Ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Psixik jarayonlar va miya faolligini o’zaro munosabatlari
Download 0.54 Mb.
|
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Psixik jarayonlar va miya faolligini o’zaro munosabatlari. Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas Uillis (1621-1675) qo’l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi .
Barcha sezgi organlari katta yarim sharlar po’stlog’ida o’zlarining ta’sir doiralariga egadirlar. Masalan, inson miyasining ensa bo’limida ko’rish doirasi, chakka bo’limida – eshitish, hid bilish doirasi esa miyaning bir necha bo’limlari bo’ylab tarqalgan. Miya po’stlog’ida, shuningdek, assosiasiya bilan bog’liq maydonlar ham mavjud, ularda his-tuyg’u organlarining birlamchi maydonlaridan keluvchi axborot analizi va sintezi amalga oshiriladi. Oddiy harakat reaksiyalari orqa miya tomonidan boshqariladi, murakkabroq harakatlar (yurish, yugurish) esa miya va miyacha tomonidan muvofiqlashtiriladi46. XIX asrning o’rtalaridayoq fransiyalik olim Pol Broka va nemis psixiatri Karl Vernike inson miyasining chap yarim sharida nutqqa tegishli bo’lgan ikki sohani aniqladilar. Broka doirasining zararlanishida (pastki peshona burmasi orqa tomonining uchdan bir qismida) bemorning nutqi izdan chiqadi (talaffuzi), agar shu soha zararlantiilsa (Vernike doirasi) zarar ko’rganida esa (tepa chakka burmasi orqa tomonining uchdan bir qismida), bemor gapira oladi, lekin nutqi mazmunsiz, ma’nosiz bo’lib qoladi. Neyropsixologiyaning hozirgi zamon qarashlari (A.R. Luriya)ga binoan inson miyasining tuzilishi uchta asosiy bo’limdan iborat: I – bosh miya po’stlog’i yuqori qavatlarining faoliyatini saqlab turuvchi quvvat bo’limi (miyaning yuqori bo’limlarida joylashgan); 2 – axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bo’limi (ikkala yarim sharlarning tepa, ensa va chakka bo’limlarini o’z ichiga oladi); 3 – faoliyatni oldindan belgilash, boshqarish va nazorat qilishni ta’minlovchi bo’lim (po’stloqning peshona bo’limlari). Birinchi bo’lim vazifalarining zararlanishida diqqat barqarorligi yo’qolib, loqaydlik, uyquchilik paydo bo’ladi. Ikkinchi bo’lim faoliyatining buzilishi sezgirlik (teri va proprioseptiv)ning yo’qolishiga sabab bo’ladi, harakatlarning aniqligi buziladi va h.k. Uchinchi bo’limning zararlanishi xulq-atvor nuqsonlariga, harakatlar sohasidagi o’zgarishlarga olib keladi. Bosh miyasining tuzilishiga tegishli ko’plab farazlar, konsepsiyalar va tajriba ma’lumotlari mavjud. Akademik P.K. Anoxinning taxminlariga ko’ra, peshona po’stlog’ining faoliyati miyaning alohida vazifalari – xotira, qabul qilish, motivasiyalar, hissiyotlar bilan bog’liq bo’lmasdan, ularning qo’shilishini amalga oshiradi, xolos. Amerikalik neyropsixolog K. Pribram fikricha, peshona po’stlog’i motivasiyalar (ochlik, tashnalik, jinsiy ehtiyoj) ni tashqi rag’batlar bilan taqqoslaydi, va bu taqqoslash asosida niyatlar yoki istalgan oqibatlarni hisobga olgan holda harakatlar dasturini tuzib chiqadi. Polshalik tadqiqotchi Yu. Konorskiy oldinga qaratilgan po’stloqning turli bo’limlari turlicha vazifalarni, jumladan, fazoviy yoki vaqtincha xotira, tirik mavjudot yoki jonsiz jismning izidan borish kabi vazifalarni bajarishiga amin bo’lgan edi. Hozirda miya termografiyasi bo’yicha o’tkazilgan oxirgi tadqiqotlarga asoslangan holda ishonch bilan peshona po’stlog’ida inson tashqi muhitning taxminiy obrazi bilan real vaziyat bilan taqqoslash sodir bo’ladi, deb tasdiqlash mumkin. Agar miyaning bu bo’limi zarar ko’rgan (o’sma, jarohat, yallig’lanish) bo’lsa, tashqi muhitni real holda qabul qilish va o’zini baholash izdan chiqadi. Ma’lumki, chap yarim sharining vazifasini verbal-belgili axborot bilan ishlash: o’qish, hisoblash tashkil etadi. O’ng yarim sharining vazifasi esa – obrazlar bilan ish ko’rish, fazoda harakatni aniqlash va shu kabilar hisoblanadi. Chap yarim shari «mantiq»ni, o’ngi – «ijodiy jarayon»ni nazorat qiladi; chap yarim shari tananing o’ng tomonini, o’ngi – chap tomonini boshqaradi. Miya yarim sharlarining vazifalarini ko’rgazmali tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin Yemosional markazlar, shuningdek, inson miyasida ham aniqlangan. Miyaning bir xil nuqtalari ta’sirlantirilganda sinaluvchilarda juda yoqimli hislar, boshqalari ta’sirlantirilganda esa cho’chish, xavotir va, hatto, dahshat hislari yuzaga kelgan. Garchi sinaluvchilar bu hissiyotlar tadqiqotchi tomonidan sun’iy ravishda chaqirilganini tushunib yesalar ham, ularga bu hissiyotlar real voqyelik bo’lib tuyuladi. Miya inson organizmi barcha hujayralarining to’rtdan uch qismini tashkil etadi. U organlarga yetkaziluvchi axborotlar o’tadigan neyronlarning to’plamlaridan iborat. Voyaga yetgan odamning miya og’irligi 1100 dan 2000 grammgacha bo’ladi. 20 yoshdan boshlab 60 yoshgacha bo’lgan vaqt orlig’ida har bir individ uchun miya og’irligi va hajmi o’z doimiyligini yo’qotmaydi. Ammo aqliy qobliyat bosh miyaning kattaligi bilan aniqlanmaydi. Miya o’lchamlari va tana umumiy og’irligi o’rtasidagi nisbat muhim ahamiyatga egadir: kashalotning bosh miyasi 9 kg og’irlikka ega, lekin bu tana og’irligining atigi 0,02% ini tashkil etadi; fil miyasi 5 kg og’irlikka ega, lekin bu og’irlik umumiy massasining 0,1% ini tashkil etadi, shuning uchun filda misli ko’rilmagan qobiliyatlar ko’zga tashlanmaydi; inson miyasining og’irligi tanasi umumiy massasining 2% ini tashkil etadi. Miya 15 yoshgacha o’sadi va 15 yoshdan 25 yoshgacha esa jadal faoliyat yuritadi. 45 yoshdan keyin uning ish qobiliyati neyronlarning nobud bo’lishi hisobiga pasayadi. Agar 20 yoshda neyronlarning nobud bo’lish tezligi sutkasiga 10000 hujayrani tashkil esa, 40 yoshda – bu ko’rsatkich 50000 hujayraga, 90 yoshda esa – 100 ming hujayraga yetadi. Shunga ko’ra, qarishda bosh miya og’irligi kamayadi (90 yoshlarda 1,1 kggacha). Bosh miya po’stlog’i hududining yirik bo’linmalari – qadimgi (paleokorteks), eski (arxikorteks), yangi (neokorteks) va oraliq po’stloqdan iborat. Inson miyasidagi yangi po’stloqning yuzasi 95,6% ni, eski – 2,2% ni, qadimgi – 0,6% ni va oraliq – 1,6% ni tashkil etadi. Miya po’stlog’i – davomli evolyusion rivojlanishning mahsuli bo’lib, bu jarayonda baliqlarda hid bilish analizatorining rivojlanishi munosabati bilan birlamchi qadimgi po’stloq yuzaga keladi. Hayvonlarning quruqlikka chiqishi bilan eski va yangi po’stloq qismlari jadal rivojlana boshlaydi. Evolyusiya jarayonida yangi po’stloqning assosiativ doiralari boshqalarga nisbatan ko’proq o’zgarishlarga uchrab, kattalashadi, birlamchi, sensor maydonlar esa nisbiy kattaligi bo’yicha kichrayadi. Berklidagi Kaliforniya universiteti gistologi Merian Daymondning tadqiqotlariga ko’ra, mashhur fizik olim Albert eynshteynning miyasi asab hujayralarining soni va o’lchamlari bo’yicha oddiy odamning miyasidan farq qilmaydi. Lekin ong faoliyatining yuqori shakllarini boshqaruvchi po’stloqning assosiativ sohasida nerv to’qimasining yordamchi elementlari –neyrogliya hujayralarining juda ko’p miqdori aniqlandi. Yangi po’stloqning o’sishi eski va qadimgi qismlarining miyaning pastki va o’rta yuzalariga surilib borishiga sabab bo’ladi. Odam bosh miyasi yarim sharlarining po’stlog’i doiralarga bo’linadi. Hissiy va harakatlantiruvchi doiralar mavjud. Hissiy doira ko’rish, eshitish, ta’m va hid bilish, shuningdek, teri-mushak doiralariga bo’linadi. His-tuyg’u organlari, teri, ichki organlardan chiqqan impulslar hissiy doiralarga o’tkaziladi. Hissiy doiralar neyronlarining ta’sirlanishidan sezgilar paydo bo’ladi. Rochester Universiteti tibbiy maktabining vrachlari bosh miyaning hazil-mutoyiba hissiyotini, bundan tashqari, ijtimoiy va hissiy baholash, rejalashtirish vazifasini boshqaruvchi qismini aniqlashga muvaffaq bo’ldilar. U peshona qismining pastki bo’limlarida joylashgan. Yaqinda amerikalik tadqiqotchilar miyada kechadigan jarayonlarning inson idroki darajasiga ta’sirini ochib berishga erishdilar. Olimlarda oddiy bolalar va IQ darajasi o’rtachadan yuqori bo’lgan bolalarning miya tuzilishidagi tafovut qiziqish uyg’otdi. Miya salomatligi Milliy instituti (Merilend) ilmiy xodimi Filipp Shau va hamkasblari 307 ta bolaning miya rivojlanishini kuzatdilar. Maxsus testlar yordamida ularning idrok koyeffisiyentini aniqladilar va natijalar bo’yicha uch guruhga ajratdilar. Bir necha yillar mobaynida, 6 yoshdan 19 yoshgacha muntazam ravishda bosh miyaning yadroviy-magnit-rezonans tomografiyasini o’tkazib bordilar. YaMR-tomografiyasi – bu ichki organlarni tekshirishning maxsus metodi bo’lib, har xil turdagi hujayra va to’qimalardagi molekulalar magnit xossalari tafovutlarining kompyuter tahliliga asoslangan, buning uchun hujayra va to’qimalar kuchli magnit maydoniga joylashtiriladi. Natijalarni ishlab chiqib, tadqiqotchilar, turli guruhlardagi bolalar miyalarining xususiyatlari bir-biridan farq qilishini aniqladilar. Xotira kabi yuqori darajadagi vazifalarni nazorat qiluvchi miya ustki qavatining qalinligi «aqlli» bolalarda qolganlariga qaraganda ancha kechroq kamaya boshlar ekan. Miya po’stlog’i o’rtacha 9 yoshdan boshlab, idrok darajasi yuqori bo’lgan bolalarda esa 11 yoshda «sayozlasha» boshlaydi. Eng katta tafovut miya po’stlog’ining rejalar tuzish va mulohaza yuritishga mas’ul peshona oldi qismlarida kuzatiladi. Lekin vaqt o’tishi bilan bu tafovut yo’qolib, 19 yoshlarga yetganda barcha odamlarning miya po’stlog’i bir xil qalinlikda bo’ladi. Miya faoliyatini tushunib yetishning mohiyati neyronlar o’rtasidagi ko’p sonli aloqaning mavjudligidir. Miya, yangi sifat – odam psixikasining paydo bo’lishiga xizmat qiluvchi neyronlar o’rtasidagi juda ko’p miqdordagi bir soniyali o’zaro ta’sirlar mavjud bo’lgan tizimdir. Miyaga qon juda ko’p miqdorda yetkazib beriladi. Miyadagi qon aylanishining buzilishi natijasida keksa odamlarda aqliy zaiflik rivojlanib, asab tizimining faoliyati sustlashadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling