11-mashg‘ulot
|
“O‘zbek adabiyotshunosligida sotsiologik metod masalasi” mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi
|
|
Talabalar
soni: 6 nafar
|
Vaqt – 2 soat
|
|
O‘quv mashg‘ulot shakli
|
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot
|
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
1. Sotsiologik metod tarixi va xususiyatlari.
2. Vulgar sotsiologizm hodisasi.
3. O‘zbek adabiyotshunosligida sotsiologik metod.
|
|
Mashg‘ulot maqsadi: Sotsiologik metod tarixi va xususiyatlari, vulgar sotsiologizm hodisasi va uning asoratlari, milliy adabiyotshunoslikda sotsiologik metod bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va mustahkamlash.
|
|
Pedagogik vazifalar:
- mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish va tizimlashtirish;
- kommunikatsiya, guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- metodning tarixi va xususiyatlarini tushuntirish;
- vulgar sotsiologizm hodisasining mash’um oqibatlari bilan tanishtirish;
- o‘zbek adabiyotshunosligidagi sotsiologik metod namunalari bilan tanishtirish.
|
|