Ma’ruza rejasi: Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari

Download 86.5 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi86.5 Kb.
#155179
Bog'liq
4-�����

Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o‘rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o‘qish va yozuv darslarining mavzulari hamda ish turlari.

Ma’ruza rejasi:

1.Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari.

2.Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda beriladigan bilimlar.

3.Alifbo davri, bu davrning maqsadi va vazifalari.

4.Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.

5.Savod o‘rgatish o‘qish darslarining turlari va tuzilishi.

6.Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirish usullari.

Savod o’rgatish jarayoni

Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi:

a) alifbogacha tayyorgarlik davri (1 hafta);

b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).

Alifbogacha tayyorgarlik davri

Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir. Bu bosqichda o’quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so’z, bo’g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so’zlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g‘inlarga bo’linishi, bo’g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o’rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttiriladi.

Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe” sahifalaridagi so’zlarning talaffuzi, o’qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi

Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe” sahifalaridagi so’zlarning talaffuzi, o’qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi

Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o’rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. Bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda tutiladi.

Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o’ziga xos xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz, ko’ramiz, o’qiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarning o’zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi.

Alifbo davri

O’quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g‘inga bo’lish, bo’g‘in chegarasini aniqlash, bo’g‘indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo’g‘in tuzish va o’qish, bo’g‘in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.

Bu davrda bo’g‘inlab o’qish asosi shakllantiriladiAlifbo davrini o’rganiladigan tovush-harfning va o’quv materialining murakkablik darajasiga ko’ra 3 bosqichga ajratish mumkin:

1) unli tovush-harflar, ovozdor, sirg‘aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, bi-lan tuzilishidagi so’zlar o’rganiladigan bosqich;

2) artikulyastiyasi qiyin bo’lgan r, k, v, f kabi undoshlar va yo‘l-bars, do‘st, rasm kabi tuzilishdagi so’zlar o’rganiladigan bosqich;

3) o’rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so’zlarni o’qishga o’rgatiladigan bosqich.

Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning so’z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til kabi)

Alifbo davrining oxirida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur:

  • hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to’g‘ri talaffuz qilishi;
  • so’zning bo’g‘in-tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so’zdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so’z va bo’g‘inga ajrata olishi;
  • kesma harf va bo’g‘inlardan so’z tuza olishi va o’qishi;
  • 2-3-4 bo’g‘inli so’zlarni yaxlit, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o’qishi;
  • gaplarni ohangiga rioya qilib o’qishi;
  • o’zi o’qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o’qishi;
  • o’qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi;
  • o’qigan matnga sarlavha topa olishi;
  • to’g‘ri, tez, ongli va ifodali o’qish malakalariga ega bo’lishi.

Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni to’g‘ri shakllantirish, harflarni to’g‘ri ulash, alifbeda o’qigan bo’g‘in, so’z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo’g‘in, so’z, gap diktantlarini yozish ko’nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko’ruv, ta’limiy diktant yoza olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o’rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2-3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so’z yoza olishlari talab qilinadi.

Savod o’rgatishning asosiy davrida o’quvchilarni o’qishga o’rgatish

O’qishga o’rgatish uchun, avvalo, o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g‘indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin:

1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog‘lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.

2. So’z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o’rganiladigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O’qituvchi oy rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini - so’zni aytadi. O’qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyalari haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so’zlar o’ylab toptiriladi. Shundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko’rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor qaratiladi.

3. O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko’rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish ustida ishlanadi.

  • 3. O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko’rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish ustida ishlanadi.

Har bir predmetda bo’lgani kabi o’qish darslarida ham ta’lim-tarbiya birligiga e’tibor beriladi. O’qish darslarida tarbiya o’qilgan matnning ongli o’zlashtirilishiga bog‘liq. Birinchidan, o’quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o’zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo’lish uchun o’qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o’qishni ta’minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o’rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatni qaratish lozim.

Yangi material o’rganiladigan o’qish darsida asosiy ish turlari quyidagilardir

1. O’rganiladigan yangi tovushli so’zni (shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kelgan so’zni) bo’g‘in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Bunda yangi tovush ajratiladigan so’zni o’quvchilar rasm asosida o’zlari tuzgan gaplar ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so’zning chizmasi-modeliga asoslanadilar. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, ularning artikulyastiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi.

2. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo’g‘inlar o’qitiladi.

3. So’zlarni avval xattaxtadan, keyin “Alifbe”dan o’qish. Harf bo’g‘inlaridan harf terish kartonida so’z, so’z birikmasi, gap tuzish va ularni o’qish, so’z ma’nosi ustida ishlash.

4. Matnni o’qish va tahlil qilish, uni qayta o’qish, rasmning matnga bog‘liqligini belgilash.

4. Matnni o’qish va tahlil qilish, uni qayta o’qish, rasmning matnga bog‘liqligini belgilash.

5. Nutq o’stirish: lug‘atni boyitish, so’z birikmasi, gap, bog‘lanishli hikoya tuzish.

6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo’yish, yangi o’rganilgan tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o’rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.

7. O’rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi, yangi harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek, qo’shimcha so’zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o’qish va tahlil qilishga, ko’rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o’stirishga, o’yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o’rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.

8. Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash: ochiq bo’g‘inda dastlab undosh, keyin esa unli o’qiladi, yopiq bo’g‘inda esa unli bilan tugagan ochiq bo’g‘inni o’qib, keyingi undosh o’qiladi va so’zni yaxlit o’qishga o’rgatiladi. Yangi so’z urg‘usi qo’yilgan holda beriladi, bu uni o’qishga, bo’g‘inlab o’qishdek sintetik o’qishga (so’zni butunligicha o’qishga) yordam beradi. Bunda yangi so’zni xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash bilan o’qiladi, kesma harf bo’g‘in bilan yoziladi.

9. Syujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qarab o’qituvchi yordamida, uning yo’llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va analiz qilish.

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling