Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja
Download 68 Kb. Pdf ko'rish
|
ST 9-m Документ Microsoft Word
2. Nafas olish tizimi. Nafas olish yo‘llari zaharlanishini qo‘zg‘atuvchi moddalar
gazlari va bug‘lari, shuningdek turli changlar keltirib chiqaradi. Patalogik jarayonning qanchalik kengayib ketmasligi gazlar va bug‘larning suvda eruvchanligi koeffitsienti va chang zarrachalarining dispersligiga bog‘liq. Suvda yaxshi eriydigan zaharlar va yirik chang zarrachalari ko‘proq yuqori nafas yo‘llarini zararlantiradi. Eruvchanligi past zaharlar va mayda changlar nafas tizimining chuqurroq joylashgan bo‘limlarigacha kirib boradi hamda bronxiolalar va atsinuslarni zararlaydi. Xlor, ammiak, oltingugurt angidrid bilan o‘tkir zaharlanganda rinit, laringotraxeit, bronxit kabi klinik belgilar kuzatiladi. Dimetilsulfat, berilliy ftor oksidi, kadmiy, vanadiy, marganes, fosgen, azot oksidlari bronxit va toksik o‘pka shishini keltirib chiqaradi. Toksik o‘pka shishi – o‘tkir zaharlanishning eng og‘ir va xavfli ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni qo‘zg‘atuvchi gazlar va bug‘lar keltirib chiqaradi va zudlik bilan shifokor aralashuvini talab qiladi. Asosiy alomatlari – nafas qisishi, shilliq qavatlar sianozi (to‘qimalarning to‘q-ko‘k rangga kirishi), ba’zan quruq yo‘tal, o‘pkaning pastki bo‘limlarida nam xirillash, taxikardiya (tezlashish). Toksik bronxit va pnevmoniyalarda kasallik birdaniga boshlanadi, klinik belgilar tez rivojlanadi, yuqori nafas yo‘llarining qo‘zg‘alishi kuchli ifodalanadi, zaharlanishning umumiy ko‘rinishlari ham yaqqol ko‘zga tashlanadi (nafas siqilishi), ba’zida balg‘am bilan qon ko‘chishi). Qo‘zg‘atuvchi moddalarning uzoq davom etadigan ta’siri surunkali katarga (o‘tkir respirator kasallik) olib keladi, burun to‘sig‘ida yara paydo bo‘lishi va teshilishi ham mumkin. Qo‘zg‘atuvchi moddalar va agressiv chang zarralarining o‘pka to‘qimasiga uzoq ta’siri toksik yoki changli pnevmosklerozga (skleroz – to‘qimalarning zichlashishi) olib keladi, u emfizema bilan birga kechadi (ammiak, azot oksidlari, kremniyli, temirli, aluminiyli, bariyli va h.k.li chang). Emfizema – o‘pkada qon aylanishining pasayishi. Qo‘zg‘atuvchi moddalar shilliq pardaning kiprikchali epiteliysini buzadi, bu esa sekret to‘planishiga va keyinchalik unga infeksiya yopishib qolishiga olib keladi. Changli pnevmosklerozdan eng keng tarqalgani – silikoz bo‘lib, u ko‘pincha nogironlikka ham olib keladi. Bu kasallik tarkibida erkin kremniy ikki oksidi bo‘lgan changni yuritish oqibatida kelib chiqadi. Silikatozlarning boshqa turlari asbestoz, talkoz va boshqalar. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling