Ma’ruzalar matni
Download 4.32 Mb.
|
ÐÑÑÐ¸Ð»Ð¸Ñ Ð¼Ð°ÑеÑиаллаÑи ва бÑÑмлаÑи Рва ÐÐ uchun1
18.1-jadval
G‘isht-tosh terishda va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm bo‘yicha)
Quruq issiq iqlim sharoitida qorishmaning suvsizlanmasligini ta’minlash zarur. Zavodda tayyorlangan qorishma tashilayotganda va qurilish maydonida vaqtincha saqlanganda suvning bug‘lanishini oldini oladigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, qorishmani yopiq idishda saqlash, to‘kma holatda bo‘lsa o‘rama materiallar bilan berkitish va sh.k. usullardir. Qorishma material ustiga yoyilganda tezda qurib qolmasligi uchun ularni namlash tavsiya etiladi. Qish mavsumida g‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari isitilgan holda ishlatilishi tavsiya etiladi. Bunda tayyorlangan qorishma yoki qorishma komponentlari (suv, sement va qum yoki qum) bug‘ yoki elektrotenlar yordamida 60-800S haroratgacha isitiladi. Yirik uysozlik panellarni montaj qilishda sement-qum pastasi (1:1 nisbatda portlandsement va qum) ishlatiladi. Sement-qum pastasi 28 sutkada 400 marka mustahkamlikka erishadi. Qorishmalar va pastaning muzlash haroratini pasaytirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, natriy xlorid, natriy nitrati kabi tuzlarning 5% suvdagi eritmasi ishlatiladi. Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalarini zavodda quruq holda tayyorlash, maxsus qorishma tashuvchi va qoruvchi avtomashinalardan foydalanish rusum bo‘lmoqda. Download 4.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling