Ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Biografiya (tarjimai hol)
Download 0.54 Mb.
|
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tar-jimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga ber-gan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o’ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o’rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu-tavsiflari orqali avloddan avlodga o’tadi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o’taydi. Yosh psixologiyasida bolalarning tarjimai holi asosidagi ilmiy tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina kabi sobiq Ittifoq psixologlarining kuzatishlari «Ona kundaligi» nomi bilan mashhurdir. Shunday tadqiqotlar uzoq chet el psixologiyasida ham keng tarqalgan. Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning esdaliklari tarjimai hol shaklida bo’lib, ular bilan tanishish natijasida mu-alliflarning his-tuygusi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi, intilishi, dunyoqarashi, e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling