Ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Faoliyatning asosiy turlari e
Download 0.54 Mb.
|
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
5.5. Faoliyatning asosiy turlari erishishda, ijtimoiy talablar va ma’lumotlarni o’zlashtirishda ko’mak beruvchi – kommunikativ hulq-atvor rivojlanadi. Avval bu hulq-atvor nutqqacha bo’lgan shakllarda namoyon bo’ladi (qichqiriq, mimika, imo-ishora). So’ngra bola faollik bilan insoniy muloqot, o’zaro ta’sir va axborot almashinuvining bosh vositasi – nutqiy hulq-atvorni o’zlashtira boshlaydi. Nutqni egallash tasvirlarni buyum va harakatlardan ajratish, ahamiyatli holatlarni bo’rttirib ko’rsatish, ularni qayd etish va hulq-atvorni boshqarishda ular bilan amallarni bajarish uchun hal qiluvchi dastlabki shart-sharoitlarni yaratadi. Shunday qilib, faoliyat – bu inson bilan atrofidagi olam o’rtasidagi real aloqa o’rnatiladigan voqyelikka bo’lgan faol munosabat shakli. Inson faoliyatda o’zining ichki xossalarini ochib borib va tadbiq etib, buyumlarga nisbatan subyekt, odamlarga nisbatan esa shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon kishisi faoliyatning har xil turlari bilan shug’ullanadi. Faoliyat turlari shunchalik ko’pki, ularning hammasini tasavvur qilib ham, ta’riflab ham bo’lmaydi, chunki barcha faoliyat turlari inson ehtiyojlari bilan bog’liqdir, ehtiyojlarning ko’p qismi esa odamlarning individual xususiyatlari tomonidan belgilanadi. Shunday bo’lsada, barcha insonlarga xos bo’lgan faoliyatning asosiy turlarini ajratish va umumlashtirish mumkin. Ular hamma odamlarga xos bo’lgan umumiy ehtiyojlarga mos keladi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, ularga har bir odam rivojlanish jarayonida muqarrar ravishda boshidan o’tkazadigan ijtimoiy faollik turlarini kiritishimiz mumkin. Bunday faoliyat turlari bo’lib muloqot, o’yin, o’quv va mehnat hisoblanadi. Muloqot o’zaro munosabatda bo’lgan odamlar o’rtasida axborot almashinuvga, aloqalar, ular orasida bir-birini tushunish va ochiq munosabatlarni o’rnatishga yo’naltirilgan faoliyat turi sifatida o’rganiladi. Ushbu tushuncha «Muloqot» mavzusida batafsil ko’rib chiqiladi.
Yuqori psixik funksiyalarni shakllanishi Inson ongi ijtimoiy chuqur tabiatga ega. U predmetli faoliyat jarayonida, bolaning kattalar bilan muloqotida, kattalarning bir birlari bilan muloqot jarayonlarida shakllanadi va boshlanishidan ijtimoiy xarakterga ega. Muloqot jarayonida bolaga umuminsoniy tajribalarning asosi beriladishuning uchun individual psixologik, alohida shaxs psixologiyasi ijtimoiy holat hisoblanadi. Agar umuminsoniy tajribani berish jarayonida so’zlar alohida ahamiyat kasb etsa, iboralar ham insoniy tajribalarni yetkazishida muhim rol o’ynaydi. Munosabatlar kommutasiyasi hissiy tajribadan ongning murakkab rasional shakllariga o’tishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilga ta’sir qilishning uch shakli ham mavjud. Insonning tilida nafaqat so’zlar saqlanadi, unda mantiqiy tizimlar ham mavjud. Bular tashqaridan kelgan ma’lumotlarni nafaqat qabul qilish, balki tahlil qilish qobiliyatiga ega. Demak til insonda mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Yosh bola o’zining individual tajribalariga tayanib xulosa chiqarish imkoniyatiga egadir. Olovni tanani kuydirishini ota onasidan bilish yoki o’zining hissiy sezgisi orqali ham bilish mumkin. Agar inson faqat o’z tajribasiga tayanib xulosa chiqarsa, uning individual imkoniyatlari cheklangan bo’lar edi. Shuning uchun ham til orqali mantiqiy fikrlarni aniqlash mumkin41. O’z tajribasiga tayanmay, mantiqiy munosabatlar asosida xulosa chiqarish imkoniyati bilishning yangi rasional va mantiqiy shakllari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Hattoki voqyealar ishtirokchisi bo’lmagan taqdirda ham o’zining bilish va mantiqiy strukturasiga tayangan holda xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Tilning mantiqiy tizimida insonga tayyor tafakkurning dinamik quroli beriladi, shu tariqa mantiqiy strukturalar o’zlashtiriladi, insonni bilish imkoniyatlari ortadi. Bu ongning yangi imkoniyatlari, til orqali o’zlashtiriladi, bu esa ongning rivojlanishiga asosiy omil bo’lib hizmat qiladi. Tilning muhim funksiyalaridan biri bu, uning asosida sezgi, idrok, diqqat, tafakkur, xotira, xayol, emosiya, iroda vujudga keladi. Bu qarash L.S.Vigotskiy tomonidan fanga kiritilgan. Ma’lumki hayvonlarda sezgi va kompleks idrok mavjud. Hayvonlarda diqqat ham mavjud, u muhim signallarni tanlab oladi va kerak bo’lmagan harakatlarni to’xtatadi, hayvonlarda ham xotira mavjud, u xotira orqali oldinga tajribalar asoratini saqlaydi va ma’lum shart sharoitlarda ularni ishlatadi. Tabiiy bunday funksiyalar ham insonlarda ham mavjud, lekin ularning hayvonlardan farqi, insonlarda bu jarayonlar nutqqa bolangan holda amalga oshiriladi. Bu funksiyalar ongning tarihiy shakllanishi bilan genetik jihatidan bo\liqdir. Bularning hammasi inson psixikasining o’ziga xosligini tashkil qiladi. Insonning sezgisi va idrokining o’ziga xosligibu har bir sezgi va har bir idrok nafaqat sezuvchi komsponent, balki so’z orqali ifoda qilingan rasional komponentlar ham mavjud va aynan shu sezgi va idrokni muoakkablashtiradi. Masalan 1,5 mln rang turi mavjud. Biroq biz 12-15 yoki 20-30 so’z orqali ranglarni nomlaymiz ularni biz qizil, sariq, yashil, ko’k, qora. Biz oanglarni boshqa so’zlarini topa olmaymiz, lekin qalbimizda ularni nomlay boshlaymiz. Biz tovushlarni ham xuddi shunday tahlil qilamiz ularni ma’lum bir sifatlarga ajratamiz. Bu sezgilarning namoyn bo’lishiga misol bo’lishim mumkin. Har bir bilish jarayonlariga nutqning bevosita aloqasi mavjud. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling