Ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati
Download 0.54 Mb.
|
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati
Inson ongi ijtimoiy chuqur tabiatga ega. U predmetli faoliyat jarayonida, bolaning kattalar bilan muloqotida, kattalarning bir birlari bilan muloqot jarayonlarida shakllanadi va boshlanishidan ijtimoiy xarakterga ega. Muloqot jarayonida bolaga umuminsoniy tajribalarning asosi beriladishuning uchun individual psixologik, alohida shaxs psixologiyasi ijtimoiy holat hisoblanadi. Agar umuminsoniy tajribani berish jarayonida so’zlar alohida ahamiyat kasb etsa, iboralar ham insoniy tajribalarni yetkazishida muhim rol o’ynaydi. Ma’lumotlarni gaplar orqali yetkazish ikkiga bo’linishi mumkin. Aniq voqyealar haqida xabar yetkazish yoki voqyea kommutasiyasi va mashhur mantiqiy munosabatlar orqali yotkazish yoki munosabatlar kommutasiyasi mavjuddir. Munosabatlar kommutasiyasi hissiy tajribadan ongning murakkab rasional shakllariga o’tishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilga ta’sir qilishning uch shakli ham mavjud. Insonning tilida nafaqat so’zlar saqlanadi, unda mantiqiy tizimlar ham mavjud. Bular tashqaridan kelgan ma’lumotlarni nafaqat qabul qilish, balki tahlil qilish qobiliyatiga ega. Demak til insonda mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Yosh bola o’zining individual tajribalariga tayanib xulosa chiqarish imkoniyatiga egadir. Olovni tanani kuydirishini ota onasidan bilish yoki o’zining hissiy sezgisi orqali ham bilish mumkin29. Agar inson faqat o’z tajribasiga tayanib xulosa chiqarsa, uning individual imkoniyatlari cheklangan bo’lar edi. Shuning uchun ham til orqali mantiqiy fikrlarni aniqlash mumkin. O’z tajribasiga tayanmay, mantiqiy munosabatlar asosida xulosa chiqarish imkoniyati bilishning yangi rasional va mantiqiy shakllari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Hattoki voqyealar ishtirokchisi bo’lmagan taqdirda ham o’zining bilish va mantiqiy strukturasiga tayangan holda xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Tilning mantiqiy tizimida insonga tayyor tafakkurning dinamik quroli beriladi, shu tariqa mantiqiy strukturalar o’zlashtiriladi, insonni bilish imkoniyatlari ortadi. Bu ongning yangi imkoniyatlari, til orqali o’zlashtiriladi, bu esa ongning rivojlanishiga asosiy omil bo’lib hizmat qiladi. Tilning muhim funksiyalaridan biri bu, uning asosida sezgi, idrok, diqqat, tafakkur, xotira, xayol, emosiya, iroda vujudga keladi. Bu qarash L.S.Vigotskiy tomonidan fanga kiritilgan. Ma’lumki hayvonlarda sezgi va kompleks idrok mavjud. Hayvonlarda diqqat ham mavjud, u muhim signallarni tanlab oladi va kerak bo’lmagan harakatlarni to’xtatadi, hayvonlarda ham xotira mavjud, u xotira orqali oldinga tajribalar asoratini saqlaydi va ma’lum shart sharoitlarda ularni ishlatadi. Tabiiy bunday funksiyalar ham insonlarda ham mavjud, lekin ularning hayvonlardan farqi, insonlarda bu jarayonlar nutqqa bo\langan holda amalga oshiriladi. Bu funksiyalar ongning tarihiy shakllanishi bilan genetik jihatidan bog’liqdir30. Bularning hammasi inson psixikasining o’ziga xosligini tashkil qiladi. Insonning sezgisi va idrokining o’ziga xosligibu har bir sezgi va har bir idrok nafaqat sezuvchi komsponent, balki so’z orqali ifoda qilingan rasional komponentlar ham mavjud va aynan shu sezgi va idrokni muoakkablashtiradi. Masalan 1,5 mln rang turi mavjud. Biroq biz 12-15 yoki 20-30 so’z orqali ranglarni nomlaymiz ularni biz qizil, sariq, yashil, ko’k, qora. Biz oanglarni boshqa so’zlarini topa olmaymiz, lekin qalbimizda ularni nomlay boshlaymiz. Biz tovushlarni ham xuddi shunday tahlil qilamiz ularni ma’lum bir sifatlarga ajratamiz. Bu sezgilarning namoyn bo’lishiga misol bo’lishim mumkin. Har bir bilish jarayonlariga nutqning bevosita aloqasi mavjud. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling