Masalalarni ehmda yechish bosqichlari va algoritmlar nazariyasi
Download 31.88 Kb.
|
ehmda
MASALALARNI EHMDA YECHISH BOSQICHLARI VA ALGORITMLAR NAZARIYASI. Reja: Kirish; Matematik model tushunchasi; Statsion va nostatsion modellar; Parametrlari to‘plangan va tarqoq modellar; Masalani EHMda yechish bosqichlari; Algoritm tushunchasi va uning vazifasi; Algoritmni ifodalash usullari, uning xossalari va unga qo‘yiladigan talablar. 1. Kirish Qadim zamonlardan beri inson o‘z imkoniyatlarini kengaytirishga xarakat qilib, turli mexnat qurollarini yaratib kelgan. Masalan, uzoqni ko‘rolmaslikni mikroskop, teleskop, radiolokator kabi buyumlarni yaratish bilan qoplagan bo‘lsa, bir-biriga ma’lumotlar uzatishdagi cheklangan imkoniyatlarini telefon, radio va televideniya hisobiga kengaytirmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi inson ongining imkoniyatlarini to‘ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma’lumotlarni taxlil qilish va o‘zining ish faoliyatida uchrovchi masalalar yechimini qabul qilish tezligini xam jadal surhatda o‘stiradi. Shunday qilib, fan va texnikaning rivojlanishi va o‘ta murakkab jarayonlarning hisob ishlarini sifatli va tez bajarilishini talab etayotgan bir paytda,- yuqori texnologiyali elektron hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi tabiiy bir xoldir. XXI asr – kompg‘yuterlashtirish asrida insoniyat faoliyatining barcha jabxalariga kompg‘yuterlar jadal surhatda kirib bormoqda. Zamonaviy kompg‘yuterlarning ko‘payib borishi esa tabiiy ravishda undan foydalanuvchilarning safini ortib borishiga turtki bo‘ladi. Odatda kompg‘yuterdan foydalanuvchilar sinfi juda ham xilma-xildir. Lekin, umumiy qilib ularni kompg‘yuterlardan o‘z ishlarini bajarishda tayyor programma maxsuloti sifatida foydalanuvchi-operatorlar sinfi va ular uchun zarur bo‘lgan programma tahminotlarini yaratuvchi-dasturchilar sinfiga ajratish mumkin. Download 31.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling