Ma’ruzalar 3-124
Download 237.88 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustama xarajatlar
Davr xarajatlari tarkibida hisobga olinib, asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar ishlab chiqarish sarflariga olib borilmaydi va mahsulot tannarxiga qo‘shilmaydi. Bular:
sotish xarajatlari; ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; boshqa muomala xarajatlari va zararlar. Xarajatlarni moddalar bo‘yicha guruhlash ichki xo‘jalik rejalashtirilishi, joriy buxgalteriya hisobi va mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashda qo‘llaniladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxini hisoblash uslublarining mazmunini belgilaydi. O‘z navbatida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uslublari muayyan korxonadagi texnologik jarayonlarning mazmuni, kalkulyatsiyalash obyektlari va axborotlarni to‘plash usulidan kelib chiqqan holda turkumlanadi. Muayyan hisob obyektlariga olib boriladigan xarajatlarning to‘liqligi va ishonchililigi dastlabki hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va analitik hisobning tashkil yetilishiga bog‘liq. Ayrim xarajatlar (asosiy xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishda bevosita band bo‘lgan xodimlar ish haqi va sh.o‘.) bevosita muayyan kalkulyatsiya obyektlariga qo‘shiladi. Bu toifa xarajatlarni nazorat qilish qulay va shu munosabat bilan ularning miqdori yetarli darajda aniq hisoblanishi mumkin. Bilvosita xarajatlar, masalan ishlab chiqarishni tashkil yetish va boshqarish xarajatlari (2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schyo‘ti) mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga bilvosita (taqsimlash) yo‘l bilan qo‘shiladi. Asosiy (bevosita) xarajatlarni mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borishning qulayligini e’tiborga olgan holda, barcha e’tibor kalkulyatsiyalash jarayonida bilvosita xarajatlarni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashga qaratilishi lozim. Bilvosita xarajatlarni taqsimlashning qaysi usulini qo‘llashdan qat’iy nazar, muayyan mahsulot (ish, xizmat) turining tannarxini hisoblashda ma’lum darajadagi nuqsonlarga yo‘l qo‘yiladi. Buning sababi nuqsonlarning o‘zi bilvosita xarajatlarning mazmuniga xos. Ular mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga bilvosita (yegri) yo‘l bilan tanlangan taqsimlash bazasiga mutanosib ravishda qo‘shiladi. Ayrim xarajatlar shakllanishi va ularning ayrim mahsulotlar tannarxiga qo‘yilishining bunday xususiyatlarini hisobga olgan holda hisob yuritish amaliyotida har xil tannarx har xil maqsadlarga javob berishi lozimligi qaror topgan. Ichki xo‘jalik bo‘linmalari – mas’uliyat markazlari darajasida boshqarish maqsadlari uchun asosiy xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlar yetarli hisoblanadi. Ustama xarajatlar bu shartli – doimiy xarajatlar bo‘lib ularning miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o‘zgarmaydi yoki kam miqdorda o‘zgaradi. Shuning uchun korxona boshqaruvi ushbu xarajatlarning belgilangan smetalardan chetga chiqishini doimiy nazorat qilishi lozim. Nazoratning bunday turi tafovutlarni boshqarish usuli deb nom olgan. Bunday xarajatlarning ko‘lami, qoidaga ko‘ra, faqat hisob davrining uzunligiga bog‘liq. Bu xarajatlar qaror qabul qilish uchun xarajat sifatida o‘rganilmaydi, balki nazorat va tartibga solish maqsadida hisobga olinadigan xarajatlar toifasiga taalluqli axborotlarni shakllantiradi. Bu xarajatlar to‘la tannarxni hisoblash zarurati vujudga kelganda, masalan, sotiladigan mahsulot(ish, xizmat)ning shartnoma bahosini shakllantirishda hisob-kitob qilinishi zarur. Xarajatlar hisobini mas’uliyat markazlari bo‘yicha tashkil yetish muammosi bilan bir qatorda ularni xarajat markazlari (mahsulot turlari, ularning tayyorlik darajasi va sh.o‘.) bo‘yicha chegaralash uslublarini shakllantirish zarurati ham vujudga keladi. Ushbu bosqichda kalkulyatsiyalash jarayoni xarajatlarning qaysi qismini tugallangan ishlab chiqarish, ya’ni tayyor mahsulotga va qaysi qismi tugallanmagan ishlab chiqarishga olib borish hisob-kitobini ta’minlashi shart. Download 237.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling