Ma’ruzalar matni


Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar


Download 4.32 Mb.
bet30/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

1.Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar
Keramik materiallar xom ashyosini asosan gil tashkil etadi. Gil xossalarini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga yog‘sizlantiruvchi, jins hosil qiluvchi, kuyib ketadigan va plastikligini oshiruvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Gil tarkibidagi dala shpati magmatik (granit, sienit va x.k.) va metamorfik (gneys) tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. SHu sababli xom ashyo tarkibi asosan alyumosilikatlardan (Al2O3.2SiO2.2H2O) iborat bo‘lib, kvars, slyuda va boshqa minerallar, organik
moddalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Gil tarkibida ohakning bo‘lishi keramik material olish jarayonida ularning buzilishiga olib keladi.
Gilning donador tarkibi, zarrachalarning o‘lchamlari keramik material xossalariga ta’sir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko‘p miqdorda bo‘ladi. Uning zarrachalari diametri 0,05 mm va undan kamroq bo‘lsa, gil suvga qorilganda plastik massa hosil bo‘ladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi va kuydirilgach buyum mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi. Bundan tashqari gil tarkibida zarracha o‘lchamlari 0,005-0,15 mm li changsimon va zarracha o‘lchamlari 0,16-5 mm li qum bo‘lishi mumkin.
Gillarning asosiy xossalari plastikligi, havoda va kuydirishdagi kirishishi, olovbardoshligi, buyumning rangi va hokazolar.
Plastiklik gil va suv qorishmasining tashqi kuch ta’sirida yoriqlar hosil qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach ushbu shaklni saqlab qolish xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, u shunchalik suvni ko‘p talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish yuqori bo‘ladi. Gillar yuqori plastik (yog‘li) o‘rtacha plastik va kam plastik (yog‘siz) bo‘ladi. YOg‘li gillarga ishlov berish oson, lekin buyumlarni quritish va pishirish jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil bo‘ladi. Gil plastikligini oshirish maqsadida yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar va sirt aktiv moddalar (texnik lignosulfonatlar va sh.k.) ishlatiladi.
YUqori plastiklikdagi gilni yog‘sizlantirish uchun xom ashyo aralashmasiga yog‘sizlantiruvchi qo‘shimchalar (shamot, shlak, kul, mayda qum va sh.k.) yoki ma’lum miqdorda plastikligi kam gil qo‘shiladi.
Keramik materialda g‘ovak hosil qilish uchun uning tarkibiga yog‘och qipig‘i, toshko‘mir kukuni, lignin, torf changi singari kuydirish jarayonida yonib ketadigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bu qo‘shimchalar yog‘sizlantiruvchi hisoblanadi.
Gil tarkibiga dala shpati, temir rudasi, dolomit, magnezit, qumtosh, talk, shisha kukuni, perlit va boshqalar keramik buyumlarning pishirish haroratini pasaytirish uchun qo‘shiladi.
Keramik buyumlarning kislotaga bardoshliligini oshirish uchun tarkibiga suyuq shisha va qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Temir, kobalt, xrom, titan va boshqa metallar oksidlari kiritilib, rangli keramika buyumlari tayyorlanadi.
Keramik buyumlar suv o‘tkazmasligi yoki yuzasi tekis, chiroyli bo‘lishi uchun yuzasi glazur yoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur 0,1-0,2 mm qalinlikdagi shishasimon qoplama bo‘lib, pishirish jarayonida keramik materiallarga katta kuch bilan yopishadi.
Glazurlar shaffof va shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars qumi, kaolin, dala shpati, ishqorli va erishqorli metallar aralashmalaridan kukun holatda tayyorlanadi va buyum yuziga kukun yoki suspenziya xolatida pishirishdan oldin surtiladi.
Angob oq yoki rangli gil qorishmasini buyum yuziga surtilib, pishirib olingan yaltiramaydigan qoplama bo‘lib, buyumlarning yuza qismi zichligini oshiradi. Angob va keramik buyumlar xossalari o‘xshash bo‘lishi zarur, aks xolda qoplama ko‘chib ketishi mumkin.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling