Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet4/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Moos qattiqlik shkalasi


Minerallar

Kimyoviy tarkibi

Moos qattiqlik ko‘rsatkichi




Talk

ZMgO·4SiO2·N2O

1

Gips

SaSO4·2 N2O

2

Kalsiy

SaSO3

3

Eruvchan shpat

SaF2

4

Apatit

Sa5 (R04) 3·FS1

5

Ortoklaz

K2O·A12O3·6SiO2

6

Kvars

SiO2

7

Topaz

A12·[SiO4] ·(F1ON)2

8

Korund

A1203

9

Olmos

S

10

Nazorat savollari
1.Materialning zichligi va o‘rtacha zichligi nima?
2.Suv shimuvchanlik, suv o‘tkazuvchanlik nima?
3.Sovuqqa chidamlilik va g‘ovaklik orasidagi bog‘lanish qanday?
4.Issiqlik o‘tkazuvchanlik va issiqlik sig‘imi nima?
5.Material mustahkamligi nima va u qanday omillarga bog‘liq?
6.Elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik nima?
7.Qattiqlikni aniqlash usullarini keltiring.
8.Material xossalarining uning mikro va makrostrukturasiga bog‘liqligini aytib bering.
QURILISH MATERIALLARINING ASOSIY XOSSALARI


3. Qurilish materiallari va buyumlarining nano, mikro va makrostrukturasi
Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalarni muayyan muhitda ishlatishga tavsiya etilmaydi.
Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, ular xossalarining-mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, suvga munosabati kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin xolda bo‘lmasdan o‘zaro minerallarga birikkan bo‘ladi.
Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil topganini bildiradi. Giltuproq, ohaktosh, gips toshi va sh.k. larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik materiallar havoyi va mineral bog‘lovchilarning mustahkamligini va turli muhitlarga chidamliligini belgilaydi.
Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon xolatda bo‘lib, ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil bo‘lgan g‘ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, material g‘ovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq g‘ovaklardagi havo materialga issiqsovuqdan, tovushdan izolyasiyalovchi xususiyat beradi.
Material strukturasini uch darajada tushunish zarur-molekulyar-ion, mikrostruktura va makrostruktura.
Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan hosil bo‘lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o‘rganish differensial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infraqizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi.
Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g‘ovaklarning o‘ta kichikligini (1-2.10-7sm gacha) bildiruvchi ko‘rsatkich. Materialda mikrog‘ovaklar buyumning kirishishi natijasida hosil bo‘ladi va ular o‘zaro tutash yoki har tomonlari berk bo‘lishi mumkin. Materialni tashkil etuvchi bog‘lovchi (portlandsement, gips, bitum, polimer), o‘ta mayda to‘ldiruvchi (qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer qo‘shimchalar, suv va sh.k. komponentlardan iborat majmuadir. Qurilish buyum va konstruksiyalarning barcha xossa va xususiyatlari mikrostrukturaga, uning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Mikrostruktura xossalariga bog‘lovchining aktivligi, dispersligi, mikrog‘ovakligi, o‘ta mayda to‘ldiruvchilarning yuza tabiati katta ta’sir etadi.
Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g‘ovaklar-yirik, ko‘zga ko‘rinadigan xolatdagi ko‘rsatkich bo‘lib, u mikrostruktura, maydayirik to‘ldirgichlar va boshqa to‘ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar majmuasidan ibratdir. Makrostruktura kompozit (konglomerat), uyachali, mayda g‘ovakli, tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo‘lishi mumkin.
Kompozitlarga betonlar, qurilish qorishmalari, keramika, silikalsitlar, polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar sun’iy konglomeratlar ham deb yuritiladi.
Mayda g‘ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo‘shilmalar aralashtirilib kuydirilgan keramika, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi.
Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko‘pikbetonlar, ko‘pik plastmassalar, maxsus qog‘ozdan yasalgan turli shakldagi bo‘shliqli buyumlar kiradi.
Qatlamli strukturaga o‘rama, listli, taxtasimon, qatlamli to‘ldiruvchi asosidagi plastmassalar (tekstolit, shishaplast, qog‘ozplast) kiradi.
Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k.lar uchun mayda va yirik to‘ldiruvchilar (qum, chaqiq tosh) kiradi.
Tolali struktura yog‘och, shisha tolali va mineral tolali materiallar uchun xosdir. Materiallar xossalari (mustahkamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi) tolalari bo‘ylab va ko‘ndalang yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi.
Materiallar tuzilishi kristall, amorf va kristall-amorf holda bo‘ladi. Kristall tuzilishli materiallar yuqori mustahkamlikka, turli muhitlarga chidamlilikka ega. Odatda ko‘pchilik materiallar amorfdan kristall tuzilishga o‘tadi. Bir material ham kristall (kvars), ham amorf tuzilishda bo‘lishi mumkin. Materialning tuzilishi holatiga qarab bu materiallarning kimyoviy birikishlarida ishtirok etishi turli tezlikda va sharoitda bo‘lishi mumkin. Kristall tuzilishdagi materiallar o‘zgarmas bosimda muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi. Kristall panjarani neytral atomlar, ionlar, molekulalar hosil qilishi mumkin. Murakkab kristallar (kalsiy, dala shpati) kovalent va ion bog‘lanishlarda bo‘lganliklari sababli ularning hossalari turlichadir. Qurilish materiallarining asosiy jins hosil qiluvchi minerallari-silikatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tetraedrlardan tuzilgan va hajmiy panjara tuzilishiga ega. SHu sababli silikatlar noorganik polimerlar deyilishi ham mumkin.
4. Qurilish materiallarining fizik xossalari
Zichlik  (gsm3, kgm3)- absolyut zich materialning hajm birligidagi massasidir. Agar materiallar massasini m, zich xolatdagi hajmini Va deb belgilasak, unda:
PmVa
Absolyut zich materiallar juda kam bo‘lib, ularga kvars, shisha, po‘lat, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Amaliyotda bunday qattiq materiallarning zichligi tarozilar va hajm o‘lchash asboblari yordamida aniqlanadi. Suyuq xolatdagi materiallar (suyuq shisha, moyli bo‘yoqlar, polimerlar) zichligi piknometr yoki areometrlar yordamida topiladi. Ayrim
qurilish materiallarining zichligi (gsm3) quyidagichadir:
Bitum.................................................................. 0,9-1,2
Suv (40S da)...................................................... 1,0
Granit ............................................................... 2,6-2,9
SHag‘al ................................................................. 2,7-2,9
YOg‘och .................................................................... 1,35-1,6
Sopol g‘isht ...................................................... 2,5-2,8
Kvars qumi ....................................................... 2,6-2,7
Portlandsement .............................................. 2,9-3,1
SHisha ................................................................. 2,5-3,0
Po‘lat .................................................................. 7,8-7,9

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling