Ma’ruza rejasi Sport mashg‘ulotining qonuniyatlari va jismoniy tarbiya umumiy tamoyillarining sport musobaqasidagi xususiyatlari


Mashg‘ulot talablarining asta-sekin va maksimal ortib borishi


Download 153.67 Kb.
bet3/8
Sana09.04.2023
Hajmi153.67 Kb.
#1344862
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- mavzu (1)

Mashg‘ulot talablarining asta-sekin va maksimal ortib borishi
Inson taraqqiyotini boshqarish jarayonida funksional yuklamalarni doimiy suratda yuksaltirib borish zaruriyati tug‘ilishi yuqorida ko‘rsatib o‘tildi. Bu sport mashg‘uloti uchun nihoyatda to‘g‘ridir, chunki sport yutuqlarining darajasi (boshqa sharoitlar teng bo‘lganda) mashg‘ulot talablari darajasiga mutano-sibdir. Sport mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy yuklamalar ham, texnik, taktik va iroda tayyorgarligi sohasidagi talablar ham ortib boradi. Sportchining tobora mukammalroq va murakkabroq malaka va ko‘nikmalarni egallab borishga, jismoniy va ma’naviy kuch-quvvatini tobora ko‘proq namoyon qilishga safarbar etadigan vazifalarni izchillik bilan bajarishi ana shundan dalolat beradi.
Sport mashg‘ulotlarida, jismoniy tarbiyaning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, yuklamalar asta-sekingina emas, balki maksimal suratda ham o‘sib boradi. «Maksimum» so‘zini bu erda sport bilan ko‘p yillar davomida shug‘ullanilganda yuklamaning perspektiv ko‘paya borishi ma’nosida ham, sport taraqqiyotining har bir yangi bosqichida eng ko‘p yuklamalardan sistemali ravishda foydalanib borish ma’nosida ham tushunmoq kerak.
Sport mashg‘u-lotlarining mazkur xususiyati uning ilmiy prinsipi sifatida birinchi marta A.N.Krestovnikov tomonidan ta’riflangan. Mashg‘u-lot yuklamalarining ta’siri ostida organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning miqdori ish qobiliyati «o‘ta tiklanishi»ga bog‘liq ekanining topilishi bu prinsipni tasdiqlagan eng muhim faqat bo‘ldi (G.F.Folbort, M.YA.Gorkin, D.Matveevlar hamkorliklari bilan, N.N.YAkovlev, L.I.YAmpolskaya va boshqalar).
«Maksimal yuklama» deganda ko‘pincha «haddan tashqari ko‘p», batamom charchatib tashlaydigan yuklama tushuniladi. Uni organizmning funksional qobiliyatlari chegarasidagi, hech qachon uning moslashuv imkoniyatlaridan tashqari chiqmaydigan yuklama deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Agar sportchi mashq qila turib o‘zining moslashuv imkoniyatlari me’yoridan chiqib, «haddan tashqari charchab qolsa» va buning natijasida o‘ta mashq bilan chiniqqanlik holatiga tushib qolsa, unda mazkur yuklama maksimal emas, balki haddan tashqari yuklama bo‘ladi.
Sport mashg‘ulotining ko‘zdan kechirib chiqilgan qonuniyatlari bemalollik va individuallashtirish prinsiplariga alohida ahamiyat berish kerakligini taqozo etadi. Organizm funksional imkoniyatlariga nihoyat darajada yuksak talablar qo‘yilishi munosabati bilan yosh taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, shuningdek, salomatligi bir muncha zaif bo‘lgan shaxslar uchun yohud etarli darajada tayyorgarlik ko‘rmagan kishilar uchun sport mashg‘u-loti jismoniy tarbiyaning yaroqli formasi hisoblanmaydi. Binobarin, bemalollik muammosi sportga tadbiq etilganda, jismoniy tarbiyaning boshqa vositalaridan foydalanilgandagiga qaraganda ko‘proq qat’iy cheklashlar shart ekanini hisobga olgan holda hal qilinishi zarur. SHuningdek, sport mashg‘ulotlariga kirishishdan avval dastlabki umumiy jismoniy tayyorgarlik va chuqur vrach-pedagog nazoratidan o‘tish asosiy shart ekanligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi.
Tibbiy-pedagog nazoratining ahamiyati sport yutuqlarining o‘sishi bilan birga yuksala boradi. Sportchi o‘z imkoniyatlarining absolyut maksimumiga qanchalik yaqinlashsa, mashg‘ulot effektiga chuqur baho berishning va shu asosda bundan keyingi taraqqiyot vosita va metodlarini tanlashda qat’iy individuallashtirishning roli shunchalik katta bo‘lad.

Download 153.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling