Ma’ruza transport tarmoqlari. Transport tarmoqlarida qo’llaniladigan asosiy texnologiyalar: pdh, sdh, sonet va dwdm


PDH da sinxronizatsiya va boshqarish muammolari


Download 0.62 Mb.
bet4/24
Sana01.08.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1664401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Ma’ruza transport tarmoqlari. Transport tarmoqlarida qo’llanilad-fayllar.org

PDH da sinxronizatsiya va boshqarish muammolari

Kanallarni vaqtli ajratish va IKMli multipleksorlashga asoslangan, analogdan raqamliga oʼtish bilan bogʼliq boʼlgan telekommunikatsiyaning yangi texnologiyalari oxirgi yillarda zudlik bilan rivojlana bormoqda. Raqamli usullarni qoʼllaganda multipleksor kirishdagi ketma-ketliklarni "taym-slot" (slot-vaqtli oraliq, sikl) shakllangan bir xil nomlanuvchi "n" bloklar boʼyicha (bit, bayt, bir necha baytlar) takrorlanuvchi guruxlardan tashkil topgan bitta chiqishda shakllantiradi, yaʼni multipleksorlarning asosiy vazifasi (multipleksorlash aloqachilar tilida zichlashtirish degan maʼnoni anglatadi) kirishdagi hajmi boʼyicha kichik boʼlgan bir necha aloqa kanallarini, chiqishdagi bitta aloqa kanaliga uzatish uchun katta xajmli bitta kanalga birlashtirishdan iborat. Аgar kirishdagi signal sifatida uzatish tezligi 64 kbit/sga teng boʼlgan DSO asosiy raqamli kanallar (АRK)dan foydalanilsa, unda bitta multipleksor yordamida amalda nx64 kbit/sli tezlikga ega boʼlgan oqimlarni shakllantirish mumkin. Shunday bir nechta multipleksorlarni qoʼllash orqali talab qilingan sathgacha, talab qilingan kanallar sonini beruvchi raqamli ierarxiyani tashkil qilish mumkin. Bunday uchta ierarxiya 80-yilarda ishlab chiqilgan yedi. АQSh va Kanadada qabul qilingan bitta ierarxiyada, asosiy raqamli kanal signalining uzatish tezligi sifatida 1544 kbit/s (n=24ta, tezligi 64 kbit/s)li telefon kanallari qoʼllaniladi. Yaponiyada qabul qilingan ierarxiyada asosiy raqamli kanalning tezligi uchun xuddi shu tezlikdan foydalaniladi. Yevropa va Janubiy Аmerikada qabul qilingan uchinchi ierarxiyada, asosiy raqamli kanal signalining uzatish tezligi 2048 kbit/s deb qabul qilingan (TCh kanallar soni n=32 teng, umuman olganda n=30), yaʼni bunda axborotli kanallar sifatida tezligi 64 kbit/s boʼlgan 30 ta TCh kanal va 64 kbit/sli 2 ta signalizatsiya kanali, boshqarish uchun qoʼllaniladi. Uchta ierarxiyani bir vaqtda parallel rivojlanishi dunyoda global telekommunikatsiyani rivojlanishini amalga oshira olmadi. Bundan tashqari, raqamli oqimlarning tezligini tenglashtirish uchun qoʼshimcha bitlardan foydalanishga toʼgʼri keldi. Yana bir murakkab tomoni shundan iboratki, tarmoqda oqimlarni nazorat qilish va boshqarish maqsadida hizmat kanallarini tashkil qilish imkoniyatining sustligi va tarmoqda berilganlarni uzatish uchun juda muhim boʼlgan pastki multipleksorlangan oqimlarni marshrutizator vositalarini toʼliq yoʼqligi. Chunki standartda sarlovxa uchun lozim boʼlgan meʼyordagi marshrutlashtirish qarab chiqilmagan. Bunday maxsus marshrutizator vositalarining yoʼqligi natijasida, PDHning freym va multifreymlarini shakllanish jarayonida xatoliklarni yuzaga kelishi oshadi va axborotlarni yoʼqolishiga olib keladi. Natijada uzatish tizimlari orasidagi sinxronizatsiya buzilishi mumkin va axborotlarni uzatish imkoniyati boʼlmaydi. PDH tizimlari oʼzlarining qator kamchiliklari bilan hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan tarmoqlar yaratishga imkon bermaydi. Shu sababli sinxron raqamli ierarxiyaga oʼtish ushbu muammolarni yechishda katta ahamiyat kasb yetadi. Bunday xolatda oqimlarni birlashtirish uchun tezliklarni sozlash amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda sinxron raqamli ierarxiyaga tegishli yuqori koʼrsatkichiga ega boʼlgan tizimlar keng tarqalmoqda. Bu pleziaxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari bilan bogʼliq. Chunki tarmoq rivojlana borgan sari tarmoqni nazorat qilish va boshqarish muammolari yuzaga keldi va ushbu raqamli uzatish tizimlarini takomillashtirish ehtiyoji tugʼildi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling