Ma’ruza№3 Mavzu: Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari
Download 35.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza-3 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo’yicha tayanch iboralar
MA’RUZA№3 Mavzu: Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari. Reja: 1. Foydali qazilmalar shakllari. 2. Qatlamlar, Er tomir, shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega bo’lgan foydali qazilma konlari. 3. Ruda konlarining xarakteristikasi. Mavzu bo’yicha tayanch iboralar: Foydali qazilmalar shakllari, qatlamlar, er tomir, shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega bo’lgan foydali qazilma konlari, ruda konlarining xarakteristikasi. Qattiq foydali qazilma konlari Yer qobig‘ida joylashish bo‘yicha to‘g‘ri va noto‘g‘ri shaklli konlarga ajratiladi. To‘g‘ri shaklli konlarni qatlamli va qatlamsimon ko‘rinishga ega bo‘lgan konlar tashkil qiladi Yer qobig‘ida keng tarqalgan, plitasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan, har ikki tomonidan bir-biriga deyarli parallel tekisliklar bilan chegaralangan foydali qazilma yotqizig‘i ―qatlam‖ deb ataladi. Ikki jins qatlamini bir- biri bilan ustma-ust tutashish tekisligi qatlamlanish tekisligi deyiladi. Foydali qazilma qatlami tepasiga joylashgan jins qatlami qatlamning shifti yoki ―osilma‖ yoni deyiladi. Qatlam ostidagi jinslar esa – qatlam asosi (zamini) yoki ―yotish‖ yoni deyiladi. Qatlamlar oddiy (bir tarkibli) va murakkab (ko‘p tarkibli) bo‘lishi mumkin. Ch o‘kindi jinslar tarkibida hosil bo‘lgan foydali qazilma konlari, asosan, to‘g‘ri shaklli konlar hisoblanadi (ko‘mir, yonuvchi slanetslar, mineral tuzlar, gips, marganets va boshqa foydali qazilma konlari). Bir necha qatlamlar Yer qobig‘ida o‘zaro parallel va bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa, ularni qatlamlar dastasi (svitasi) deb ataladi. 4.1-rasm. Qatlam tuzilishi: a-sodda; b-murakkab Yer tomir, shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega bo‘lgan foydali qazilma konlari noto‘g‘ri shaklli konlar hisoblanadi Odatda, ruda konlari noto‘g‘ri shaklli konlardir. 14 Yer qobig‘idagi darzlarni to‘ldirgan mineral moddalar Download 35.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling