Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja


Download 1.58 Mb.
bet44/95
Sana31.01.2024
Hajmi1.58 Mb.
#1818696
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Bog'liq
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Topshiriq. Topshiriq o„qituvchiga masalalar qo„yishga ruxsat beradi,
bundan esa talabadan javoblarni elektron ko„rinishda tayyorlash (ixtiyoriy
formatda) va serverga yuklash talab etiladi.
Talaba bajargan topshirig„ini asinxron rejimda (qachon hoxlasa) bir yoki bir
nechta fayllar ko„rinishida yoki shu jumladan, yopishtirilgan fayllar bilan online
rejimida jo„natishi yoki tizimdan tashqarida topshirishi mumkin. Agar topshiriqqa
javoblar jo„natilsa, u holda o„qituvchi elektron pochta orqali bajarilgan topshiriqli
faylni kelganligi haqida xabardor qilinishi kerak. Topshiriqlarning bir necha tiplari
mavjud bo„lib, ular quyida keltirib o„tilgan:
1. Bir nechta fayllar ko„rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi har bir
qatnashchidan ixtiyoriy tipli bir yoki bir nechta fayllarni yuklashga ruxsat beradi.
Ular MS Word hujjatlari, tasvirlar yoki boshqa fayllar bo„lishi mumkin. Talaba
topshiriqqa javob berishda o„rnatilgan fayllarning maksimal sonini yuklashi
mumkin, ammo majbur emas.
2. Matn ko„rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi talabaga matnli javobni
yuborish imkoniyatini beradi va ish daftarini ishlatishga o„xshaydi.
Talaba javob matnini tahrirlashning oddiy vositalarini, shu jumladan HTMLmuharrirni
ishlatib, tahrirlashi mumkin (forum yoki xabarni yuborish kabi).
3. Fayl ko„rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi talabaga javob sifatida
bitta ixtiyoriy faylni yuborish imkoniyatini beradi. Masalan, surat, Word hujjati,
arxiv yoki ixtiyoriy boshqa faylni.
Saytdan tashqaridagi javob. Bu rejim topshiriq Moodle dan tashqaridagi
berilganda foydali hisoblanadi. Masalan, pochta orqali yoki o„qituvchi bilan
shaxsan ko„rishganda.
Talabalar topshiriqni o„qishi mumkin, ammo unga javobni matn ko„rinishida
ham, fayl ko„rinishida ham yuborisholmaydi. O„qituvchi esa boshqa tipli
topshiriqlardagidek kabi, o„zining xulosasini yozishi va baholashi mumkin.
Ish daftari. Ish daftari talabaning konspekti, yozma nazorat ishining yoki
referatning analogi sifatida ko„rib chiqilishi mumkin.
O„qituvchi talabalarga aniq mavzu haqida fikr bildirishni yoki aniq
savollarga javob berishni taklif etadi.
Talaba o„zining javobini beradi va aniq vaqt davomida uni o„zgartirishi va
to„ldirishi mumkin.
So„rov. So„rov – bu oddiy instrument, u talabalarga savolning javobi sifatida
bir nechta variantlardan iborat javoblardan birini tanlashiga ruxsat beradi. Talaba
sichqonchani bosish orqali javobni tanlaydi.
So„rov maqsadi – ovoz berish yo„li bilan talabalardan aniq savolga javob
olish hisoblanadi, masalan, kurs haqida fikri.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling