Masalalarni tenglama va jadval tuzib yechish sonli tenglik va tengsizlikka oid masalalar yechish


Tenglama tushunchasini kiritish metodikasi


Download 421.01 Kb.
bet4/5
Sana25.10.2023
Hajmi421.01 Kb.
#1721538
1   2   3   4   5
Bog'liq
MASALALARNI TENGLAMA VA JADVAL TUZIB YECHISH SONLI TENGLIK VA TENGSIZLIKKA

2. Tenglama tushunchasini kiritish metodikasi


“Tenglama” tushunchasi boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan algebraik material bo’lib, kichik yoshdagi maktab o’quvchilari dastlab bu tushuncha bilan tanishadilar.


Bu tushunchaning oshkor ta’rifi boshlang’ich sinfda berilmay, u oshkormas holda, ya’ni “kontekstual” hamda “ostensiv” tarzda kiritiladi. O’quvchilar bu tushunchani maxsus tanlangan mashqlarni bajarish jarayonida tushunib oladilar. Metodikaga oid manbalarda boshlang’ich sinflarda tenglamalarni yechishga o’rgatish uch bosqichda olib borilishi qayd qilinadi:

  1. Tayyorgarlik bosqichi.

  2. x harfi bilan x+2=5, 3+x=7, x-3=4, 8-x=5 kabi eng sodda tenglamalarda noma’lum sonni belgilash uchun qabul qilingan belgi sifatida tanishtirish.

  3. Tenglamalarni amallarning hadlari va natijasi orasidagi bog’lanish asosida yechish.1

Tenglamalarni yechishga o’rgatish bosqichlari to’g’risida batafsil to’xtalib o’tamiz: tayyorgarlik bosqichi. 1-sinfning 1-yarim yilligida 10 ichidagi sonlarni nomerlash, qo’shish va ayirish bilan tanishtirish davridan boshlanadi. "10 ichida sonlarni raqamlash" mavzusini o'rganish vaqtida birinchi 1-5 ichidiga sonlarning tartibini bilishlari zarur bo'ladi. Shuningdek, 6-10 sonlarini o'rganishda 6,7,8,9 sonlarining tarkibini bilishlariga to'g'ri keladi. Masalan, 7 bu 6 va 1, 5 va 2, 4 va 3,
3 va 4, 2 va 5, 1 va 6 7 soni tarkibi misolida turli ko'rinishdagi ko'rsatmali qo’llanmalardan foydalanish -7 soni tarkibini puxta o'rganishi bilan birga kelgusida algebraik tushuncha o'zgaruvchining kiritilishi bir no`malumli sodda tenglamalar bilan tashishtirishga tayyorgarlik bo'la oladi. Bunday vositalar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.


7


1

2




3

6

5




4

  1. rasm






1 Bikbayeva N.U. va boshqalar. Matematika o’qitish metodikasi. T.: O’qituvchi,-1996. B-
+1=7, +2=7, +3=7, +6=7, +5=7, +4=7



    1. rasm





    1. rasm

Bu vositalardan qadamba qadam, kema-ketlik 1-,2-,3- rasmlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki o'quvchi 7 soni tarkibini qo'shuluvchilarni ko'rib aytadi. ikkinchisida esa 7 sonini hosil qilish uchun 5 ga qaysi sonni qo'shish kerakligini bilishi talab qilinadi. 3- ko'rgazma esa ancha umimiyroq xarakterga ega bo'lib daricha o'rniga qaysi sonni qo'ysak 7 soni hosil bo'lishini o'quvchi fikrlab topishi kerak bo'ladi. Albatta, bu bir etti soni tarkibi to'g'risidagi o'quvchilar bilim, malaka va ko'nikmalarini aniqlash va tizimlashtirishga oid ishdir. Buni qolgan 6, 8,9 sonlari uchun ham bajarib o'quvchilarni sodda tenglama bilan tanishtirish noma’lum (o'zgaruvchi)ni kiritishga doir tayyorgarlik mashqlari deb qarash mumkin.


+1 – songa birni qo’shish.


– sondan birni ayirish mavzularini o’rganish davridayoq darcha o’rniga turli sonlarni qo’yib, 10 ichida sonlarni hosil qilshni o’rganadilar.
- "daricha" x noma’lumning proobrazi (asli bo'ladi). Albatta x o'zgaruvchini darhol kiritib, bu noma’lum deb o'quvchilarni tanishtirib bo'lmaydi. "Daricha" o'rniga turli bosma raqamlarni qo'yib, turli misollarni tuzish orqali asta-sekinlik bilan daricha ichidagi turli sonlar o'zgarishini o'quvchilar bilib oladilar. Bundan tashqari, 1-sinfda noma’lum kamayuvchini topish, noma’lum ayiriluvchini topish, noma’lum qo’shiluvchini topish mavzulari tenglamalarni tanishtirishda tayyorgarlik vazifasini o’taydi.

Download 421.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling