Ma’ruzachi: dots. Babadjanova S. X. Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
Download 35.93 Kb.
|
6-asab tizimi xususiy fiz
Retikulyar formatsiyaning mushaklar tonusiga ta'sir mexanizmi R.Granit ishlari tufayli ma'lum bo’lib qoldi. Orqa miyaning gamma-motoneyronlari aktivligi retikulyar formatsiya ta'sirida o’zgarishini R.Granit ko’rsatib berdi. Gamma-motoneyronlar mushak yoylarining periferik qismlaridagi mushak tolalarini innervatsiyalaydi. Ularning shunday nom bilan atalganligiga sabab shuki, gamma-efferentlar degan aksonlarni A tipdagi ingichka tolalar bo’lib, qo’zg’alishni skelet mushaklarining motor tolalariga nisbatan sekinroq o’tkazadi
Yuqorida aytilganidek, gamma-efferentlar mushak yoylaridagi mushak tolalarining qisqarishiga sabab bo’lib, ularni taranglaydi va mushak yoylarining yadro xaltasidagi retseptorlaridan efferent impulslar kelishini shu tariqa kuchaytiradi. Mushak yoylaridan efferent impulslar orqa miyaga doim kiraverib, alfo-motoneyronlarni qo’zg’atadi, bu esa mushaklar tonusining sababi hisoblanadi. Orqa miyaning orqa ildizlari qirqib qo’yilganda mushak tonusining yo’qolishi mushak tonusida efferent impulslarining ahamiyati borligini ko’rsatadi. Mushak yoylaridan efferent impulslar kelib tushishini esa o’z navbatida gamma-motoneyronlar idora etadi.
Download 35.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling