Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja
Download 1.75 Mb.
|
Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t (1)
n1-соҳа
n2-соҳа n2-соҳа p1-соҳа 9-rasm. r1-n2 (a) va n1-n2 (b) geteroo‘tishlarning energetik diaramalari. Masalan, n1 – n2 tuzilma zonalar energetik diagrammasidan, n1 – yarimo‘tkazgich n2 – ga qaraganda tor taqiqlangan zonali bo‘lganida (9-rasm), to‘g‘ri ulanish amalga oshirilsa, injeksiyalanuvchi zaryad tashuvchilar n1 va n2 sohalarning asosiy zaryad tashuvchilari bilan bir xil ishoraga ega bo‘ladi. Shunday qilib, geteroo‘tishlarda bir tomonlama injeksiya bo‘lganligi (noasosiy zaryad tashuvchilar injeksiyasi bo‘lmagani) sababli, elektron asboblar tezkorligini oshirish imkoni yaratiladi. Nazorat savollari 1. Yarimo‘tkazgichlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering. 2. Yarimo‘tkazgich energetik zonalar diagrammasini tushuntiring. 3. Erkin zaryad tashuvchi (EZT) deb nimaga aytiladi ? 4. O‘tkazuvchanlik elektroni va kovakka ta’rif bering. Ular qanday hosil bo‘ladi? 5. Xususiy o‘tkazuvchanlik deganda nima tushuniladi ? Xususiy yarimo‘tkazgichda EZTlar konsentratsiyasi. 6. Yarimo‘tkazgich xususiyatlariga qanday kiritmalar ta’sir etadi? 7. Akseptor va donor kiritmalarni tushuntiring. 8. Elektron va kovakli o‘tkazuvchanlikka ega yarimo‘tkazgichlarga ta’rif bering. 9. Qanday zaryad tashuvchilar asosiy va noasosiy zaryad tashuvchilar deb ataladi? Ularning muvozanat konsentratsiyalari o‘zaro qanday bog‘langan ? 10. Yarimo‘tkazgichlarda EZTlar konsentratsiyasi temperatura o‘zgarishi bilan nima uchun va qanday o‘zgaradi ? 11. Elektr neytrallik shartini yozing. 12. Zaryad tashuvchilar dreyf toki uchun shartni yozing. 13. Xususiy va kiritmali yarimo‘tkazgichlar temperaturaga qanday bog‘langan? 14. p-n o‘tish deb nimaga aytiladi va u qanday aniqlanadi ? 15. p-n o‘tish to‘g‘ri va teskari siljitilganda uning ichida qanday hodisalar ro‘y beradi ? 16. Injeksiya va ekstraksiya hodisalarini tushuntiring. 17.O‘tishdagi kuchlanish o‘zgarganda injeksiya va ekstraksiya tok-lari qanday o‘zgaradi ? 18. Nima sababdan p-n o‘tish barer sig‘imi deb ataluvchi sig‘imga ega ? 19. Teskari kuchlanish ortganda p-n o‘tishning barer sig‘imi qanday o‘zgaradi? 20. p-n o‘tishning diffuziya sig‘imi nima hisobiga hosil bo‘ladi ? 21. Real p-n o‘tish tuzilmasi ideallashtirilgan p-n o‘tishdan nimasi bilan farq qiladi ? 22. p-n o‘tish toki temperaturaga qanday bog‘liq? 23. p-n o‘tishning qanday teshilish turlari mavjud va ular bir - biridan qanday farqlanadi ? 24. Metall bilan n – turdagi yarimo‘tkazgich to‘g‘rilovchi kontakt hosil qilganda zonalar energetik diagrammasini chizing. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling