Ma’ruzalar 3-124
Download 237.88 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2.Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olish Ishlab chiqarish jarayonining hisobi.
Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:
- Ta’minot xaqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyuumlarining miqdori va turi xaqidagi xaqiqiy ma’lumotni beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari xaqidagi ushbu ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni ko‘rsatgichlari umumiy bajarilishi xaqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi. - Qabul qilingan mehnat buyumlarining xaqiqiy tannarxini hisoblash. Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan korxonaning xaqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan mehnat buyumlari tannarxining ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy xajmini, balki xarajatlar alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi. Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy mablag‘lar quyidagilardan iborat: -uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar); -aylanma mablag‘lar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul mablag‘lari va boshqalar); Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aksiya, obligasiya, depozitlar. va x.k.); -kapital qo‘yilmalar va boshqalar. Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi: a) sotib olish; b) ta’sischilarning hissasi tariqasida; c) bepulga olish; d) ijaraga olish (qisqa va uzoq muddatlarga). 10.2.Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olish Ishlab chiqarish jarayonining hisobi. Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda tayyor mahsulot yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, O‘O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O‘zdavistiqbolstat va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan va 1995 yil 1 yanvarda amalga kiritilgan, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil va 2003 yildagi qarori bilan tuzatishlar kiritilgan «Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish xaqidagi Nizom»da keltirilgan. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetida asta-sekinlik bilan yig‘ilib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi: -Ishlab chiqarish xaqiqiy xajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida bo‘ladi; -mahsulot xaqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar xaqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi, materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schetlar qo‘llanilib, ulardan asosiysi 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» aktiv schetidir. Mazkur schet yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidagi so‘ng esa, 2010 scheti kretidan 2800 «Tayyor mahsulot» schetining debetiga o‘tkaziladi. Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo‘lsa, har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish boskichlaridan utmagan texnika nazorati tomonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, ya’ni ular texnologik jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» scheti debetida qoldiq siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha baholnishi mumkin. Download 237.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling