Ma’ruzalar matni 2020 – 2021-o’quv yili, Tarix yo’nalishi, kunduzgi ta’lim shakli, 3-kurslari uchun


Reja: 1. Jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoit


Download 0.51 Mb.
bet15/17
Sana05.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1428004
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi

Reja:
1. Jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoit.
2. Turkiston o`lkasi jadidchilik harakati namoyondalari va ularning milliy uyg’onishda tutgan o`rni.
3. Jadid milliy matbuoti. Jadid madaniy-ma`rifiy tashkilotlari va jadid adabiyoti. Jadidlarning siyosiy qarashlari.
1. XIX asrning ikkinchi yarmida Osiyo, jumladan, Turkiston ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo’yicha Yeevropadan ancha orqada qolib ketgan edi. Qoloqlitk vpa jaholat, o’lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o’z zamonasining ilg’or ziyoli qatlamlarida fikr-mulohazalar paydo bo’la boshladi.
XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk islohotchisi va “Tarjimon” jurnali tashkilotchisi Ismoil G’aspiralining nomi butun Sharqqa mashhur bo’lib ketdi. U Bog’chasaroyda eski maktablarning murakkab o’qish usuliga nisbatan yengil qiroat usuliga asoslangan yangi maktab ochib. Unda o’zi dars bergan, darsliklar yozgan, chorizmning Sharqdagi siyosatini fosh qiluvchi asarlari bilan Turkistondagi ilg’or ziyolilarning dunyoqarashiga katta ta`sir ko’rsatgan edi. Qisqacha aytganda u yangi usul maktablarning vujudga kelishida namuna bo’lgan.
Jadidlar chorizmning mustamlaka siyosati strategiyasiga jiddiy zaiflantiruvchi o’zgarishlar qilishga majbur etuvchi vatanparvar siyosiy kuch sifatida XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan tarix saxnasiga chiqa boshladilar. Jadidlar Turkistonda XX asr oxirida paydo bo’lgan ilg’or usullarni yoqlagan ma`rifatparvarlargina bo’lib qolmay, ayni chog’da turkiy-islomiy huquqiy merosning millat ichida keng yoyilishi, xurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun ham kurashni maqsad qilib ko’ygan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan bobiylik va bahoiylikdan iborat falsafiy-diniy oqimlar va Turkiyadagi “Ittihod va taraqqiy” (“Yosh turklar” harakati) harakatining ta`siri katta bo’ldi. Bobiylik va bahoiylik XX asr boshlariga kelib Kavkazda, so’ngra Toshkent, Ashxobod va Turkistonning boshqa shaharlarida keng tarqala boshlagan va xalqning madaniy-ma`rifiy darajasini ko’tarishda katta ta`sir ko’rsatgan. Birgina Toshkentning o’zida bobiylar va bahoiylar tarafidan “Turkiston”, “Isloh”, “Osiyo” va boshqa kutubxonalar, qiroatxonalar tashkil etilgan bo’lib, ular xalqning turli qatlam vakillari o’rtasida ma`rifat tarqatishda katta rol o’ynadi.
Turkiyadagi “Ittihod va taraqqiy”chilardan Turkistondagi “Ittihod va taraqqiy”chilarning afzallik tomonlari bor edi. Ularda kosmolitik g’oya deyarli yo’q edi, rus imperalizmiga va uning mustamlakachilik tizimiga qarshi kurash g’oyasi va mafkurasi kuchli edi. Hatto 1905-yilgi rus inqilobi va 1908-yilgi Turkiya inqilobida imperializm va mustamlakachilikka qarshi kurash olib borish g’oyasi yo’q edi.
Jadidlar Buxoro amirligi va Xiva xonligida xon va amirni ham o’z g’oya va maslaklariga tortishga harakat qildilar. Buxoro jadidlari 1900-yil boshida amirdan yangi usuldagi maktablar ochishga ruxsat olishga muvaffaq bo’ldilar. Ammo bunday yangi usul maktablarini ochilishi Rossiya manfaatiga zid edi, shu boisdan Rossiyaning amirga bo’lgan tahdidi ortdi, amir jadidlarni siquv ostiga oldi. Rossiya barcha imkoniyatlarni ishga solib jadidlarning musulmon mamlakatlari, xususan Turkiya bilan bo’ladigan har qanday bordi-keldi aloqalarini oldini olishga e`tibor beradi.
Rossiya imperiyasi mustamlakachilari O’rta Osiyoda ochilgan yangi usul maktablariga qarshi kurash boshlaydi, bu maktablarni “islomiyatga qarshi”, “g’ayridin maktablari” deb tashviqot yurgizadilar, josuslik idoralarini ishga soladilar, hatto Buxoro amiriga va Xiva xoniga ham kuchli tazyiq o’tkazadilar. Ahvol shu darajaga borib etadiki, bu masala bilan bog’liq ko’plab qurbonlar yuz beradi. Imperiya ma`murlari islom diniga ham qarshi kurashni kuchaytirib yuboradilar. Hatto, 1903-yili podsho Turkiston aholisi uchun muborak Haj qilishni ham farmon bilan man etadi. Bu mahalliy musulmon aholisida kuchli norozilik uyg’otdi.
1905-yilgi to’ntarish harakatidan keyin Rossiya hududidagi turkiy xalqlar va ularning Turkiya bilan qardoshlik aloqasi kuchaydi. O’z davrida Turk dunyosi markazlaridan biri bo’lgan Qrim, Qozon, Istanbulda chop etilgan jadidchilik ruhidagi adabiyotlar Turkistonga ham keng yoyila boshladi. 1908-yilgi Turkiya inqilobi tufayli yuzaga kelgan “Yosh turklar” harpaktiga muqobil holda Xivada “Yosh xivaliklar”, Buxoroda “Yosh buxoroliklar” jamiyatlari yuzaga keldi. Bu jamiyatlar oxir-oqibatda siyosiy partiyalar maqomini oldi. Jadidchilik harakatining bunday siyosiy tashkilotlari qisqa vaqt ichida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Andijon kabi yirik shaharlarda kuchli tashkilotlarga aylandi. Turkiston xalqida jadidlarga bo’lgan hayrixohlik, ishonch tobora ortib bordi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, XX asr boshlaridayoq milliy ozodlik bayrog’ini baland ko’tarib, milliy birlik kuchlarini birligini ta`minlash borasida salmoqli faoliyat ko’rsata boshlagan Turkiston jadidlari jahon jamoatchiligi e`tiborini o’ziga jalb qildi. 1906-yilning bahorida Fransiya respublikasi bosh shtabi ikkinchi byurosi (harbiy razvedka) topshirig’i bilan mayor Lyakost ikki yil davomida Turkistondagi ijtimoiy siyosiy vaziyat bilan yaqindan tanishdi. U o’zining kuzatishlarini hisobot tarzida “Komitet Asiya Fransays” nomli jurnalda chop etadi. Maqola Yevropada katta qiziqish uyg’otdi. Bu maqolada Turkiston general-gubernatorligi hududidagi ijtimoiy-siyosiy kuchlar va partiyalar faoliyati sharhlab berilgan edi. E`tiborli tomoni shundaki, fransuz razvedkachisining o’tkir nigohi bilan Turkistonda qaysi partiya, qaysi siyosiy oqim kuchli ekani shunday aniqlab berildiki, bu hol rus siyosiy politsiyasini g’oyat jiddiy tashvishga soldi. Mayor Lyakost Turkiston o’lkasidagi eng e`tiborli va kelajagi porloq tashkilot sifatida sotsial-demokratlar (bol’shevik va men’sheviklar), yoki sotsialist-inqilobchilar (so’l va o’ng eserlar), yo kadet va liberallar emas, balki yosh sartlar (rasmiy idoralar Turkiston jadidlarini yosh turklarga qiyoslab “Yosh sartlar” deb atashgan) degan xulosaga kelgan edi. Razvedkachi Turkistonda jadidlar ta`siri kuchli bo’lgan o’z firqasiga ega ekani va u 1906-yilning yanvarida Sankt-Peterburgga, Umumrusiya musulmonlarining qurultoyiga vakil yuborganini ta`kidlab, bu firqa xuddi Qozon tatarlari kabi o’zining milliy dasturiga egaligi va rus istibdodiga jiddiy zarba berishi mumkinligiga ishora qilgan edi.
Jadidchilik harakati muhitida jadidchilik adabiyoti ham yuzaga keldi, mukammal bir shaklga kirdi. Ham nasrda, ham nazmda yangilanish, qoloqlik va jaholatdan kutilish, rus istilosiga qarshi kurash, ma`rifat va hurriyatga erishish, istiqlolni qo’lga kiritish g’oyalari bilan to’lib-toshgan yangi bir adabiyot shakllandi. Abay bunday adabiyotning ilk namoyandalaridan biri edi. Undan so’ng Shayx Ahmad Mahdum maydonga chiqqan edi.
O’rta asrlarda shunday ulug’ zotlarni yetishtirgan Turkiston kabi buyuk bir tabarruk zaminning so’nggi asrlarda jaholat va hurofot azobida inqirozga yuz tutishi, bu erda kuchli bo’lgan o’rta asrchilik va mustamlakachilik zulmlari, o’lkadagi yangi uyg’onish, yangi ma`rifat va adabiyot uchun borayotgan kurash musulmon xotin-qizlar huquqini himoya qilish haqida Ismoil Gaspirali o’tkir publitsistik maqolalari bilan faol qatnasha boshladi. “Buxoro va Bog’chasaroy”, “Bog’chasaroydan Toshkentga” (1893), “Turkistonning yangi tarixi” (1905), “Buxoroda nimalarni ko’rdim?” (1908), “Turkistondan xat” va boshqalar shu jumladandir. Uning ta`siri bilan Turkistonda ham yangi usul maktablari uchun o’quv qo’llanmalari, matbuot va adabiyot namunalari maydonga kela boshladi.
2. Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan Mahmudxo’ja Behbudiy (1871 – 1919)dir. U “Turkiston jadidlarining otasi” sifatida tarixda nom qoldirgan. U istiqlol uchun kurashning oldingi saflarida borgan yalovbardorlardan edi. Fayzulla Xo’jayev Behbudiy haqida bunday degandi; “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan o’sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo’lmasa kerak”.
Behbudiy Gapirinskiy yo’lga qo’ygan “usuli jadid” maktablarini Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qo’llanmalar bilan ta`minlashda jonbozlik ko’rsatdi. Yangi tipdagi maktablarning milliy-madaniy taraqqiyotimizda muhim omil bo’la olishi mumkinligi haqida o’nlab maqolalar yozdi. “Qisqa umumiy geografiya”, “Bolalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, “Aholi geografiyasiga kirish”, “Rusiyaning qisqacha geografiyasi” kabi darsliklar yaratdi. Nashriyot tashkil qilib, darsliklar va qo’llanmalar, xaritalar bosib chiqargani ma`lum. Bular ilk o’zbek maktablari uchun tuzilgan darslik va qo’llanmalar sifatida emas, til-yozuv madaniyatimiz taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
Behbudiy 1913-yilda “Samarqand” gazetasi va “Oyina” jurnalini chiqardi. Gazeta dastlab 2, so’ng 4 betlik bo’lib haftada 2 marta chiqqani va moddiy tanglik tufayli 45 sonidan keyin to’xtagani ma`lum. “Oyina” o’lkadagi o’zbek tilida chiqqan birinchi jurnal edi. U xalq orasida ancha mashhur bo’lgan. Boshida haftada bir, 1914-yildan esa har o’n besh kunda chiqqan.
Munavvar Qori Abdurashidxonov milliy matbuotning asoschilaridandir. U 1906-yil sentyabrda “Xurshid”(“Quyosh”) jaridasini nashr etdi va unga muharrirlik qildi. “Najot” (1917-yil), “Kengash” (1917-yil), “Hurriyat” (1917-yil), “Osiyo”, “Haqiqat”, “Turon” kabi matbuot nashrlarida muharrirlik qildi.
Abdulla Avloniy (1878 – 1934) o’zbek xalqining atoqli shoiri, muallimi va mutafakkiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan biridir. Abdulla Avloniy o’zi ochgan maktab uchun to’rt qismdan iborat “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yohud ahloq” kabi darsliklar va o’qish kitobini yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko’mak ko’rsatuvchi “Jamiyati hayriya” tashkil etdi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab kutubxonasi” kitob do’konini ochgan. U 1913-yilda tashkil etilgan professional “Turon” nomli teatr to’garagining tashkilotchilaridandir.
Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) jadidchilik haraktining yirik namoyondalaridan biridir. U Buxoro jadidchilarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni ma`rifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kirishadi. Fitrat adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib keldi. U “Munozara” nomli drama yaratgan. Shuningdek, “Sayxa”, “Sayyohi hindi”, “Rahbari najot”, “Tarixi islom” kabi asarlarini 1908 – 1913-yillarda yaratdi. Fitrat o’z ona diyorini ozod va hur ko’rishni orzu qildi. U ana shunday ilg’or g’oya va fikrlari uchun ko’pchilik jadidlar qatorida shakkoklik, isyonkorlikda ayblandi, chor ma`murlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura hukmron bo’lgan qizil saltanat davrida esa millatchilikda, panturkizm g’oyasi tarafdori, “xalq dushmani” degan uydirma tamg’a bilan aybladilar.
Turkistonning milliy shoiri, Andijonda jadidchilikka asos solgan Cho’lpon (1898 – 1938) shaharda “Turon kutubxonasi” va uning yonida katta bir qiroatxonani tashkil qilgan.
3. Turkistonda jadidchilik harakati XIX asr oxirlaridan 1938-yillargacha ma`rifatparvarlik harakatidan keng ko’lamli ijtimoiy-siyosiy harakat darajasiga ko’tarildi. Turkistonda jadidchilik harakati o’zining chuqur mahalliy ildizlariga ega. Turkiston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayotda jahon xalqlaridan ortda qolayotganligini XIX asrning ikkinchi yarmida yashab o’tgan ilg’or fikrli ziyolilar o’z vaqtida anglab yetgan edilar. Ular bu qoloqlik iskanjasidan qutilishning yagona yo’li deb ilm-ma`rifatni tanladilar. Ilm taraqqiyotning negizi ekanligini anglab yetgan ilg’or ziyolilar avvalo qoloqlikdan qutilishning asosiy sharti deb, ma`rifatni tanladilar. Taraqqiyparvarlar omma orasida ma`rifatni keng yoyish, millatning siyosiy ongini yuksaltirish borasida ommaviy nashrlar, bosmaxonalar ochdilar, teatr tomoshalarini tashkil etdilar. Bu borada Munavvar Qori Abdurashidxon o`g’li, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo`jayev, Toshpo`latbek Norbo`tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalarning xizmatlari beqiyos bo`ldi. O'lkada milliy matbuot yuzaga kelgunga qadar Bog'chasaroyda chiquvchi “Tarjumon”, Qozondan chiqadigan “Vaqt”, “Yulduz” va boshqa gazeta va jurnallar Turkiston jadidlari faoliyatida o'zining sezilarli ta'siriga ega edi. Ushbu nashrlar orqali taraqqiyparvarlar dunyo xalqlarining milliy uyg'onish g'oyalari bilan tanishib borganlar. Masalan, Farg'onaning peshqadam taraqqiyparvarlaridan Ishoqxon Ibrat ham 1883 – 1885-yillarda Qo'qonning Tunqator madrasasida ta'lim olib yurgan paytlarida “Tarjumon” gazetasi bilan muntazam ravishda tanishib borgan. Turkiston jadidlarining birinchi milliy gazetasi 1906-yil 27-iyunda “Taraqqiy” nomi bilan chiqdi, unga taniqli jamoat arbobi Ismoil Obidov muharrirlik qildi. Shunisi diqqatga sazovorki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-iyun qarori bilan ushbu gazeta birinchi sonining chiqqan kuni "Matbuot kuni" sifatida keng nishonlanmoqda. Turkistonda bundan keyin bir qator jadid gazeta-jurnallari – “Osiyo”, “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg’ona”, “Oyna”, “El bayrog’i”, “Turon” va boshqalar paydo bo`ldi. Jadidlarning bu bosma nashrlari 1905-yilda Rossiya Konstitusiyasi yumshatilgan senzurani qabul qilgandan so`ng yuzaga kela boshladi. Ularning ko`pchiligi qisqa muddat chiqqan bo`lsa-da islohotchilar g’oyalarini tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Jadidlar ma'rifatchilik faoliyatining yana muhim bir tarmog'i - teatr san'ati edi. Turkiston teatr san'atining to'ng'ich sahna asari Mahmudxo'ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi edi. Bu asar Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarda ijro etilgach, 1914-yilning fevral oyi oxirlarida muallif boshliq Samarqandlik havaskorlar va mahalliy yoshlar hamkorligida Qo'qonda ham sahnaga qo'yiladi. Teatr orqali ma'rifat tarqatish g'oyasiga e'tibor qaratib, Andijon jadidlari ham 1914-yilning 6-iyunida «Padarkush»ni sahnaga qo'ydilar.
Turkiston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayotda jahon xalqlaridan ortda qolayotganligini XIX asrning ikkinchi yarmida yashab o’tgan ilg’or fikrli ziyolilar o’z vaqtida anglab yetgan edilar. Ular bu qoloqlik iskanjasidan qutilishning yagona yo’li deb ilm-ma`rifatni tanladilar. Ilm taraqqiyotning negizi ekanligini anglab yetgan ilg’or ziyolilar avvalo qoloqlikdan qutilishning asosiy sharti deb, ma`rifatni tanladilar. Shu maqsad yo’lida XIX asrning so’nggi choragida dastlabki yangi usul maktablari ochildi. Farg’ona o’quv yurtlari inspektorining Turkiston o’quv yurtlari Bosh inspektoriga 1909-yil 6-dekabrda yo’llagan yangi usul maktabi haqidagi ma`lumotnomasida ko’rsatilishicha, vodiydagi dastlabki yangi usul maktabi Qo’qon uyezdida Ahmadjon qori tomonidan 1892-yilda ochilgan. Turkistondagi jadidchilik harakatining atoqli namoyandala­ridan Ishoqxon Ibrat ham Qo’qonda madrasani tamomlagach, 1886-yilda To’raqo’r g’onda maktab ochadi lekin u tez orada yopiladi. Shundan so’ng Ibrat 1887-yildan 1895-yilgacha Osiyo va Yevropaning ko’plab mamlakatlarida bo’ladi. O’ndan ortiq chet tillarini o’rganadi, g’arb ilm-fani va texnikasi yutuqlari bilan tanishadi. Jadidlarning harakati tufayli XX asr boshlariga kelib vodiyda o’nlab yangi usul maktablari faoliyat ko’rsatmoqda edi. Ayniqsa, Rus-Yapon urushidagi mag’lubiyatdan so’ng boshlangan ijtimoiy siyosiy harakatlardagi jonlanish turkistonlik jadidlar faolligining oshuviga katta turtki bo’ldi va jadidchilik harakati ushbu jarayonlar ta`sirida siyosiy tus ola boshladi. Taraqqiyparvarlar omma orasida ma`rifatni keng yoyish, millatning siyosiy ongini yuksaltirish borasida ommaviy nashrlar, bosmaxonalar ochdilar, teatr tomoshalarini tashkil etdilar. Bu borada Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo’jaev, Toshpo’latbek Norbo’tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalarning xizmatlari beqiyos bo’ldi. Ma`rifatparvarlik ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qoldi. Jumladan, ular chor tuzumning zulmi nisbatan yumshagan sharoitda yangi usuldagi maktablarni tashkil etish bo’yicha kuch-g’ayratlarini sezilarli darajada kuchaytirishdi. 1910-yilga kelib o’lkaning turli joylarida 50 ga yaqin bunday maktablar tashkil etildi. Toshkent va Qo’qon jadid maktablarining yirik markazi bo’lib qoldi.1917-yil fevral inqilobi boshlariga kelib chor hukumati tomonidan Turkistonda 4 mingdan ortiq bola o’qiydigan 100 ga yaqin yangi usuldagi maktablar ro’yxatdan o’tkazilgan, shulardan 39 tasi - Sirdaryo, 30 tasi - Farg’ona, 18 tasi - Yettisuv, 5 tasi - Samarqand viloyatlarida joylashgan. Ularning hammasi xususiy mablag’lar hisobiga faoliyat yuritar edi. O’qish pullik bo’lgani bilan uning miqdori oyiga 50 tiyindan 3 so’mgacha edi. Yangi usuldagi maktab xonalarining ichki tuzilishi, eski maktablardan parta, yozuv taxtasi, geografik xarita va o’qituvchi uchun stol-stulning borligi bilan ajralib turgan. Maktablarda bolalar 2-3 yil o’qishni davom ettirganlar. Usuli savtiya maktablari eski usul maktablaridan ta`limning sifati bilan ham farq qilgan. Bu e`tiroflar o’sha davr matbuotida ham o’z aksini topgan. Masalan, Andijondagi Azim Qodirov maktabi 3 sinfli bo’lib, 1-sinfda bolalarga o’qish va yozish, 2-sinfda tajvid, hisob, 3-sinfda esa ibodati islomiya, sarfi turkiy o’rgatilgan.
Birinchi jahon urushi yillarida o'lka ziyolilari ijtimoiy-siyosiy hayotga faol aralasha boshladilar. Xuddi shu davrda Turkistonda ham milliy nashrlar va jamiyatlar soni ortib borib, jadidlar tomonidan qoloqlikdan qutulish va milliy taraqqiyot sari dadil qadamlar tashlana boshladi.
1916-yil Qo'qon shahrida taraqqiyparvarlar tomonidan “G'ayrat” jamiyati tuziladi. Bu jamiyatning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, birinchidan, yangi usul maktablarini darslik, daftar va o'quv qurollari bilan ta'minlash bo'lsa, ikkinchidan, yerli xalq orasida kitob, gazeta va jurnallarni mahalliy tilda chop etib, tarqatishdan iborat bo'lgan.
Mustamlakachilar tomonidan Toshkentda chop etiladigan jadidlarning “Sadoyi Turkiston” gazetasi yopib qo'yilgach, taniqli jadid Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev Toshkentdan Andijonga kelgan edi. Uning Andijonga kelishi ham hukmron mustabid hukumatning milliy taraqqiyparvarlarga qarshi olib borgan ta'qib va tazyiqlar o'tkazish siyosatining natijasidir. Milliy matbuotimizning qaldirg'ochlari “Taraqqiy”, “Hurshid”, “Shuhrat” va boshqa gazetalarning hech qancha soni chiqmasdan yopib qo'yilishi, chor ma'murlarining o'lka halqlarini har jihatdan asoratda saqlashga intilib olib borgan siyosatining bir ko'rinishi edi. Xuddi shunday ayanchli qismat “Sadoyi Turkiston” gazetasi boshiga ham tushdi. Shundan so'ng muharrir Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev gazetani Andijonda chiqarishga harakat qildi. Biroq, Farg'ona viloyati harbiy gubernatori Asadullaxo'jayevning gazeta chiqarishiga ruxsat bermaydi.
1916-yilga kelib jadidlar tomonidan Andijon shahrida “Taraqqiyparvar” jamiyati tuzildi. Bu davrda o'lka jadidlarining siyosiy faolligi ancha oshgan bo'lib, ular o'z yig'ilishlarida, gazeta va jurnallardagi maqolalarida ma'rifiy mavzular bilan birga ijtimoiy, iqtisodiy masalalarni ham ko'tarib chiqa boshlaganlar. Andijondagi bu jamiyat taniqli jadid Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev rahbarligida tuzilgan bo'lib, bu haqda chor ayg'oqchilari ham tez orada xabar topadilar.
Farg'ona viloyati harbiy gubernatorining farmoyishi asosida Andijon uyezdida “Taraqqiyparvar” jamiyati haqida yashirin so'rov va tekshiruvlar o'tkaziladi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, tashkilot safida mahalliy millat vakillaridan tashqari Chaykin, Shapiro va Okun kabi shaxslarning borligi, tashkilot rahbarligi Asadullaxo'jayev qo'l ostida ekanligi ko'rsatib o'tiladi. Uchastka pristavi Birshertning ta'biricha, jamiyat tashkiliy jihatdan yaxshi uyushtirilgan.
Butun Turkiston o'lkasida bo'lgan kabi, Andijonda ham mustamlakachi ma'murlar jadidlarni o'zlarining eng xavfli dushmanlari deb bilar edilar. Taraqiyparvarlar xalq orasida tashviqot-targ'ibot ishlarini yaxshi yo'lga qo'yganlar.
Xalq orasida o'z nufuziga ega bo'lgan mahalliy boylardan Ahmadbekhoji Temirbekov, Poshshaxo'ja Umarxo'jayev, uyezd sudyasi tarjimoni O'razaliyev Akbarali Boytursunovich va boshqalar ushbu jamiyat a'zolari edilar.
Shunday qilib, aytish mumkinki, XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat g'oyat og'ir bo'lib, mahalliy aholining huquqsizligi, tahqirlanishi haddan oshgan, Vodiy mustamlakachilar uchun arzon ish kuchi va xom ashyo bazasiga aylanib qolgan edi. Ilg'or ziyolilar Turkiston metropoliyaning xom-ashyo bazasiga aylanishi bilan birga, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda jahon taraqqiyotidan ortda qolayotganligini sezdilar. Vatan taqdiri haqidagi bunday o'ylar oxir-oqibatda mustaqillik uchun kurashning o'ziga xos yo'llarini izlab topishni taqozo etdi. Mavjud vaziyatda, ya'ni, kuchli siyosiy-harbiy tayanchga ega bo'lgan mustamlakachi hukumat bilan millat kelajagi yo'lida bellashishning yagona yo'li, xalqni dunyoviy ilm-fan bilan qurollantirish, xalqaro talablar doirasidagi mutaxassislar tayyorlashdan iborat edi. Bu esa o'z o'rnida jadidchilik harakatining kelib chiqishiga sabab bo'ldi.
Rus mustamlakachiligiga qarshi kurash turli ko'rinishlarda bo'lsa-da, davom etdi. Bu kurash boshida millatning ilg'or fikrli ziyolilari turdilar. Dastlab maktab-maorif, yosh avlod ta'lim va tarbiyasini isloh etish g'oyasidan boshlangan bu harakat, keyinchalik o'z ichiga siyosiy muammolarni ham keng ko'lamini qamrab oldi.
Avval maorifni isloh qilishdan boshlangan Turkiston o'lkasidagi jadidchilik harakati 1917-yil fevral inqilobidan keyin yangi sifat o'zgarishlarini boshidan kechira boshladi. 1908 – 1917-yillar ichida turkistonlik taraqqiyparvar kuchlar asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, yagona siyosiy kuch sifatida birlashib, o'z tashkilotlariga va ommaviy nashrlariga ega bo'ldilar. So'ngra o'lkada milliy-demokratik davlatchilikni tiklash ishlarida faol ishtirok etdilar. Yagona maqsad yo'lida ushbu tashkilotlar nomidan tashviqot va targ'ibot ishlarini olib bordilar.
Turkiston jadidlari ham o'lkadagi boshqa taraqqiyparvarlar qatori o'zlarining dastlabki faoliyatlarini ma'rifatparvarlikdan boshlagan edilar. Vatanni ozodlikka, milliy mustaqillikka yetaklashdek muqaddas g'oya eng ilg'or qarashli jadid ziyolilarning fikrida bo'lgani holda, mavjud sharoitda uni amalga oshirish mushkul edi. Unga faqat tinimsiz ma'rifiy-siyosiy faoliyat orqaligina erishish mumkin edi. Jadidlar yurt istiqlolini va taraqqiyotini zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yetuk mutaxacsislarsiz tasavvur eta olmaganlar. Shu maqsad yo'lida o'tgan asr oxirlarida jadidlar butun Turkistonda yangi usul maktablari ochish zarurligini angladilar va ularni tashkil etish uchun harakat boshladilar.
Shunday maktablarning tashkil topishiga bir tomondan imperiya ma'murlari, ikkinchi tomondan ijtimoiy voqelikka o'zining tor dunyoqarashi nuqtai-nazardan baho beruvchi kishilar to'sqinlik qildilar.
Turkiston xalqlari turmushidagi har bir yangilik mustamlakachi ma'murlar nazaridan chetda qolmagan, albatta. XX asr bo'sag'asida o'lkamizda yangi usul maktablarining paydo bo'lishi ham ularni g'oyatda tashvishga sola boshladi.
Jadidlar halqni ilm - ma'rifatda, haq-huquqda dunyoning taraqqiy qilgan millatlari bilan teng, baqamti ko'rmoqni orzu qildilar. Butun ahli-vujudini mana shu muqaddas ishga-millatning ravnaqi va muhofazasi yo'liga sarf etdilar. Bu shunchaki mutaassibona bir orzu emas, zamonasining baland-pastidan xabardor, tarix va taqdirni teran anglagan, Sharqni ham G'arbni ham bab-baravar bilgan va ko'rgan kishilarning aniq va rejali hatti-harakati edi.
Jadidlarning yangi sharoitlardagi faoliyatlari bir necha yo'nalishlarda kechdi. Avvalo ma'rifatparvarlik ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qoldi. Jumladan, ular chor tuzumning zulmi nisbatan yumshagan sharoitda yangi usuldagi maktablarni tashkil etish bo'yicha kuch-g'ayratlarini sezilarli darajada kuchaytirishdi. 1910 yilga kelib o'lkaning turli joylarida 50 ga yaqin bunday maktablar tashkil etildi. Toshkent va Qo'qon jadid maktablarining yirik markazi bo'lib qoldi.
Jadid matbuoti jadidchilik g'oyalarining jarchisi bo'lib maydonga chiqdi. “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg'ona”, “Hurshid”, “Oyna” va boshqa gazetalar sahifalarida ilm-ma'rifat ulug'langan, yangi usul maktablari targ'ib qilingan, bid'at-xurofotlar, xalqimiz orasidagi zararli va nohush odatlar - aroqxo'rlik, tamaki chekish, dabdabali to'ylar o'tkazish, isrofgarchiliklar keskin tanqid qilingan.
Turkiston jadidlarining birinchi milliy gazetasi 1906-yil 27-iyunda “Taraqqiy” nomi bilan chiqdi, unga taniqli jamoat arbobi Ismoil Obidov (Gabidov) muharrirlik qildi. Shunisi diqqatga sazovorki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-iyun qarori bilan ushbu gazeta birinchi sonining chiqqan kuni “Matbuot kuni” sifatida keng nishonlanmoqda.
“Taraqqiy” bilan bir qatorda Toshkentda turkistonlik jadidlarning 1906-yilda “Hurshid”, 1907 – 1908-yillarda “Shuhrat”, “Tujjor” gazetalari paydo bo'ldi. “Hurshid” va “Shuhrat” gazetalari Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining bo'lg'usi yo'lboshchilaridan biri Munavvar qori, “Tujjor” gazetasi esa Toshkentlik yirik boy Saidkarimboy Saidazimboy o'g'li tomonidan nashr etilgan.
Turkistonda bundan keyin bir qator jadid gazeta-jurnallari – “Osiyo”, “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg'ona”, “Oyna”, “El bayrog'i”, “Turon” va boshqalar paydo bo'ldi. Jadidlarning bu bosma nashrlari 1905-yilda Rossiya Konstitusiyasi yumshatilgan senzurani qabul qilgandan so'ng yuzaga kela boshladi. Ularning ko'pchiligi qisqa muddat chiqqan bo'lsa-da islohotchilar g'oyalarini tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Jadidlarning islohotchilik g'oyalari asosan matbuot orqali targ'ib qilinar edi. Masalan, Cho'lpon milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar himoya qilishga bag'ishlangan maqolalarining birida shunday deydi: “...Ey qarindoshlar... katta iltimosimiz shuldurki, Ovro'poning mo'dosidan, shishasidan, buzuq ahloqidan namuna olmasdan va bunlarg'a bul jihatdan taqlid qilmasdan, balki, ilm, fan, hunar, sanoatga o'hshashlik madaniyatlaridan namuna olub, bul jihatdan taqlid qilmog'imiz lozimdur. Ovro'poning mo'dosi va buzuq axloqi sizlarni xonavayron, bevatan, asir-qul qiladur. Bundan saqlaningiz!!!”.
Cho'lpon har sohada zamon talabiga mos ish tutish tarafdori edi. Jumladan, iqtisodiyotda Yevropaning texnika yutuqlaridan foydalanish zarurligini u quyidagicha ifodalaydi: “Ovro'poning maktab, madrasa, ilm - fan, sanoat, hunarga o'xshash madaniyatlari sizlarni obod, ma'mur olim qilub, johillikdan, asorat qulligidan qutuldurodur. Birodarlar ko'zlaringizni ochub yaxshi o'ylanglar!!!...”. Cho'lpon dehqonlar uchun maxsus banklar ochish lozimligini va bu kabi tadbirlarning afzallik tomonlarini bayon qilib beradi: “...Amriholiklar ekin asboblari ishlatub, biz 10 kishi 10 kunda qilg'on ishimizni, onlar 2 kishi bilan 10 soatda qilmoqdadurlar!... Shul oson asboblar Rusiyani butun dehqonlarida bordur. Bizlar ham shul ekin asboblaridan olib ishlatsak og'ir mehnatlarimiz yengillanur edi...”.
Mashhur jadid Abdulvahhob Ibodiyev o'zining maqolalarining birida ilm-fan taraqqiyoti haqida qimmatli fikrlar beradi, ilmsizlik oqibatidagi xalqning holati bayon etiladi: “Ilm-sharaf va boyliklari (qo'llarida bo'lg'on tijorat va kasblari) boshqalarga o'tub, bellari tamom bukulub, ming xo'rlik bilan umr o'tkazmoqdalar...”. Imperiya mustamlakasi davrida mazlum xalq vakili sifatida bu fikrni ochiq bayon etish, albatta, jasorat edi. Turkiston ahli boshiga yoqqan bu balolardan qutilishning yo'li - maorifni isloh qilish, asosiy e'tiborni ta'lim-tarbiya ishlariga qaratish, Orenburg, Qozon, Ufa kabi shaharlariga talabalar yuborish, qimmatlik boylar yordami ila maktab binolarini zamonaviy holga keltirish lozim ekanligini ta'kidlab o'tadi: shundagina “...tez fursatda Turkistonimiz xalqining ilm va ma'rifat tobmoqlari tabiiydur”,-deb, kelajakka umid bilan boqadi.
Yangi usuldagi maktab xonalarining ichki tuzilishi, eski maktablardan parta, yozuv taxtasi, geografik xarita va o'qituvchi uchun stol-stulning borligi bilan ajralib turgan. Maktablarda bolalar 2-3 yil o'qishni davom ettirganlar. Usuli savtiya maktablari eski usul maktablaridan ta'limning sifati bilan ham farq qilgan. Bu e'tiroflar o'sha davr matbuotida ham o'z aksini topgan. Masalan, Andijondagi Azim Qodirov maktabi 3 sinfli bo'lib, 1-sinfda bolalarga o'qish va yozish, 2-sinfda tajvid, hisob, 3-sinfda esa ibodati islomiya, sarfi turkiy o'rgatilgan. 1900-yil may oyida Otabek qozi ishtirokida ushbu maktab o'quvchilaridan imtihon olingan. O'quvchilar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar. Imtihon ishtirokchilaridan Tojiddinbek Otabekov yozganidek: “...Eski zamon maktablari birlan usuli jadid maktabini farqi nihoyat darajada ma'lum va ravshan bo'ldi. Usuli jadid maktabi birlan eski zamon maktablarini bir joyga bormoq uchun otash aroba birlan piyoda odimga misol qilsak ham to'g'ridur...”.
Jadid maktablarining soni ortib borgan sari, ulardagi ta'lim tizimi ham takomillashib borgan. Imtihonlar keng xalq ommasi ko'z o'ngida, qishloq yoki shaharlarning ilg'or ziyolilari davrasida “Imtihon majlisi” nomi bilan o'tkazilgan. Bunday holatlarda yangi usul maktablari o'zining afzallik tomonlarini to'liq namoyish eta olgan.
Jadidlar ma'rifatchilik faoliyatining yana muhim bir tarmog'i - teatr san'ati edi. Turkiston teatr san'atining to'ng'ich sahna asari Mahmudxo'ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi edi. Bu asar Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarda ijro etilgach, 1914-yilning fevral oyi oxirlarida muallif boshliq Samarqandlik havaskorlar va mahalliy yoshlar hamkorligida Qo'qonda ham sahnaga qo'yiladi.
Teatr orqali ma'rifat tarqatish g'oyasiga e'tibor qaratib, Andijon jadidlari ham 1914-yilning 6-iyunida “Padarkush”ni sahnaga qo'ydilar.
Taraqqiyparvarlar xalq ommasini milliy urf-odatlarni asrab-avaylashga, ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirishga chorladilar, hashamdor to'ylar, serharajat va sermashaqqat azadorlik marosimlari, to'y va azalarni riyokorlik, dabdababozlik bilan o'tkazishga jiddiy ravishda qarshi chiqdilar.
Ijtimoiy-siyosiy hayot faollashuvining muhim ko'rsatkichi sifatida nashriyot, xususan, matbuot faoliyatining keskin jonlanganligini ko'rish mumkin.
Jadidlarning ma'rifatparvarlik mafkurasi ijtimoiy jihatdan ancha boy va rang-barang bo'lgan. Unda hozirgi kunimizda ham jamiyatni to'lqinlantiradigan, hayajonga soladigan tarixiy vazifa va masalalar o'z aksini topgan_.
Jadidchilik harakati tarixini o'rganish bugungi kunda shuning uchun ham dolzarbki, bu harakat vakillari istiqlolimiz uchun o'sha davrdayoq kurash boshlaganlar. Avval boshda ma'rifat sohasida faoliyat ko'rsatgan jadidlar, asta-sekin ijtimoiy taraqqiyot kurashchilari sifatida maydonga chiqdilar.
Jadidchilik dastlab madaniy-ma'rifiy oqim sifatida paydo bo'lganligi tabiiydir, albatta. Chunki, ilg'or musulmon ziyolilari ijtimoiy va mustamlakachilik zulmining asosiy sabablarini zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan bexabarlikdan va maorif ishlaridagi qoloqlikdan izladilar. Shu sababli, ular mavjud ijtimoiy muammolarni hal etishning yagona yo'li ta'lim islohoti deb qaradilar va ma'rifatparvarlikka asosiy e'tibor berdilar. Yangi usul maktablari, kutubxonalar ochdilar, darslik, o'quv qo'llanmalari yozdilar va nashr ettirdilar. Ayni paytda ular inson huquqlari, milliy, diniy, iqtisodiy erkinliklar kafolatlangan, huquqiy-demokratik milliy davlatchilikning nazariy asoslarini yaratishga harakat qildilar.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling