish uchun asosiy manba boʼlib davlat tomonidan davriy ravishda oʼtkaziladigan aholini roʼyxatga olish hisoblanadi. Chor Rossiyasi davrida birinchi marta aholini roʼyxatga olish 1897 yilda oʼtkazilgan. Sobiq Ittifoq davrida 1920y., 1926y., 1936y., 1959y., 1970y. va 1989 yillarda davlat tomonidan umumaholi roʼyxati oʼtkazilgan. Oxirgi aholi roʼyxati 1989 yil 12 yanavarda oʼtkazilgan. Аholi statikasi haqidagi maʼlumotlarni olish uchun asosiy manba boʼlib davlat tomonidan davriy ravishda oʼtkaziladigan aholini roʼyxatga olish hisoblanadi. Аholi roʼyxati lahzalik printsipiga asoslangan boʼlib, u aniq bir kun va soatda, aholi eng kam harakat qiladigan payti, qish faslining dekabr yoki yanvarida oʼtkaziladi va u barcha aholini roʼyxatdan oʼtkazishga asoslangan. Аholini roʼyxatdan oʼtkazish barcha territoriya boʼyicha bir xil dastur va reja asosida bevosita soʼrov usullari orqali amalga oshiriladi. Download 408.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling