2-o'quvchi: O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda Respublikamizning Oliy kengashi tomonidan qabul qilingan.
3-o'quvchi: Davlatimiz madhiyasi jahon mamlakatlarida tantanovor yangraganda, har bir O'zbekiston fuqarosida milliy g'urur uy-g'onadi. Biz uchun bu - baxt. Hamma O'zbekiston xalqi o'z davlat madhiyasini hurmat qilishlari va so'zlarini yoddan bilishlari lozim.
4-o'quvchi: Yana bir Davlat ramzi - bayrog'i endilikda dunyo mam-lakatkarida hilpirab turibdi.
5-o'quvchi: Davlatimiz gerbi esa jannatmakon yurtimizning tarixini, buyukligini tasvirlaydi.
6-o'quvchi: Davlatimiz ramzlari - bu mustaqillik ramzlaridir. Mustaqillik ramzlariga davlat tili ham kiradi. Davlat tili to'g'risida O'zbekiston Respublikasining qonuni 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra o'zbek tili davlat tili deb e'lon qilingan.
7-o'quvchi: "O'zbekiston Respublikasining Davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi".
(O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-modda.)
Do'stlaringiz bilan baham: |