Masala va misollar


Download 47.91 Kb.
bet6/10
Sana09.01.2022
Hajmi47.91 Kb.
#264294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ЭЭ учун масала ва мисоллар

VI.Masala va misollar.

  1. 138 g natriy metali 448 gr suvda eritilganda hosil bo’lgan ishqor eritmasining prosent konsentrasiyasini hisoblab toping. J: 41,38%

  2. 1 hajm suvda normal sharoitda o’lchangan 125 hajm vodorod xlorid eritilgan. Hosil bo’lgan xlorid kislota eritmasining prosent konsentrasiyasini aniqlang. J 16,92%

  3. Zichligi 1,1 bo’lgan mis sulfat eritmasi orqali vodorod sulfid o’tkazilganda 6,4 gr mis sulfat hosil bo’lgan. Mis sulfat eritmasining konsentrasiyasini hisoblab toping. Normal sharoitda o’lchangan qancha hajm vodorod sulfid eritmadan o’tkazilgan? J: 10%, 1,49 l.

  4. Har qaysisi 800 gr dan 2 xil eritma berilgan. Eritmalarning birida 0,4 mol bariy xlorid, 2-sida 0,6 mol kaliy xlorid bor. Shu eritmalarning prosent konsentrasiyasini toping. J: 10,40%; 5,58%.

  5. Nitrat kislotaning zichligi 1,29 bo’lgan 40% li 250 ml eritmasiga 360 ml suv qo’shildi. Eritmaning prosent konsentrasiyasini hisoblang. J: 21,74 %.

  6. 28 gr o’yuvchi kaliy bilan 20 gr o’yuvchi natriyning neytrallashga 20% li sulfat kislotadan qancha sarflanadi? J: 245 gr.

  7. Shakarning 20% li 100 gr eritmasiga 300 gr suv qo’shildi. Hosil bo’lan eritmaning prosent konsentrasiyasinni toping. J 5.

  8. 2 litr suvga sulfat kislotaning zichligi 1,71 bo’lgan 78 % li eritmasidan 1 litr qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaning prcent konsentrasiyasini toping?

  9. Zichligi 1,325 gr /ml ga teng bo’lgan 91 % li sulfat kislota eritmasining normalligi va molyalligini toping? J: 33,88 N va 16,94 M.

  10. Zichligi 1,032 g/ ml bo’lgan 0,587 molyal sulfat erit- masining normalligini va prosent konsentrasiyasini toping. J; 1,074 n 5%

  11. 240 g 20% li eritmaga 160 g suv qo’shildi hosil bo’lgan eritmaning prosent konsentrasiyasining toping.

  12. 5 % gr 50 gr eritmaga 200 gr suv qo’shilgan hosil bo’lgan eritmaning prosent konsentrasiyasining toping.

  13. Sulfat kislotaning zichligi 1,14 bo’lgan 20 % li eritmasini ng molyarligi va normalligi qanchaga teng? J: 2,35 M; 4,66 N.

  14. Nitrat kislotaning zichligi 1,29 bo’lgan 250 ml eritmasiga 360 suv qo’shildi. Eritmasining prosent konsentrasiyasining toping. J: 21,74 %.

  15. Sulfat kislotaning zichligi 1,04 ml bshlgan 7 % li eritmasining molyalligini hisoblang. J: 0,77 molyal.

  16. 50 g suvda 20 g glyukoza eritildi. Eritmaning molyalh konsentrasiyasining toping. J: 2,2 molyalh.

  17. 6 % li nitrat kislota eritmasining molyalligini hisoblang.

  18. 1000 g suvda 577 g sulfat kislota eritilganda zichligi 1,345 g / ml bo’lgan eritma hosil bo’lgan eritmaning molyalligini hisoblang. J: 5,9 molyal.

  19. 500 ml 0,2 molyal eritma tayyorlash uchun necha gramm NaCl olish kerak?

  20. Sulfat kislotaning 3,58 M eritmasi tarkibida 29% H2SO4 bor. Shu kislotaning zichligini toping. J: 1,21.

  21. 400 kg 40 % eritmaga 200 kg 10 % eritma aralashtiriladi. Hosil bo’lgan aralashmani prosent konsentrasiyasini hisoblang. J:20%

  22. Zichligi 1,307 g/ml 40 % li H2SO4 kislotaning 50 ml eritmasidan 20 % li zichligi 1,114 g/ml eritma tayyorlash uchun necha ml suv qo’shish kerak?

  23. 10 l 0,4 n eritma tayyorlash uchun 0,5 n va 0,1 normalli eritmalardan qanchadan olib aralashtirish kerak?

  24. 375 kg 60 % eritma tayyorlash uchun 30 % va 65 % li eritmalardan qanchadan olish kerak?

  25. 5 l 0,5 M o’yuvchi kaliy eritmasidan tayyorlash uchun, uning zichligi 1,29 g/ml 30 % li eritmasidan qancha hajm olish kerak?

  26. KOH ning zichligi 1,263 g/ ml bo’lgan 28 % li eritmasining normalligini toping.

  27. 1,5 l suvda 276 g gliserin erigan eritmaning 1,5oC dagi osmotik bosimini toping.

  28. 10 g anilin erigan 1 l eritmaning OoC dagi osmotik bosimini toping.

  29. Osmotik bosimi-3oC da 27atm. ga teng bo’lgan eritmaning osmotik bosim qanday temperaturarada 30 atm. ga teng bo’ladi?

  30. 27 g elektrolitmas modda 150 g suvda eritilsa 101,540C da qaynaydi. Erigan moddaning molekulyar massasini toping.




Download 47.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling