Elektr tok. Tok zichligi
Magnit maydonini o‘zgarishi natijasida elektr maydoni va aksincha elektr maydonini o‘zgarishi natijasida magnit maydoni hosil bo‘lishi bu ikki maydonning o‘zaro bog‘liqligini bildiradi. Buni elektr energiyani uzatish liniyasini ish faoliyati misolida ko‘rish mumkin (1.1 - rasm).
L iniya simlari orqali energiya uzatishda bir-biridan izolyasiya qilingan simlar U kuchlanish ta'sirida bo‘ladi. Buning natijasida simlar orasida kuchlanganligi E bo‘lgan elektr maydoni hosil bo‘ladi. Liniya simlaridan I tok o‘tishi natijasida ularning ichida va atrofida kuchlanganligi H bo‘lgan magnit maydoni yuzaga keladi (1.1-rasmda elektr maydoni uzuq chiziqlar, magnit maydoni esa uzluksiz chiziqlar bilan ko‘rsatilgan).
1.1-rasmdagi maydonlar kartinasidan ko‘rinib turibdiki, elektr maydoni kuch chiziqlari berk emas - ular musbat zaryadlangan simdan boshlanib manfiy zaryadlangan simda tugaydi, magnit maydoni kuch chiziqlari esa berk - ularning boshi ham, oxiri ham yo‘q.
Elektr maydonining eng oddiy ko‘rinishi qo‘zg‘almas elektr zaryadlarning maydoni hisoblanadi va u elektrostatik maydon deb ataladi. Bu maydonning har bir nuqtasi kuchlanganlik vektori bilan tavsiflanadi.
Elektr maydonining kuchlanganligi unga kiritilgan nuqtali zaryadga maydon tomonidan ta'sir etayotgan kuchning shu zaryadga nisbatiga teng. Kuchlanganlik vektorining yo‘nalishi nuqtali zaryadga ta'sir etayotgan kuch vektorining yo‘nalishi bilan mos tushadi, binobarin:
Nuqtali zaryad deb, shunday jism zaryadiga aytiladiki, uning o‘lchami juda kichik bo‘lib zaryadi tadqiq etilayotgan maydon ko‘rinishiga ta'sir etmaydi.
Agar q0=1 bo‘lsa, u holda bo‘lib, elektr maydonining kuchlanganligi son jihatdan birlik zaryadga maydon tomonidan ta'sir etadigan kuchga teng bo‘ladi.
Kuchlanganligi barcha nuqtalarda bir xil bo‘lgan maydon bir jinsli maydon deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |