Ma'ruza Mavzu: Tibbiy axborot resurslardan tegishli axborotlarni qidirish. Olingan axborotlar natijalarini baholash


Download 489.29 Kb.
bet4/5
Sana11.05.2023
Hajmi489.29 Kb.
#1452652
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 mavzu узб.тиб.тар

Subxonqulixon

  • Bu vaqtdagi koʼzga koʼringan tabiblardan biri–Subxonqulixon (Sayid Muhammad Subxonqulixon ibn Saydiodir Muhammadxon)dir. Subxonqulixon Buxoro amiri edi. U har xil fanlar bilan qiziqgan, ayniqsa, tibbiyot bilan koʼproq shugʼullangan. Subxonqulixon saroyda tabiblarni yigʼib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar oʼtkazib turar edi. Subxoniqulixonning amaliy tibbiyot bilan shugʼullangani maʼlum emas, ammo tibga oid ikkita asari borligi maʼlum. Bular “Subxon tibbiyoti” va “Subxonning hayotbaxsh tibbiyoti” dir. Bu kitoblar oʼzbek (turkiy) tilda yozilgan.

Subxonqulixon mamlakat rahbari sifatida fuqaro sogʼligʼini saqlash ishlariga maʼlum darajada eʼtibor bergan. Maʼlumki, Oʼrta Osiyo sharoitida yozning issiq kunlarida aholi oʼrtasida ich ketish kasalligi koʼpayadi. Shuning oldini olish uchun Subxonqulixon nonvoylar non yuziga kunjut urugʼini sepib yopsinlar, degan farmon chiqardi. Kunjut avvalo oʼzi xushboy hidli, yoqimli, ikkinchidan esa u ich ketishni toʼxtatadi. Farmon bilan boshlangan bu tadbir hozir odat tusiga kirgan.

  • Subxonqulixon mamlakat rahbari sifatida fuqaro sogʼligʼini saqlash ishlariga maʼlum darajada eʼtibor bergan. Maʼlumki, Oʼrta Osiyo sharoitida yozning issiq kunlarida aholi oʼrtasida ich ketish kasalligi koʼpayadi. Shuning oldini olish uchun Subxonqulixon nonvoylar non yuziga kunjut urugʼini sepib yopsinlar, degan farmon chiqardi. Kunjut avvalo oʼzi xushboy hidli, yoqimli, ikkinchidan esa u ich ketishni toʼxtatadi. Farmon bilan boshlangan bu tadbir hozir odat tusiga kirgan.

Subxonqulixonning farmoni bilan 1682 yilda Buxoroda kasalxona barpo etildi. U “Shifo beruvchi manzil” deb atalar edi. Kasalxona madrasa koʼrinishida qurilgan. U 18 ta hujra (palata) dan iborat boʼlgan. Kasalxona kompleksiga tibbiy maktab va kutubxona ham kirgan. Kasalxona va tibbiy maktabga (madrasaga) oʼsha zamonning koʼzga koʼringan olimlaridan Mavlono Mirqosim Xakim rahbarlik qilgan. Buxoro madrasasida tabiblaridan yana Xoja Аmin Rais, Oxund Mullo Аbdugʼafur Xakim, Xoja Yoqublar xizmat qilar edilar.

  • Subxonqulixonning farmoni bilan 1682 yilda Buxoroda kasalxona barpo etildi. U “Shifo beruvchi manzil” deb atalar edi. Kasalxona madrasa koʼrinishida qurilgan. U 18 ta hujra (palata) dan iborat boʼlgan. Kasalxona kompleksiga tibbiy maktab va kutubxona ham kirgan. Kasalxona va tibbiy maktabga (madrasaga) oʼsha zamonning koʼzga koʼringan olimlaridan Mavlono Mirqosim Xakim rahbarlik qilgan. Buxoro madrasasida tabiblaridan yana Xoja Аmin Rais, Oxund Mullo Аbdugʼafur Xakim, Xoja Yoqublar xizmat qilar edilar.

Download 489.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling