Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet5/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

O‘rtacha zichlik-m(kgm2), material tabiiy xolatdagi massasining hajmiga bo‘lgan nisbatidir. Agar material massasini m, tabiiy xolatdagi hajmini V deb belgilasak, unda
mmV
Ba’zi qurilish materiallarinig o‘rtacha zichligi (kgm3) quyida keltirilgan:
Og‘ir (oddiy) beton .................................... 2100-2600
Engil beton ................................................. 1200-1800
Granit ........................................................... 2600
Oddiy g‘isht .................................................. 1700-1900
Oyna shishasi .............................................. 2650
SHishaplast ................................................... 2000
Ko‘pik polimer (minora) .......................... 15-20
Qarag‘ay yog‘ochi .............................................. 400-600
Mineral paxta ............................................ 200-400
Po‘lat ............................................................. 7850
G‘ovaklik (P) material to‘la hajmidagi (V) g‘ovaklar (Vp) hajmi bilan belgilanadi:
PVpV yoki P(1-m).100%
Materiallar g‘ovaklari havo, gaz yoki suv bilan to‘la bo‘lib, katta oraliqda bo‘ladi (0 dan 98% gacha). G‘ovaklik materiallarning asosiy xossalarini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatgichlar orqali materiallarning mustahkamligi, o‘rtacha zichligi, namlanuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, sovuqqa va kimyoviy muhitlarga chidamliligi va boshqa xossalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish mumkin. YOpiq g‘ovaklarning ko‘pligi material chidamliligini belgilaydi. Uning g‘ovaklari haqidagi to‘liq ma’lumotni simob porometriyasi usulida olinadi. Bu usulga ko‘ra materiallarning differensial va integral g‘ovakligi, ya’ni g‘ovaklarning xarakteri va radiusi to‘g‘risida xulosaga kelish mumkin.
Solishtirma yuza (S, sm2g) materialga adsorbsiya qilingan suv bug‘i (yoki gaz) bilan uning g‘ovaklari ichki yuzasini monomolekulyar qoplama massasiga proporsionaldir, boshqa so‘z bilan aytganda 1 g material kukuni zarrachalarini bir qator o‘zaro zich qilib joylaganda tashkil etgan yuzani tushunmoq kerak:
S(a1.NM).m ,
bu erda: a1-bir adsorbsion molekula bilan qoplangan yuza; suv molekulasi uchun a110,6.10-16 sm2; N6,06.1023 Avagadro soni, M- adsorbsiya qilingan gaz molekulyar massasi (suv bug‘i uchun M18).

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling