Ma’ruza№3 3-Mavzu: Bilim. Bilimlar ombori va ekspert tizimlari. Mavzu rejasi


Ekspert tizimlarining predmet sohalari va strukturasi


Download 448.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana02.01.2022
Hajmi448.08 Kb.
#201950
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3-maruza

Ekspert tizimlarining predmet sohalari va strukturasi 

    Hozirgi  davrda  ekspert  tizimlarining  yaratish  iqtisodchilar,  moliyachilar,  muhandislar, 

haqimlar,  psixologlar,  dasturchilar,  tilshunoslar  kabilarning  keng  qatlamlarida  katta  qiziqish 

uyg‘otmoqda. 

    Afsuski,  ushbu  qiziqish  bush  moddiy  ta’minotga  ega  o‘quv  qo‘llanmalari  va  maxsus  adabiet 

yetishmasligi,  sun’iy  intellekt  ishchi  stanstiyalari  va  simvoli  prostessorlar  yo‘qligi,  ushbu 

sohadagi  izlanishlarni  kam  moliya  bilan  ta’minlanganligi,  ekspert  tizimlar  tuzish  uchun  dastur 

ta’minotini kamligi katta ta’sir qilmoqda. 

   Shuning  uchun  muloqot  tizimlari  va  amaliy  dastur  paketlariga  o‘xshash  va  soxta  ekspert 

tizimlari  tarqalmoqda,  ular  foydalanuvchilar  ko‘z  o‘ngida  kelajagi  porloq  yo‘nalishning  rolini 

kamaytirmoqda.  Ekspert  tizimlari  tuzish  uchun  yuqori  darajadagi  professional  mutaxassislar 

zarur, ular sun’iy intellekt  sohasida ham  mutaxassis bo‘lishi kerak, bundaylarni esa oliy ta’lim 

muassasalari kam etkazmoqda. Zamonaviy ekspert tizimlari tajribani ko‘paytirish va iqtisodning 



barcha  sohalaridagi  mutaxassislar  ishlarini  amallashtirishda  keng  qo‘llaniladi.  An’anaga  ko‘ra 

bilimlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: jamoa va shaxsiy tajriba bilimlari. 

     Agar  aksariyat  bilimlar  jamoa  tajribasi  asosida  yetgan  bo‘lsa,  (masalan,  oliy  matematika), 

bunday predmet sohasi ekspert tizimi tuzishga muhtoj emas. 

     Agar  predmet  sohasida  bilimlarning  aksariyat  qismi  yuqori  darajadagi  mutaxassislar 

tajribasidan  iborat  bo‘lsa,  va  bilimlar  kam  strukturlashtirilgan  bo‘lsa,  bunday  sohalar  ekspert 

tizimlariga muhtoj bo‘ladi. 

     Ekspert tizimining umumiy strukturasi. 

     Ekspert  tizimlari    bu  murakkab  dastur  komplekslari,  ular  aniq  predmet  sohasidagi  yuqori 

darajadagi mutaxassislar bilimini yiguvchi va kichiqroq darajadagi mutaxassislar konsultatsiyasi 

maslahati uchun ishlatiladigan tizimlardir. 

   Bilimlar mutaxassisi  ekspert va bilimlar bazasi o‘rtasida bufer rolini o‘tovchi sun’iy intellekt 

bo‘yicha  mutaxassis.  Unga  sinonimlar:  kognitolog,  analitik.  Foydalanuvchi  interfeysi  

ma’lumotni kiritish va yechimlarni olishda foydalanuvchi va ekspert o‘rtasida muloqotni amalga 

oshiruvchi kompleks dastur. 

     


 

    Ekspert tizimining umumlashgan sxemasi. 

Haqiqiy  ekspert  tizimlar  murakkabroq  strukturaga  ega  bo‘lishi  mumkin,  lekin  yuqorida 

keltirilgan bloklar har bir haqiqiy ekspert tizimida bo‘ladi. 

    Ayrim asosiy terminlarni keltiramiz: 

    Foydalanuvchi – tizim mo‘ljallangan, ya’ni uni ishlatuvchi predmet sohasi mutaxassisi. 

        Bilimlar bazasi – ekspert tizim yadrosi, ekspert va foydalanuvchiga tushunarli hamda EHM 

tashuvchisida ezilgan predmet sohasi bilimlari to‘plami. 

   Yechuvchi  bilimlar bazasida bor bilimlar asosida ekspert  fikrlarini modellashtiruvchi dastur. 

   Tushuntirishlar kod tizimi    foydalanuvchiga "Nima uchun tizim  shu  qarorni  qabul  qildi", "U 

yoki bu taklif qanday olindi" kabi savollarga javob beruvchi dastur. 

    Bilimlar  bazasi  intellektual  redaktori.  Bilimlar  mutaxassisiga  bilimlar  bazasini  muloqot 

rejimida  yaratuvchi  dastur.  U  o‘ziga  ichma-ich  joylashgan  menyu,  yordam  (Help)  va  boshqa 

baza bilan ishlashni osonlashtiruvchi servis vositalarini mujassamlashtirgan. 

    Ekspert tizimini tuzuvchilar kollektiviga kamida 4 kishi kiradi: 

      ekspert

      bilimlar mutaxassisi; 

      dasturchi

      foydalanuvchi. 

    Jamoani bilimlar mutaxassisi boshqaradi, u tizimni tuzishda asosiy figura bo‘lib hisoblanadi. 

 Ekspert tizimlari klassifikastiyasi. 

Ekspert  tizimlari  sinfi  hozirgi  davrda  har  xil  kriteriyalar  bo‘yicha  klassifikastiya  qilsa 

bo‘ladigan minglab dastur komplekslariga ega. (4 – rasm) 

     Yechiladigan vazifasi bo‘yicha klassifikastiya. 

     Ma’lumotlarni  aniqlash  (interpretastiya)  bu  ekspert  tizimlarida  an’anaviy  masalalardan 

biridir.  Interpretastiya  deganda  natijalari  korrekt  bo‘lgan  ma’lumotlar  ma’nosini  aniqlash 

tushuniladi. 

Odatda ma’lumotlarning bir necha varianti ko‘riladi. 

 Ekspert tizimlarga misollar keltiramiz: 

 okean kemalarining har xil tiplarini aniqlashtiruvchi SIAP; 

 psixodiagnostika  testlariga  asoslanib  va  ular  natijasi  asosida  shaxsning  asosiy  xususiyatlarini 

aniqlash ABTAHTECT va hk. 

Yechuvchi 

Bilimlar bazasi 

 

Quyi tizimdagi 



tushuntirishlar 

Interfeys 

foydalanuvchi 

Bilimlar 

bazasidagi 

intellektual 

redaktor 

 

 




Diagnostika. 

   Diagnostika deganda biror tizimda buzilish holatini topish  tushiniladi. Buzilish bu normadan 

chetga chiqishdir. Nazariy jihatdan olganda ushbu traktovka orqali texnik tizimlardagi buzilishni, 

tirik organizmdagi kasallanishni, tabiiy o‘zgarishlarni   aniqlash mumkin. Bu erda muhim nuqta 

bo‘lib diagnostika qilinadigan tizimni funkstional strukturasini tushunish zarurligi hisoblanadi. 

     Misollar: 

      qon tomirlari diagnostikasi va terapeyasi

      EHM apparaturasi va matematik ta’minotidagi xatoliklar diagnostikasi. 

Monitoring. 

   Monitoringni asosiy vazifasi  vaqtning real masshtabida ma’lumotlarni uzluksiz qayta ishlash 

va  milliy  chegaralaridan  chiqish  haqida  ma’lumot  berib  turish.  Bunda  bosh  muammo  ayrim 

situastiyalarni o‘tkazib yuborish va yolg‘ondan yoki noto‘g‘ri signalizastiyaning ishlab ketishi. 

   Misollar:  Elektrostanstiya  ishini  nazorat  qilish  SPRINT,  atom  reaktori  dispetcheriga  yordam 

REACTOR ekspert tizimlari.  

Loyihalash. 

   Loyihalash  deganda  oldindan  aniqlangan  xossalariga  ega  ob’ektlarni  spestifikastiyasini 

tayyorlashni  tushunamiz.  Spestifikastiya  deganda  hamma  kerakli  hujjatlar  chizma,  tushuntirish 

yozuvi  va  hokazolarni  tushunamiz.  Bu  yerda  asosiy  muammo  ob’ekt  to‘g‘risida  aniq  struktura 

bilimiga ega bo‘lishdir.  Effektiv loyihalashni tashkil qilish  uchun, nafaqat  loyiha  yechimlarini, 

ularni qabul qilish   motivlarini ham aniq qilish kerak. 

  

Shunday  qilib  loyihalash  masalalarida  2  asosiy  jarayon  o‘zaro  bog‘liq,  bular:  yechimni 



chiqarish jarayoni va tushuntirish jarayoni. 

   Misollar: 

    EHM konfigurastiyasini loyihalash VAX 11/780; 

    katta integral sxemalarni loyihalash CADHELP. 

    elektrik tarmoqlar sintezi SYN. 

Prognozlash. 

Prognozlovchi tizimlar berilgan vaziyatlardan mantiqiy natijalar chiqaradi. Prognozlovchi 

tizimda odatda berilgan situatsiyaga parametr qiymatlarini moslovchi parametrik dinamik model 

qo‘llaniladi.  Ushbu  modeldan  chiqariladigan  natija  ehtimoli  baholar  bilan  qilingan  prognozlar 

asosida tashkil qiladi. 

     Misollar: 

      robotni o‘zini tutishni rejalash STRIPS; 

      sanoat buyurtmalarini rejalash ISIS; 

      tajribani rejalash MOLGEN

O‘qitish. 

O‘qitish tizimlari EHM yordamida qaysidir bir fanni o‘rganishdagi xatolarni aniqlaydi va 

to‘g‘ri yechimlarni taklif qiladi. Ular o‘quvchi bilimidagi kuchsiz joylarni diagnostika qiladi va 

ularni  yo‘qotishni  rejalashtiradi.  Bundan  tashqari  ular  o‘quvchining  muvaffaqiyatiga  qarab  uni 

bilimlarini o‘tkazib olish uchun muloqotni rejalashi ham mumkin. 

     Misollar: 

      LISP dasturlashtirish tiliga o‘qitish tizimi; 

      Paskal tiliga o‘qitish PROUST tizimi. 

Real vaqtga bog‘liq ravishda klassifikastiyalash. 

  Statik ekspert tizimlar bilimlar bazasi real vaqtda o‘zgarmaydigan predmet sohalarida tuziladi. 

     Masalan: avtomobildagi xatoliklarni aniqlash va tuzatish. 

   Kvazidinamik  ekspert  tizimlar  qandaydir  fiksirlangan  vaqt  ichida  o‘zgaradigan  jarayonlarda 

tuziladi.  Masalan,  mikrobiologik  ekspert  tizimlar,  har  45  soatda  olinadigan  texnologik  jarayon 

o‘lchovlari. 

   Dinamik  ekspert  tizimlar  ketma-ket  keladigan  ma’lumotlarni  qabul  qilib  xulosalash  uchun 

datchiklar qo‘yilgan ob’ektlarda tuziladi. 

Masalan: reanimastion palatadagi o‘lchashlarni diagnostikasi. 



EHM tili bo‘yicha klassifikastiya. 

     Hozirgi kunda quyidagi tizimlar mavjud: 

      super EHM larda strategik muhim masalalar uchun ekspert tizimlar; 

 o‘rta darajadagi EHM larda ET lar

 simvolli prostessorlarda va ishchi stanstiyalarida ET lar; 

 mini va supermini EHM larda ET lar

 shaxsiy kompyuterdagi ET lar. 


Download 448.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling