Ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Qiziqish-havasning ahamiyati
Download 0.54 Mb.
|
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
3. Qiziqish-havasning ahamiyati
Kishida muayyan qiziqish-havaslarning bo’lishi shuni ko’rsatadiki, kishi shaxs sifatida faqat kun kechirish bilan, shu bugungi hayoti bilangina ovora bo’lib qolmasdan, balki istiqbol bilan ham qiziqishadi. Kishidagi qiziqishlar uning dunyoqarashi, e’tiqodi va ideallari bilan bog’liq bo’ladi. Qiziqish-havaslar odamning hayotini mazmundor va ma’nodor qiladi. Kishilardagi individual qiziqish-havaslari uning Vatanini manfaatlari bilan mos keladi, Bunday qiziqish-havaslar kishida qanchalik xilma-xil va yuksak bo’lsa, uning hayoti shunchalik ma’noli va mazmunli bo’ladi. Bunday kishilarning ijtimoiy qimmati shunchalik yuksak bo’ladi. Qiziqish-havaslari pastkash yoki tuturiqsiz bo’lgan odamlarning ma’naviy hayoti mazmunsiz va betayin bo’ladi. Bunday odamlar o’zlarining nima uchun yashayotganliklarini, ko’pincha, o’zlari ham bilmaydilar. Kishidagi qiziqishlarning susayib yoki yo’qolib ketishi uning aqlini ham pasaytirib qo’yadi, faoliyatini susaytirib yuboradi va boshqa ma’naviy fazilatlariga putur yetkazadi, kishini bekorchilikka moyil, yalqov qilib qo’yadi. Bular bo’sh qolgan vaqtlarida nima bilan mashg’ul bo’lishlarini bilmay, zerikadilar yoki vaqtni o’tkazadigan biron bekorchi ermak topishga urinadilar. Muayyan oliyjanob qiziqish-havaslarga ega bo’lgan kishilar har doim tetik, faol bo’ladilar. Bunday kishilarning hayoti ma’noli va sermazmun bo’ladi. Shaxsning individual xususiyati bo’lgan qiziqish-havaslar uning hamma psixik jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, kishining bir talay xarakter xislatlari ham, shuningdek qobiliyatlarining o’sishi ham ma’lum darajada undagi qiziqish-havaslar bilan belgilanadi. Kishidagi qiziqish-havaslar uning barcha psixik jarayonlarida namoyon bo’ladi. Bizdagi idrok etish esda qoldirish, esga tushirish, xayol, tafakkur va iroda jarayonlari qiziqish- havas orqali aktivlashadi. Qiziqish-havaslar esda qoldirishning tez va mustahkam bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi, xayol va tafakkur faoliyatini muayyan izga solib yuboradi. Qiziqish-havaslar kishi diqqatining kuchli va barqaror bo’lishiga yordam qiladi, bizning tuyg’u-hissiyotlarimizning, shuningdek bevosita qiziqishlarimizning ham kuchli va barqaror bo’lishiga yordam beradi. Qiziqish-havaslar kishining mehnat faoliyati uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Qiziqish-havaslar kishini faoliyatga rag’batlantiradi, uning g’ayratiga-g’ayrat qo’shib, tashabbus ko’rsatishga, aktiv harakat qilishga, ijod etishga, yangiliklar yaratishga yo’llaydi. Qiziqish-havaslar kishining kuch-quvvatini oshiradi. Shuning uchun ham kishining qiziqish-havaslariga mos keladigan ishlar tezroq, osonroq va unumliroq bajariladi. Qiziqish o’qituv ishlarida katta ahamiyatga egadir. O’quvchilarda o’quv fanlariga, umuman bilimga va o’zining kelgusidagi kasbiga qiziqish-havasning bo’lishi bilimlarni ongli va mustahkam o’zlashtirishning muhim shartidir. Shuning uchun har bir pedagog o’z o’quvchilaridagi mavjud qiziqish-havaslarni bilishi, bu qiziqish-havaslarning qanday o’sib borayotganligini bilishi, o’quv ishlariga va mehnatga barqaror, mustahkam qiziqish paydo qilishga harakat qilishi, yordam berishi zarur. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling