Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja
Download 68 Kb. Pdf ko'rish
|
ST 9-m Документ Microsoft Word
3.Yurak-tomir tizimi. Sanoat zaharlari bilan zaharlan-ganda yurak-tomir tizimining
(YuTT) zararlanishi vegetativ-tomir disfunksiya, miokard distrofiyasi, o‘choqli organik zararlanishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu buzilishlar ko‘pgina intoksikatsiyalarda, ayniqsa neyrotrop zaharlar bilan zaharlanganda rivojlanadi. Zaharlanishning ba’zi bir shakllari uchun gipertenziv reaksiya (qo‘rg‘oshin) xos bo‘lsa, boshqalariga gipotonik holat xos (tetraetilqo‘rg‘oshin, granozan). Ayrim etilenli uglevodorodlar periferik tomirlarning siqilishini keltirib chiqaradi (“o‘lik barmoq” alomati), azotli kislota efirlari uchun esa tomirlarning tez kengayishi xos, bu keskin gipotoniyaga olib keladi. Fosfor, margimush, dinitrobenzol birikmalari, fosfor kislotasi efirlari bilan zaharlanganda ko‘pincha miokard distrofiyasi paydo bo‘ladi. Miokard distrofiyasi gipoksiyani keltirib chiqaradigan zaharlar bilan zaharlanganda va elektrolit balans buzilganda ham yuzaga keladi (benzolning amidli va nitrobirikmalari, uglerod oksidi, margimushli vodorod, fenilgidrazin). Bariyning suvda eruvchan tuzlari miokardga digitalisdek ta’sir qiladi (madorsizlik, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, noto‘g‘ri puls). Uglerod oksidi bilan zaharlanganda EKGda infarktga xos o‘zgarishlar kuzatilishi hollari ma’lum. Benzol, simobning organik birikmalari, qo‘rg‘oshin qon tomir-larining yog‘li distrofiyasini keltirib chiqaradi. Margimush kuchli kapilyartoksik ta’sirga ega, u kapillyarlar paralichiga va ular o‘tkazuvchanligining oshishiga sabab bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin, oltingugurt uglerodi, uglerod ftoridlari va oksidi aterosklerozni kuchaytiradi. Pentaxlornitrobenzol tomirlarning mushakli qobig‘ini qalinlashtiradi. Kobalt birikmalari miokard tomirlariga tanlab ta’sir qiladi ularning degeneratsiyasini keltirib chiqaradi. 4. Odam qon tizimi. Sanoat zaharlaridan intoksikatsiyalarning ko‘pgina o‘tkir shakllari qon tarkibida nospesifik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bular: limfopeniya, eozinopeniya, granulotsitoz. Gemopoezga va qon tanachalariga spesifik ta’sir ko‘rsatadigan zaharlar ham bor. Qon tizimining toksik zararlanishida ko‘p kuzatiladigan holatlar gemopoezning buzilishi bo‘lib, bu leykopeniya, trombotsitopeniya va anemiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi (benzol va uning gomologlari bilan uzoq vaqt zaharlanish). Oldin leykopeniya va trombotsitopeniya rivojlanishi jadallashadi, keyin anemiya boshlanadi. Zaharlanishning yanada yaqqolroq ko‘rinishi barqaror anemiya va qizil suyak iligining yog‘ga aylanishi bilan belginaladi. Toksik anemiyalar ichida qo‘rg‘oshinli anemiya alohida o‘rin egallaydi, uning negizida gemoglobin sintezining buzilishi yotadi, eritrotsitlarda gemoglobin miqdori kamayadi. Bunday holat benzol, margimushli vodorod, oltingugurt uglerodi bilan zaharlanganda ham kuzatiladi. Karboksigemoglobin hosil qiluvchilar (is gazi) va metgemoglobin hosil qiluvchilar (benzolning amido- va nitro-birikmalari, natriy-nitrit) gemoglobinni blokirovkalash xususiyatiga ega. Zaharlanishning og‘irligi qonda hosil bo‘lgan met- va karboksigemoglobin miqdoriga bog‘liq. Masalan, qon tarkibidagi karboksigemoglobin miqdori 10 foizga yetganda ishchanlik qobiliyati birmuncha pasayadi, 30 foizga yetganda – asablar taranglashadi, anglash xiralashadi, bosh og‘rig‘i boshlanadi, 60-70 foizga yetganda bemor xushdan ketadi. Aksariyat sanoat zaharlari organizmning immun barqarorligini pasaytiradi, bu qondagi o‘zgarishlarda, masalan, leykotsitlar fagotsitar faolligining pasayishida, antitelolar titrida va boshqa immunologik ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarda kuzatiladi. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling