7.3. Shart operatorlari
Oldingi bobda misol tariqasida keltirilgan dasturlarda amallar yozilish
tartibida ketma-ket va faqat bir marta bajariladigan holatlar, ya’ni chiziqli
algoritmlar keltirilgan. Amalda esa kamdan-kam masalalar shu tariqa echilishi
mumkin. Aksariyat masalalar yuzaga keladigan turli holatlarga bog’liq ravishda mos
qaror qabul qilishni (echimni) talab etadi. C++ tili dasturning alohida bo’laklarining
bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi qurilmalarning etarlicha katta
majmuasiga ega. Masalan, dastur bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni
tekshirish natijasiga ko’ra boshqaruvni dasturning u yoki bu bo’lagiga uzatish
mumkin (tarmoqlanuvchi algoritm). Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shartli
operatordan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |