1 – ilova
O‘quv materiallari
1. Muammoli vazifa
Psixologik yo‘nalish bilan psixoanaliz ta’limoti bog‘liqligi
2. Uslubiy ko‘rsatma: harakat ketma-ketligi (algoritm)
1. Muammoni savol shakliga keltiring.
2. Asosiy masalani shakllantiring, uning echimi muammoli savolga javob berish darajasida bo‘lsin.
3. Ikkala tushunchaning ta’rif-tavsifi, o‘xshash va farqli jihatlari, bu borada olimlarning fikrlari haqida ayting.
4. Masala yuzasidan ruhiy tahli, psixologizm, psixoanaliz, psixologiya tushunchalari nisbatlarini tuzing.
5. Jamoa bo‘lib tanlangan ko‘rsatkichni baholang, ularni yoritish ketma-ketligini o‘rnating.
6. Muammoning muhim jihatlarni jadvalga yozing.
7. “Echimning mazmuni” ustuniga ularni aniqlash tartibini yozing.
8. Muammoni echish jadvalini to‘ldiring.
9. Siz tomonigizdan keltirilgan ma’lumotlar muammo uchun ahamiyatini yoriting va oraliq xulosalarni shakllantiring va yozing.
9- SEMINAR MASHG‘ULOTNING TA’LIM TEXNOLOGIYASI MODULI
9-mavzu: Adabiyotshunoslikda Z.Freyd va freydizm masalasi
Vaqti-2 soat.
|
Talabalar soni: 6 nafar.
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Binar amaliy munozara.
|
Amaliy mashg‘uloti rejasi
|
Z.Freyd hayoti va ijodi.
Z.Freyd ta’limoti.
Adabiyotshunoslikda freydizm.
|
Mashg‘ulot maqsadi: Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, muammoli masalalarni hal etish qo‘nikmalarini rivojlantirish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |