Ma’ruza. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning fizik asoslari. O’zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanishning imkoniyatlari va istiqbollari


Download 69.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.10.2023
Hajmi69.72 Kb.
#1735638
  1   2
Bog'liq
12-13-ma’ruza. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning fizik asoslari. O’zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanishning imkoniyatlari va istiqbollari



12-13-ma’ruza. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning fizik 
asoslari. O’zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanishning imkoniyatlari 
va istiqbollari 
 
Qаdim zаmоnlаrdаn bоshlаb quyosh energiyasidаn o’z mаqsаdlаri uchun 
insоnlаr fоydаlаnib kеlishgаn. Bizning erаmizdаn оldin 212-yillаrdа bir jоygа 
jаmlаngаn quyosh nurlаri yordаmidа ibоdаtхоnаlаr оldidа qutlug’ оlоv hоsil 
qilgаnlаr. Аytishlаrichа buyuk grek оliy Arximеd o’zi tug’ilgаn Sirаkuzа shаhrini 
himоya qilishdа Rim flоti Kеyjа (pаruslаrini) yelkаlаrini хuddi shu usuldа yonib 
ketishigа sаbаb bo'lgan. Quyosh energiyasidan foydalanish yildan-yilga rivojlanib 
bormoqda. Yillar davomida qimmat sanalgan quyosh energiyasi endi arzonlashib, 
ommoviylashmoqda. Quyosh energiyasidan asosan ikki maqsadda issiqlik 
energiyasi va elektr energiyasi olishda foydalanish hozirgi kunda dolzarb 
masalalardan bo’lib hizmat qilmoqda. Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga 
aylantirib beruvchi qurilmalarga quyosh kollektorlari deyiladi. Quyosh kollektorlari 
issiqlik energiyasi olish va elektr energiyasi olish uchun qo’llaniladigan uskunadir. 
Kollektorlar asosan quyoshdan kelayotgan barcha turdagi nurlarni yutish uchun qora 
rangda tayyorlanadi. 
Quyosh kollektorlaring turlari:
1. Yassi 
2. Vakuumli 
3. Konsentratorli quyosh kollektorlari. 
Yassi kollektorlar asosan yorug’lik yutuvchi, shaffof va issiqlikka izolyatsiyalangan 
qatlamlardan iborat. Yutuvchi qatlam absorber deb yuritilib u issiqlik o’tkazuvchi 
qatlam bilan bog’langan. Shaffof element (oyna) ya’ni, kam miqdorda metall 
aralashmasi kiritilgan va qayta ishlangan shishadan yasaladi. Yassi kollektorlar 
suvni 190-200 

C ga qizdira oladi. Yassikollekorlardan issiq suv olishda 
foydalaniladi. Asosan yassi kollektorlarning yuza qismi barcha nurlar yutilishi 
uchun qoraytirilgan bo’ladi. 



Download 69.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling