Elektromagnit momentni elektromagnit quvvat orqali aniqlash. Energetik diagrammadan (1-rasm) aniqlangan elektromagnit (Pem) va mexanik quvvat (Pmex)larni elektromagnit moment orqali ifodalaymiz:
Pem = M 1; Pmex = M , (8)
bu yerda: 1(2n160)(p/p) = (2/p)(p n160) = 2f/p va 2n60 tegishlicha statordagi aylanma magnit maydonning va rotorning burchak tezliklari.
(8) ga asosan elektromagnit moment quyidagiga teng bo‘ladi:
M= Pem/ 1. (9)
Demak, asinxron motorning elektromagnit momenti, uning elektromagnit quvvatiga mutanosib bo‘lar ekan.
Energetik diagrammadan foydalanib rotor chulg‘amidagi isroflarni aniqlashning quyidagi ifodalarini yozish mumkin:
(10)
yoki
. (11)
(11) formulaning o‘ng tomonini nisbatga ko‘paytirib quyidagini olamiz:
(12)
(12) formuladan quyidagiga ega bo‘lamiz:
M= P'в2/(1s) = m1 (I2)2r2 / (1s), (13)
ya’ni asinxron motorning elektromagnit momenti rotor chulg‘amida elektr isroflari quvvatiga mutanosib bo‘lar ekan.
Agar G-simon almashtirish sxemasidan foydalanib (3) bo‘yicha aniqlangan rotor toki I2 ning qiymatini (13) ga qo‘yib, (12f1/p) ni ham hisobga olgan holda asinxron mashinaning elektromagnit momentini aniqlash formulasining umumiy ko‘rinishiga ega bo‘lamiz:
M = (m1 pU12r'2) /{(2f1s)[(r1+ r'2/s)2 + (x1+ x'2)2]}. (14)
(14) formuladan quvvati P>10 kW bo‘lgan asinxron motorlar uchun moment M ni hisoblashda almashtirish sxemadagi kompleks son c11 deb qabul qilingan. Elektromagnit momentni hisoblashda ko‘proq aniqlik talab qilinganda kompleks son s1 hisobga olingan (14) ifoda quyidagicha yoziladi:
M = (m1 pU12r'2) /{(2f1s)[(r1+s1 r'2/s)2 + (x1+s1 x'2)2]}, (14,a)
bu yerda c1 1,02 1,05 – quvvati P 10 kW bo‘lgan asinxron motor uchun.
(14) va (14,a) larda sirpanish s dan boshqa hamma kattaliklar o‘zgarmas hisoblanib, u o‘qdagi mexanik yukka mutanosib ravishda o‘zgaradi
Do'stlaringiz bilan baham: |