Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja


Download 68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana03.12.2023
Hajmi68 Kb.
#1806295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ST 9-m Документ Microsoft Word

5. Endokrin tizim. Sanoat zaharlarining odam organizmiga ta’siri jinsiy bezlar 
funksiyalarining buzilishiga olib keladi. Ba’zi bir zaharlar oshqozon osti bezining orolcha 
apparatini (xlofenokssirka kislotasi), buyrak usti bezlarining po‘stloq moddasini (ayrim 
galogen hosilali uglevodorodlar, tetrabutil va xlorfenokssirka kislotalari), qalqonsimon bez 
to‘qimalarini (sianidlar, rodanidlar, ko‘mir va tioko‘mir kislotalari aminlari) zararlaydi. 
Tiuram, amitrol va dinil bilan zaharlanishda qalqonsimon bezning ishlashi xaddan tashqari 
tezlashib ketadi. 
6. Ovqat hazm qilish tizimi. Sanoat zaharlari og‘iz bo‘shlig‘idan yutilganda shilliq 
qavatga bevosita ta’sir qilib ovqat hazm qilish trakti funksiyalarining buzilishiga olib kelishi 
mumkin. 
Ayrim metallar og‘ish bo‘lshig‘ining shilliq qavatida, ayniqsa milklarda yig‘ilib 
qoladi va uni havo-kulrangga bo‘yaydi (kumush, vismut, qo‘rg‘oshin, simob, surma). Bunda 
ko‘pincha og‘izda metall mazasi paydo bo‘ladi, biroz shishib ketadi, milklar qizarib tez-tez 
qonaydigan bo‘lib qoladi, stomatit, ba’zida benzol bilan zaharlanganda og‘iz shilliq 
qavatining yara-nekrotik zararlanishi kuzatiladi. 
Ayrim noorganik kislotalar angidridlari va organik kislotalar bug‘laridan nafas 
olinganda tishlar zararlanadi va karies kuzatiladi. Ftor va fosfor birikmalari tishlar uchun 
jiddiy xavf tug‘diradi. Professional karies uchun oldingi tishlar bo‘yinchalarida chang yig‘ilib 
qolishi xos. Avval oldingi tishlar, keyin pastki tishlar zararlanadi. 
Trinitrotoluol, selen, organik erituvchilar, azot oksidlari, rux, xrom bilan 
zaharlanganda gastrit, sekresiyaning buzilishi, dispeptik holatlar (ovqat hazm bo‘lmasligi) 
kuzatiladi. Og‘ir metallar, oltingugurt uglerodi, bromidlar, yodidlar oshqozon va ipak shilliq 
qavatlariga yaqqol mahalliy qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Simob, margimush, surma, 
kadmiy bilan zaharlanganda ko‘proq ich ketishi kuzatilsa, qo‘rg‘oshin, ftoridlar, rux, selen 
bilan zaharlanganda ich qotishi kuzatiladi.
Sanoat zaharlarining katta qismi jigarga tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega, bu esa 
spesifik gepatotrop ta’sir haqida so‘zlash imkonini beradi. Gepatotrop zaharlar qatoriga 
xlorlangan va bromlangan uglevodorodlar, xlorlangan naftalinlar, benzolning nitrohosilalari, 
azot kislotasi efir-lari, stirol va uning hosilalari, fosfor va selen birikma-lari, surma, 
margimush, gidrazin va uning hosilalari kiradi. 
Jigarning o‘tkir va og‘ir zararlanishi parenximaning turli darajada distrofik 
o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Jigarning o‘tkir zararlanishining eng dastlabki va eng ko‘p 
uchraydigan ko‘rinishi - o‘ng biqinda og‘riq turishi bilan birga dispeptik hamda asteno-
vegetativ sindrom. Jigar og‘ir zahar-langanda keskin ifodalangan sariq kasal namoyon 
bo‘ladi, Botkin kasalligida ham funksional namunalar ma’lumotlari shunday bo‘ladi. 

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling