2-masala.
|
Mato ishlab chiqaruvchi firmani tashkil etayotganda siz uni tashkil etish shaklini tanlash imkoniga egasiz. O‘z mulkingizni bankrotlikdan saqlash uchun siz qaysi shaklni tanlaysiz (misollar bilan tushuntiring)?
|
3-masala.
|
Firmani shakllantirishning ma’lum bir etapida sherikchilik shaklida amal qilayotgan firma, kooperatsiya shaklidagi firmaga aylantirish zarur va muqarrar bo‘lishi mumkinmi (misollar bilan tushuntiring)?
|
4-masala.
|
Ma’lum miqdordagi kapital egasi bo‘lsangiz korporatsiya tashkil etish shart emas. Kapitalga yakka bir shaxsning egalik qilishi firma bo‘yicha umumiy faoliyatni nazorat qilishni, kapital esa zarur bo‘lgan moliyaviy bazani tashkil etadi. Bundan tashqari firmaga yakka egalik qilish ko‘p hollarda ikki barobar soliq to‘lashdan qochadilar. Bunday fikrga qo‘shila olasizmi (misollar bilan tushuntiring)?
|
|